DEBRYO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEBRYO haqida malumot bilib oling.

DEBRYO (Debreu) Jerar (1921.4.7. Kale, Fransiya) — amerika iqtisodchisi. Parij un-ti d-ri (1956), 1949-y. dan AQSHda yashaydi. Bir kancha un-tlarda, jumladan 1962-y. dan Kaliforniya (Berkli) un-tida ishlagan. Asarlarida markazlashtirilmagan bozor tizimi yakka rejalarning ijobiy muvofiqlashuvga olib kelishi mumkinligi muammosini tadqiq etgan. Narxlar muvozanatini yaratadigan omillar mavjudligini isbotlagan (K. Errou bilan hamkorlikda). «Qiymat nazariyasi» asarida yagona umumiy muvozanat nazariyasining matematik modelini yaratdi va oʻz modelida i. ch. ni joylashtirish, kapital va nomaʼlumlik sharoitlarida feʼl-atvor nazariyalarini birlashtirishga erishdi. Nobel mukofoti laureati (1983).

Ensiklopediya.uz
DEBRYO