DELBRYUK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DELBRYUK haqida malumot bilib oling.

DELBRYUK (Delbruck) Maks (1906.4.9, Berlin — 1981) — amerikalik fizik, genetik, virusolog; molekulyar biol. asoschilaridan biri. Millati nemis. 1937-y. dan AQSHda. AQSH Milliy FA akad. Falsafa d-ri (1930). Asarlari atom fizikasi, viruslar mutagenezi va reproduksiyasiga oid. Bakteriofaglardagi rekombinatsiyani kashf etgan. Kimyoviy moddalar tuzilishining kvant nazariyasi masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1969, A. D. Xershi va S. E. Luriya bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
DELBRYUK