DETONATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DETONATOR haqida malumot bilib oling.

DETONATOR (lot. detonare — portlamoq) — artilleriya va b. qurolyaroqlarda asosiy zaryadni, shuningdek, yer qazish ishlarida yerga koʻmilgan zaryadni portlatuvchi modda. Ishlash tarzi detonatsiya kapsulalari va shnurlarida qoʻllaniladigan oson portlovchi moddaning boshqa moddalarni kuchli portlatishi xossasiga asoslangan. Termoyadro qurollarida plutoniy, uran izotoplari Detonator sifatida ishlatiladi. Bu izotoplar portlaganda termoyadro reaksiyasi hosil qilish uchun zarur boʻladigan bir necha oʻn mln. daraja harorat vujudga keladi. Bunday Detonator tuzilishi jihatdan umumiy atom zaryadi (bombasi)dan deyarli farq qilmaydi.

Ensiklopediya.uz
DETONATOR