DENGIZKOʻL GAZ KONDENSATI KONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZKOʻL GAZ KONDENSATI KONI haqida malumot bilib oling.

DENGIZKOʻL GAZ KONDENSATI KONIBuxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida. Krrovulbozor sh. dan 55 km jan. garbda joylashgan. Dengizkoʻl strukturasi 1972-y. da seysmik razvedka yoʻli bilan aniklangan va 1973-y. da birinchi parametrik burgʻi qudugʻi qazilgan. 1974-y. da yuqori yura karbo-natli yotqiziqlaridan gaz olingan. Kon 1981-y. da ishga tushirilgan. 1981-y. gacha 14 ta burgi qudugʻi kavlangan. Quduqlarning chuqurligi oʻrtacha 2800 — 3000 m. Konning geologik tuzilishida yura, bur, paleogen, neogen va antropogen yotqiziklari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Dengizkoʻl strukturasi Dengizkul tepaligining oʻrtasida joylashgan. Kon DengizkulHovuzak-Shodi Shim. Dengizkul strukturalarining bir qismini tashkil etgan.

Dengizkoʻl gaz kondensati konida yuqori yura karbonatli yotqiziqlari gorizontlarida gaz kondensati uyumlari mavjud. Gazning debiti sutkasiga 100,8 ming m3 dan 2833,5 ming m3 gacha. Konda 30 ta burgʻi qudugʻi qazilgan, shulardan 17 tasidan gaz olinmoqda, 1 ta quduq nazoratchi, 12 ta quduq tugatilgan. Kondagi gaz uyumi gumbazli, yaxlit. Gazning havoga nisbatan s.of. 0,620. Oltingugurt vodorodining miqdori 2,16%, karbonat angidridi 0,78%. Metan 87,55—94,1%, azot va nodir gazlar 0,58%.

Ensiklopediya.uz
DENGIZKOʻL GAZ KONDENSATI KONI