DELTA YOTQIZIQLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DELTA YOTQIZIQLARI haqida malumot bilib oling.

DELTA YOTQIZIQLARIdengiz va koʻllarning daryolar quyilish joyida delыpann shakllantiradigan daryo oqiziq jinslaridan hosil boʻladi. Tarkibiga ohaktosh qatlamli qum-gilli jinslar ham kiradi. Togʻ oldi hududlarida konglomeratlar borligi kuzatiladi. Daryolar adogʻida toʻplangan oqiziq jinslarga toʻlqin va toʻlqinli oqimlar taʼsirining yoʻqligi, Yer poʻsti shu qismining sekinlik bilan bukilishi natijasida qalinligi bir necha km gacha boʻlgan Delta yotqiziqlari vujudga keladi. Delta yotqiziqlaridan paydo boʻlgan akkumulyativ shakldelta yuzasi asosan daryo va koʻl-botqoqlik choʻkindilaridan tashkil topadi. Odatda, Delta yotqiziqlari ustida unumdor tuproq qatlami vujudga keladi. Shu sababli juda qadim zamonlardan Delta yotqiziqlari dehqonchilik markazlari boʻlib, aholi zich yashagan (mas, Amudaryo, Nil va b. daryo deltalari).

Delta yotqiziqlari, shuningdek, qazilma holatida ham koʻpincha oʻtmish geologik davrlarning choʻkindi qatlamlarida mavjud. Ular katta qalinligi, tuzilishi, dengiz, shoʻrroq suvli va kontinental yotqiziqlarning turli birikmalarida namoyon boʻladi. Delta yotqiziqlari qazilmalari orasida koʻmir, temir va mis rudalarining konlari uchraydi.

Ensiklopediya.uz
DELTA YOTQIZIQLARI