Dedpul 2 rejissori Apple uchun reklama suratga oldi
«Jon Uik», «Dedpul 2» va «Xobs va shou» filmlari bilan ko’pchilikka tanish bo’lgan, mashhur rejissor Devid Litch, Apple kompaniyasi uchun yosh bolalar «Qorlar janggi» ko’rinishida reklama suratga oldi.
Reklama videosi davomiyligi bir yarim daqiqa atrofida bo’lib, videoda kichik singil katta akasi bilan «Qorlar janggi»da kurashadi. Kurashga sabab, katta aka, kichik singilni sevimli paxmoq ayiqchasini «garov»ga olgan bo’ladi. Videoni suratga olishga professional kaskaderlar jalb etilgan bo’lib, ular videodagi hikoyaning yosh qahramonlarini murakkab tryuklarga o’rgatishgan. Video so’ngida «Bayram videolaringi yorqin qil» degan yozuvlar tomoshabin e’tiborini o’ziga tortadi.
Marketing va reklama
Dedpul 2 rejissori Apple uchun reklama suratga oldi