DAVRIY KASR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DAVRIY KASR haqida malumot bilib oling.

DAVRIY KASR — raqamlarining bir qismi cheksiz takrorlanadigan cheksiz oʻnli kasr. Mac, 3,19272727…; bu kasrni qisqacha 3, 19 (27) kabi yozish mumkin, yaʼni davr deb ataluvchi cheksiz takrorlanadigan raqamlar qismi qavs ichiga olingan (bu misolda «davrda 27» deyiladi). Agar Davriy kasrning davri verguldan keyin darhol boshlansa (mas, 5,767676…), bundan kasr sof Davriy kasr deyiladi, agar verguldan keyin davr oldida raqamlar boʻlsa (mas, 4,21666…), bunday kasr aralash Davriy kasr deyiladi. Har bir ratsional son (yaʼni oddiy kasr) ni oʻnli kasr bilan tasvirlanganda hamma vaqt chekli oʻnli kasr yoki Davriy kasr hosil boʻladi. Har bir Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish mumkin (yaʼni u biror ratsional songa teng).

Ensiklopediya.uz
Davriy kasr