DEPRESSIYA haqida malumot bilib oling.
DEPRESSIYA (lot. depressio — bosilish, susayish) (iqtisodiyotda) — iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turgʻunlik davri. Bu davrda i. ch. oʻsmaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, isheizlar soni koʻpayadi, narxlar bir meʼyorga kelgan boʻlsa ham tovar va xizmatlarga talab past boʻladi. Tovar zaxiralari koʻpaymaydi, uning maʼlum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar oʻrnini qoplash uchun i. ch. xarajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar koʻriladi. Tanglikdan keyingi Depressiya iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga oʻtganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, soʻngra yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi.
Ensiklopediya.uz
DEPRESSIYA