DESIKANTLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DESIKANTLAR haqida malumot bilib oling.

DESIKANTLAR (lot. desicco — quritaman) — yetilishini tezlashtirish (5—7 sutka) va hosil yigʻim-terimini osonlashtirish uchun oʻsimliklarni ildizi bilan quritishga, desikatsiyata moʻljallangan kimyoviy moddalar. Pestitsidlar guruhiga kiradi. Desikantlar oʻsimlik toʻqimalarini suvsizlantiradi va hayot faoliyatini butunlay toʻxtatadi. Desikantlar gʻoʻza, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi urugʻligi, soya, kanakunjut va b. ekinlar hosilini yigib-terib olishdan kamida 10 kun oldin oʻsimlikni quritishda qoʻllaniladi. Mac, D. taʼsirida gʻoʻzaning barcha vegetativ organlari quriydi, koʻsaklarning yetilishi va ochilishi tezlashadi, ammo yetilgan tola va chigitga zarar yetmaydi. Desikantlar sifatida asosan magniy xloratnpng 60% li suvda eriydigan kukuni (20 — 25 kg/ga) va kalsiy xlorat-xloridning (35—40 kg/ga) 42% suvli eritmasi, reglon ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DESIKANTLAR