DEBIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEBIT haqida malumot bilib oling.

DEBIT (frans. debit — oʻtkazmoq) — burgʻilash quduqlari, buloklar va konlardan maʼlum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft va h. k.) yoki gaz hajmi. Suyuklik uchun Debit sekundiga litr (oniy Debit) yoki sekundiga (soatiga, sutkasiga) kub metr (yigʻindi Debit)larda oʻlchanadi. Daryoning koʻndalang kesim yuzi orqali vaqt birligida oqib oʻtadigan suv hajmiga suv sarfi deb ataladi. Suyuqlik uchun Debit suv oʻlchagichlar yordamida aniklanadi. Gaz sutkasiga kub metr bilan oʻlchanadi va anemometr bilan aniklanadi. Suyukliklar Debit ini oʻlchash uchun Venturi tipidagi suv oʻlchagich qoʻllaniladi. Suv havzasi tubida ajraladigan gazdan namuna olishning eng oddiy usulida Debit maʼlum hajmli idishning toʻlish vaqtiga qarab aniqlanadi.

Ensiklopediya.uz
DEBIT