DENGIZ MUSHUGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZ MUSHUGI haqida malumot bilib oling.

DENGIZ MUSHUGI — quloqli tyu lenlar ikki urugining umumiy nomi. Shim. Dengiz mushugi (Callorhinus) urugʻiga yagona shimol D. m. (S. ursinus) turi kiradi. Erkagining uz. 2 m gacha, ogʻirligi 250 kg gacha. Yangi tugʻilgan bolasi (uz. 60 — 70 sm) qora, voyaga yetgan urgʻochilari kulrang — malla; erkaklari — qoramtir-qoʻngʻir. Tinch okeanningshim. щyemila: Jan. Saxalin, Kamchatkaning sharqiy sohili, Kuril va Komandor orollari yaqinidagi suvlarda uchraydi. Koʻpayish davrida (yezda) quruklikka chiqib, qirgʻoq boʻylab yotoq joylar hosil qiladi. Yotoqjoydagi har bir erkagiga 15—20 (baʼzan 50) urgʻochisi toʻgʻri keladi. Qishlash uchun jan. ga suzib ketadi. Koʻplab ovlanishi tufayli 19-a. da soni keskin kamayib ketgan edi. 1957-y. da sobiq Ittifoq, Yaponiya, AQSH, Kanada oʻrtasida Tinch okean shimolida Dengiz mushugini saqlash toʻgʻrisida Xalqaro konvensiya imzolangandan soʻng ular soni asta-sekin oshib borib, 2 mln. ga yetdi. Hozir yosh erkaklari ovlanadi. Jan. Dengiz mushugi (Arctocephalus) urugʻi 6 turdan iborat. Moʻtadil va moʻtadil salqin dengizlarda tarqalgan. Dengiz mushugining 3 turi Xalqaro Qizil kitobga kirgan.

Ensiklopediya.uz
DENGIZ MUSHUGI