DENGIZ CHOʻCHQACHALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZ CHOʻCHQACHALARI haqida malumot bilib oling.

DENGIZ CHOʻCHQACHALARI (Cavia) – choʻchqachalar oilasining bir urugʻi. Tanasining uz. 35 sm gacha, dumi kalta, tashqi tomondan koʻrinmaydi. Orqa oyoq panjasi 3 barmokli. 5—6 turi bor. Jan. Amerikada yalangliklarda uchraydi. In kovlaydi yoki boshqa hayvonlar joyini egallaydi. Kechasi va shomda oziklanishga chiqadi. Yil davomida koʻpayadi, 1—4 bola tugʻadi. 8 yilga yaqin yashaydi. Dengiz choʻchqachalari (S. porcellus) ni inklar xonakilashtirishgan (goʻshti yeyilgan). Yevropaga dengiz ortidan keltirilganligi tufayli Dengiz choʻchqachalari deb atala boshlagan. Lab. hayvonlari. Katta-kichikligi, yungining rangi va tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan bir qancha zotlari bor.

Ensiklopediya.uz
DENGIZ CHOʻCHQACHALARI