DEEMULGIRLASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEEMULGIRLASH haqida malumot bilib oling.

DEEMULGIRLASHemulsiya (bir-biriga aralashmaidigan ikki suyuqlikdan iborat dispers sistema) ni parchalash jarayoni. Mas, sutning yogʻini ajratib olish uchun qoʻllaniladi. Deemulgirlash usullari:

1) sentrifuga yordamida (markazdan qochirma kuch taʼsirida suyuqlikdagi ogʻir qoʻshilmalarni yengil qismlardan ajratish);

2) emulsiya zarralariga elektr maydoni taʼsir ettirish (neft tarkibidagi suvni ajratish);

3) emulsiyani isitish (bunda kalloid zarralar kengayib, ustidagi yupqa pardalarni yirtadi, natijada aralashma pastga choʻkadi);

4) emulsiyaga elektrolitlar taʼsir ettirish va h. k.

Ensiklopediya.uz
DEEMULGIRLASH