DENOV TUMANI haqida malumot bilib oling.
DENOV TUMANI — Suurxondaryo viloyatidagn tuman. 1926-y. 2U sent. da tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,75 ming km2. Aholisi 253,7 ming kishi (2000). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Doʻstlik), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ) bor. Markazi — Denov sh.
Tabiati. Denov tumanining shimol, jan. va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.
Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.
Xoʻjaligi. Tuman sanoat korxonalari asosan q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, araq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht z-dlari, qurilish, neft maxsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik f-kalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Q. x. ning asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va b. Togʻ etaklarida lalmikor dehq-onchilik (asosan bugdoy va arpa) b-n shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya st-yasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy lab. da tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro t. y., Xoʻjand— Dushanba, Termiz—Dushanba avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq»vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932-y. dan «Chagʻoniyon» tuman gaz. nashr etiladi (adadi 9000).
Ensiklopediya.uz
DENOV TUMANI