DEBITOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEBITOR haqida malumot bilib oling.

DEBITOR (lot. debitor) — mulk yoki pul qarzi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs, iqtisodiy subyekt. Iqtisodiy xoʻjalik aloqalarida korxona, firma, kompaniya va b. ga Debitor — qarzdorlar (boshqa firma, korxona, kompaniya, shuningdek, fuqarolar) toʻlashi lozim boʻlgan qarzlar mikdori de – bitorlik qarzini hosil qiladi. Bunday qarzlar muddatida qaytariladigan va toʻlash muddatidan oʻtib ketgan qarzlarga boʻlinadi. Oʻz vaqtida undirib olinmagan qarzlar uni bergan korxona zarariga qoʻshib yoziladi. Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida toʻlanishi bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy intizomning muhim talabidir.

Ensiklopediya.uz
DEBITOR