DENGIZ QAMALI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZ QAMALI haqida malumot bilib oling.

DENGIZ QAMALI — raqib mamlakatni yoki dushmanni dengiz tomondan oʻrab olish; savdo kemalarining qonunsiz ravishda yurishlariga zarba berish uchun qoʻllaniladigan harbiy jang usuli. Dushman dengiz kuchlarining qa-malni yorib oʻtishga urinishiga zarba berish ham Dengiz qamaliga kiradi. Dengiz qamali tarixi 16-a. dan boshlanadi. 18—19-a. larda Fransiya-Angliya urushlarida keng qoʻllanildi. 2-jahon urushida jang qilgan mamlakatlarning flotlari yirik aviatsiya kuchlarining yordami bilan dengiz boʻgʻozlarini oʻrab olishga intildilar. Shu usul bilan Angliya La-Mansh boʻgʻozini, AQSH ning dengiz floti Yaponiya sohilini (Simonoseki boʻgʻozi) dengizdan qamal qilgan.

Ensiklopediya.uz
DENGIZ QAMALI