Delphi dasturlash tilida IdTCPClient kompanenti bilan ishlash (video dars TAS-IX)
Delphi dasturlash tilida internet tarmog’iga ulanish mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish.
Bugungi maqolada siz bilan Delphi dasturlash tilida qanday qilib internet tarmog’iga ulanish mavjud yoki mavjud emasligini o’rganib chiqamiz.
Delphida bu ish juda oson, chunki bizda (
Delphida) 1000 ga yaqin kompanentlar mavjud. Delphi dasturlash tilida internet bilan ishlash uchun turli kampanentlar mavjud.
Umuman kompanentlarsiz ham bu ishni qilish mumkin. Lekin bizga oson va tushunarli bo’lishi uchun biz
Indy kampanentlaridan biri bo’lmish TIdTCPClient kompanentidan foydalanamiz.
Indy o’zi nima?
Iloji boricha qisqa va sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman!
Indy uchinchi darajali ochiq kodli kompanentlar to’plami.
Indy faqat Delphi bilan emas, C++, C# va yana bir necha dasturlash tillari bilan ishlay oladi.Indy bizga ko’plab tarmoq protokollari bilan ishlashga imkon beradi, misol uchun:
- TCP
- SMTP
- POP3
- IMAP
- UDP
- FTP
- HTTP
- va boshqalar.
Biz Delphi dasturlash tilida
Indy kompanentlarini VCL (Visual Component Library) va FM (FireMonkey) freymvorklarida ishlatishimiz mumkin. Bu degani, Indy kompanentlari Android, iOS, OSX va boshqa operatsion sistemalarda hech qanday qiyinchiliklarsiz ishlay oladi.
Delphi dasturlash tilida qanday qilib
Indy kompanentlaridan foydalanishni o’rganish uchunvideo darsni ko’ring! Video Tas-Ixda joylashgan!
Manba:
Umumiy Dasturlash
Delphi dasturlash tilida IdTCPClient kompanenti bilan ishlash (video dars TAS-IX)