DEV INSHOOTLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEV INSHOOTLARI haqida malumot bilib oling.

DEV INSHOOTLARI — bahaybat tosh boʻlaklaridan bogʻlovchi qorishma (sement, ohak) ishlatmay qurilgan inshootlar. Yunonlar Miken davri (mil. av. 2-ming yillik) da qurilgan shunday inshootlarni afsonaviy devlar (sikloplar) bunyod etgan deb shu nom bilan atashgan. Dunyoning juda koʻp hududlarida Dev inshootlarining qoldiqlari uchraydi. Arxeologiya va arxitektura tarixida Dev inshootlari atamasi megalitik (katta toshlardan ishlangan) diniy inshootlar tushunchasi bilan koʻp jihatdan birlashib ketgan. Eng qad. Dev inshootlari (asosan, mudofaa va ibodatxona binolari) eneolit davri (mil. av. 3-ming yillik)ga, eng soʻnggilari (qasrlar, qalʼalar) esa ilk oʻrta ayerga oid. MDH xududida Dev inshootlari qoldiqlari Zakavkazye (xususan, Urartu davlatining ayrim qalʼalari), Qrim, Tojikiston, Sibirda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
DEV INSHOOTLARI