Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi

Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi

davstatqocabbm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi 660b84d5f1336Prezidentning 10.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmoni munosabati bilan statistika hisobotining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2021 yil 8 sentyabrga qadar (8 sentyabr ham kiradi) uzaytiriladi:

  • 12-narx (xarid) shakli “Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisoboti”;
  • 12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot”;
  • 12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot”;           
  • 12-korxona (savdo)(12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot”;
  • 12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot”.

 

Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlaydi va hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborish mumkin.

 

 

Savollarga javoblar
Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi

manba:norma.uz