DEKLARATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEKLARATSIYA haqida malumot bilib oling.

DEKLARATSIYA (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h. k. ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi);

2) soliq toʻlovchining daromadlar xususiyati va miqdori toʻgʻrisida bayon qilishi;

3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat;

4) chegaradan oʻtuvchi shaxs oʻzida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h. k. borligi va ular miqdori toʻgʻrisida bojxonaga topshiradigan maʼlumot (q. Bojxona deklaratsiyasi).

Ensiklopediya.uz
DEKLARATSIYA