
DENGIZ ASTRONOMIYASI haqida malumot bilib oling.
DENGIZ ASTRONOMIYASI — amaliy astronomiya boʻlimi. Dengizda kemaning turgan joyini aniqlash va kompas tuzatmasini topish bilan shugʻullanadi. Kema turgan joyning geografik koordinatalari — kenglik X va uzunlik f — osmon yoritqichlarining dengiz ufqidan koʻrinma balandligi h ni oʻlchab topiladi. Kompas tuzatmasini topish uchun yorit-qichlarning azimut jadvallari tuzilgan. Dengiz astronomiyasida har xil astronomik asboblar va yordamchi jadvallardan foydalaniladi. Yoritqichning balandligi I dengiz sekstanti yordamida oʻlchanadi.
Ensiklopediya.uz
DENGIZ ASTRONOMIYASI