Deportni aniqlash! to’liq malumot oling

Deportni aniqlash! to’liq malumot oling

Deportni aniqlash
Xozirgi kunda Rossiya davlatidan chiqib ketayotgan fuqorolarga deport (Черный печат) bosish avjiga olgan.
Buyam yetmagandek siz deportmisiz yoki yo’qmi bilmaysiz xam.
Xozir men buni bilishning sirini ochaman.

http://services.fms.gov.ru ushbu saytga kirib siz o’zingizning pasport malumotlaringizni yozib qidirasiz.
Buning uchun esa saytning quyidagi bo’limiga kirishingiz kerak:

Проверка наличия оснований для неразрешения въезда на
территорию Российской Федерации иностранным гражданам и
лицам без гражданства по линии ФМС России

Mana bu esa ushbu bo’limning silkasi:

http://services.fms.gov.ru/info-service.htm?sid=3000

Ushbu bo’limga kirsangiz savollar va to’ldirilishi kerak bo’lgan joylar chiqadi.
Siz ularning xammasi PASPORTINGIZDA QANDAY YOZILGAN BO’LSA xuddi
shunaqa ANIQ qilib yozishingiz kerak.
Eslatib o’tay bitta xarf xam xatolikka sabab bo’lishi mumkin.
Masalan: Siz deport bo’lgan bo’lsangiz,sizni deport emas deb yozishi mumkin.
Buni menimcha o’zingiz xam juda yaxshi bilsangiz kerak.
To’ldirilishi esa quyidagicha:

Фамилия (лат.)TO’RAYEV (lotin harflar bilan)

Имя (лат.):ELDORBEK (lotin harflar bilan)

Фамилия:ТУРАЕВ

Имя:ЭЛДОРБЕК

Отчество:ТУЛКИН УГЛИ

Пол:Мужской yoki Женский

Дата рождения:26.07.1995

Гражданство:УЗБЕКИСТАН

Тип документа:Национальный паспорт

Номер документа:4184676 (CK yoki CT shart emas)

Дата действительности документа:20.01.2025 (Pasportingizning amal qilish muddati)

Выдавшая страна или организация:УЗБЕКИСТАН

va tagidagi captchada berilgan raqamlarni kiritib ОТПРАВИТЬ ЗАПРОС ga bosasiz.
Результат запроса deb sizga javob keladi.
Keyin esa shu javobni o’qib ko’rib deport yoki deport emasligingizmi bilib olasiz.

DIQQAT ESLATMA: Siz Rossiya chegarasidan chiqib ketayotganingizda yoki sudlanish oqibatida
Qora pechat olgan bo’lsangiz ushbu qidiruvda chiqasiz.
Agar boshqa sabablar bilan qora pechat bo’lsangiz sizni Rossiyaga kirish xuquqiga ega deb ko’rsatadi.
Lekin kelganingizda sizga qora pechat bo’lgansiz deya Rossiyaga kirgizmasligi mumkin.

Davlat Xizmatlari
Deportni aniqlash!