DENGIZ OTCHALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZ OTCHALARI haqida malumot bilib oling.

DENGIZ OTCHALARI, dengiz toychalari — nina baliqlar oilasining bir necha urugʻi. Uz. 4—20 sm. Gavdasi shaxmat taxtasidagi otlarga oʻxshash, boshi tanasi tomonga egilgan, dum tomoni buralgan. Erkagi dumining keyingi tomonida chiqarish kamerasi (xaltasi) bor. Kameraga urgʻochilari tuxum qoʻyadi. Barcha dengizlarda tarqalgan, 30 ga yaqin turi bor. Qora dengiz D. o. (Hippocampus guttulatus) Kppa va Azov dengizlarida uchraydi. Bahorda tuxum qoʻyadi. Erkagi tuxum xaltasida 100 dan 200 gacha tuxum olib yuradi. Planktonda xayot kechiradi. Suv osti oʻsimliklari orasida yashaydi, atrof muxit rangiga moslanish — niqoblanish xususiyatiga ega.

Ensiklopediya.uz
DENGIZ OTCHALARI