DEGREZLIK haqida malumot bilib oling.
DEGREZLIK, choʻyangarlik — 1) choʻyan eritib, undan turli buyumlar quyish kasbi. Oʻzbekiston hududida qadimdan choʻyandan urush qurollari, hunarmandlik, q. x. va roʻzgʻor buyumlari (mas, qozon) yasalgan. Choʻyan buyumlar zaxda zanglab, uzoq turmasligi sababli arxeologik qazilmalar namunalari orasida qadimdan qolgan choʻyan buyumlar kam uchraydi. Muzeylarda saqlanayotgan chuyan buyumlar 15-a. dan keyingi davrlarga mansub. Bobur «Boburnoma» asarida choʻyan quyish jarayonini yozib qoldirgan. 16-a. yozma manbalarida «degrez» soʻzi bilan bir maʼnodagi «choʻyangar» soʻzi ham uchraydi. Oʻrta asr maʼdansozligida mehnat taqsimoti oqibatida choʻyan, jez va birinj (bronza) dan qurol, asbob va buyumlar quyish alohida-alohida tarmoklarga ajralgan. Choʻyangarlar qozon, qorachiroq, chiroq-poya, miltiq nili kabi choʻyan buyumlarni, hatto zambarak, toʻp-shashvar ham quyganlar. 19-a. dan boshlab uy-roʻzgʻor buyumlari (qozon, obdasta va b.) asosan Rossiyadan keltirilishi oqibatida Oʻrta Osiyoda Degrezlik kasbi ancha sustlashdi. Degrezlik eritish va quyish jarayonlariga boʻlinadi. Degrezlar gʻoʻla choʻyan yoki eski choʻyan buyumlarni sodda usulda (yondoʻkon va vagrankat) eritib va maxsus qoliplarga quyib, turli buyumlar yasaganlar. Bunda ogʻir qoʻl mehnati talab qili-nar edi. 20-a. da ogʻir sanoatning rivojlanishi tufayli Degrezlik kasbi ancha barham topdi;
2) joy (mahalla) nomi. Ilgari bir xil kasb bilan shugʻullanuvchi kishilar alohida mahalla yoki guruh boʻlib yashashgan.
Ensiklopediya.uz
DEGREZLIK