Davlatlarning yashiringan manolari.
Davlatlarning yashiringan manolari.
DO`STLARGA ULASHING:
Davlatlarning yashiringan manolari.
Xitoy
????????????????????????????????????
Xitoyning qizil bayrog‘i kommunistik revolyutsiyani anglatadi. Tilla yulduzlar kommunizmning birlamchi tizimini aks ettiradi. To‘rtta kichik yulduzlar esa mamlakatda turli xil ijtimoiy qatlamlar mavjudligini bildiradi.Botsvana
????????????????????????????????????
Bu bayroq qora markaz, oq rangdagi ikki chiziq, tepa va pastki qismdagi yorqin ko‘k rangli chiziqdan iborat. Qora va oq rang uyg‘unlik, ko‘k rang esa mamlakatning suvga qaramliligini bildiradi.Birlashgan Arab amirliklari (BAA)
????????????????????????????????????
BAA bayrog‘iga 1971 yilda asos solingan bo‘lib, undagi oq rang tinchlik va halollikni anglatadi, qora esa dushmanlarni qo‘rqitish maqsadida, qizil rang esa jasorat va bahodirlik, yashilrang esa umid va optimistlikni bildiradi.Braziliya
????????????????????????????????????
Braziliya bayrog‘idagi 27 yulduz mamlakat shtatlarini aks ettiradi va tungi osmonda yulduzlar qay tariqa joylashgan bo‘lsa, aynan shunday sxemada tuzilgan. Yashilrang o‘rmonni, sariq mamlakat olmos zahiralarini anglatadi.Hindiston
????????????????????????????????????
Hindiston bayrog‘ining rangi hind dini turfa xilligini anglatadi. Olovrang jasorat timsoli bo‘lib, hindlar va buddistlar uchun muhim rang sanaladi. Oq poklik, yashilrang esa iymon va unumdorlik ramzi sanaladi. Markazdagi aylana qadimiy Ashoka Chakra timsoli bo‘lib, u Qonun g‘ildiragi deb ham nomlanadi.Livan
????????????????????????????????????
Livan bayrog‘i tepa va pastki qismda ikki qizil chiziqqa ega bo‘lib, ular ozodlik uchun to‘kilgan qonni anglatadi. Oq rang tinchlik va tog‘ cho‘qqilaridagi qorni, yashil kedr daraxti esa abadiy hayot ramzini bildiradi.Shimoliy Koreya
????????????????????????????????????
Shimoliy Koreya bayrog‘ida qizil rang va yulduz davlat mafkurasini anglatadi. Oq chiziqlar poklikni bildiradi, havorang chiziqlar esa tinchlik ramzi hisoblanadi.Avstraliya
????????????????????????????????????
Avstraliyada 1901 yili davlat bayrog‘i yaratilganida mamlakat Britaniya imperiyasi tarkibiga kirishini anglatish uchun Yunion Jyek qo‘shilgan. Ko‘k fon mustamlaka xalqlar bayroqlarining umumiy mavzusi sanaladi. Olti qirrali yulduzlar Avstraliyadagi oltita shtatni aks ettiradi.Janubiy Afrika
????????????????????????????????????
1994 yil mamlakatda demokratiya o‘rnatilganidan so‘ng yangi davlat birligi va xilma-xilligini ifodalovchi bayroq yaratish haqida qaror qabul qilindi. Bayroq o‘zida Afrik milliy kongressi ranglari (sariq, yashil va qora) bilan Yunion Jyek gibridini aks ettiradi.Buyuk Britaniya
????????????????????????????????????
Ittifoq bayrog‘i, shuningdek, Yunion Jyek deb tanilgan davlat ramzi uchta bayroqni o‘zida mujassamlashtirgan — Angliyaning Avliyo Jorj xochi, Shotlandiyaning Avliyo Andrey xochi va Irlandiyaning Avliyo Patrik xochi.
Davlatlarning yashiringan manolari.