DAVOS haqida malumot bilib oling.
DAVOS — Shveysariyaning sharqiy qismidagi shahar, togʻ iqlimli kurort. Sharqiy Alp togʻlarida 1550 m dan ziyod balandlikda joylashgan. Turizm, qishki sport oʻyinlari markazi. Aholisi 11 ming kishidan ortiq. Davosda quyoshli kunlar koʻp boʻladi, shamol boʻlmaydi, quyosh radiatsiyasi kuchli. Qishi moʻtadil yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°), yozi salqin (iyulning oʻrtacha t-rasi 12°); yillik yogʻin qariyb 900 mm. Davosda tibbiyot va baland togʻ iqlimi kurorti in-ti, qor va koʻchkilarni tadqiq qilish milliy in-ti, sanatoriy, pansionat, mexmonxona, teatr, sport inshootlari va b. bor. Shaharda har yili Butunjahon iktisodiy anjumani oʻtkaziladi. 1992-y. dan boshlab bu anjumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Ensiklopediya.uz
DAVOS