Davlat va huquq asoslari 10-si
9
4-topshiriq.
Quyidagi maqol va matallarni huquqiy ong bilan bog‘lang:
• Qonun — qonundir.
• Qonun bor joyda himoya ham bor.
2-vaziyat.
Uyni topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda, qurilish rah-
bari K. to‘plangan maishiy chiqindilarni olib borib o‘rmonga
to‘kish ga ko‘rsatma berdi. Chiqindilarni to‘kishga ulgurgan hay-
dovchi V. o‘rmon qo‘riqchisi tomonidan qo‘lga olindi. Haydovchi
V. maishiy chiqindilarni o‘rmonga to‘kish buyrug‘ini quri lish rah-
baridan olganini tushuntirdi.
Qurilish rahbari K. harakatlarida huquqbuzarlikni ko‘-
rish mumkinmi? Haydovchi V. harakatlarida-chi? Bu qanday
huquqbuzarlik deb o‘ylaysiz?
Bilimingizni sinang!
1. Nima uchun kishiga huquqiy bilimlar zarur? Huquqiy savod-
sizlik nimaga olib keladi?
2. Sizningcha, qonun kishining yaxshi maslahatgo‘yi va yordam-
chisiga aylanishi uchun nima qilish kerak?
3. Huquq me’yorlari bilan axloq me’yorlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik nimada ko‘zga tashlanadi?
4. Qonunlarni bilmasdan turib adolatsizlikka qarshi kurashib
bo‘ladimi? О‘z javobingizni asoslang.
Davlat va huquq
V. А. Kostetskiy
DAVLAT VA HUQUQ
ASOSLARI
O‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik
1-nashri
О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
Toshkent
«Yangiyo‘l Poligraf Servis»
2017
SHARTLI BELGILAR
– yodda tuting
– topshiriq
– huquqiy
vaziyat
– bilimingizni
sinang
– Konstitutsiya va qonun hujjatlaridan
ko‘chirmalar
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© V. А. Kostetskiy, 2017.
© «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017.
Ilmiy muharrir:
Saidov A., yuridik fanlar doktori, prof.
TAQRIZCHILAR:
F. Xaytboyev
— Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining
ilmiy xodimi, yuridik fanlari nomzodi;
F. Bakayeva
— TDYU davlat nazariyasi va tarixi kafedrasining katta
o‘qituvchisi, yuridik fanlari nomzodi;
S. Akkulova
— Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti kafedrasining katta o‘qituvchisi;
T. Bagdasarova
— Toshkent shahar 49-umumta’lim maktabi «Davlat va huquq asoslari»
fani o‘qituvchisi.
M. Yunusova
— Toshkent shahar 41-umumta’lim maktabi «Davlat va huquq asoslari»
fani o‘qituvchisi.
UO‘K: 34(075.3)=512.133
KBK: 67.0
I-81
Kostetskiy, Vasiliy.
Davlat va huquq asoslari 10-sinf: O‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinf ari
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V. Kostetskiy —
Birinchi nashr. — Toshkent.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. — 144 b.
UO‘K: 34(075.3)=512.133
ISBN 978-9943-4936-0-5 KBK: 67.0ya721
Darslik Xalq ta’limi vazirligining dasturiga muvofiq tayyorlangan hamda o‘rta ta’lim
maktablarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari
uchun, shuningdek inson huquqlari masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Darslikdagi huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga
muvofiq bayon etilgan. Darslikni tayyorlashda G.M. Tansiqboyevaning konstitutsiyaviy
huquq bo‘yicha materiallaridan foydalanilgan.
ISBN 978-9943-4936-0-5
3
O‘QUVCHILARGA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va
huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-
ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng-
lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib
hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa-
rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Tez va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda inson ongi uchun kurash to-
bora kuchayib borayotgan davrda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi-
ni olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning bosh qa
shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish
kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. Shu ma’noda mus-
taqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniya-
tini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoyil si-
fatida o‘z aksini topdi. «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga
qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan
iboratdir.
Aziz o‘quvchi! Quyi sinfarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi,
davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari
haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy
bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq soha-
lari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali
olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
OQ YO‘L!
4
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI —
XALQARO HUQUQ SUBYEKTI
1-§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING
MUSTAHKAM ASOSI
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy
bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitut-
siyada belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar-
ni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu-
miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi
g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
5
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xiz-
mat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, man-
sabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat bir-
lashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.
93-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekis-
ton Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
1-topshiriq.
Kun davomida nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni eslang:
maktabga borasiz, ta’lim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida
(sport va boshqa to‘garaklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qan-
day hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab
o‘ting va bu sizga shaxsan qanday ta’sir ko‘rsatishini ayting.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligi-
ning huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Aso-
siy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim.
Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijti-
moiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga
oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi.
6
Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy-
liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko-
niyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad
rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari
tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan
himoyalangan.
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga
a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno-
sabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro de-
mokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun
O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon
qilindi.
HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS
VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sha-
roit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning bar-
cha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshi-
rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.
Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi.
Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:
—
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufu-
zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
—
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatla-
rini ta’minlash;
—
ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashti-
rish;
—
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
tizimini takomillashtirish;
—
sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;
—
yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy mada-
niyati va ongini yuksaltirish zarur.
Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib,
unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa mu-
nosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa,
huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U
mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini
to‘g‘ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka hara-
kat qiladi.
Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qo-
nunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham
huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish
katta ahamiyat kasb etadi.
Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan
darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talabla-
rini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni
bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi.
2-topshiriq.
Savolga o‘ylab ko‘rib, javob bering:
Huquqiy madaniyatli kishi qonunlarni umuman bilmay-
digan yoki yomon biladigan yoxud bilsa-da, ularni buzadigan
kishidan nimasi bilan farq qiladi?
Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihat-
dan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari va erkinliklarining buzilishiga
qarshi tu rishga qodir bo‘ladi. Biroq qonunni bilishning o‘zi unga amal qilish
uchun yetarli emas. Shu o‘rinda, huquqiy madaniyat nimalardan tashkil topadi,
degan savol o‘rinli bo‘ladi.
8
Axloqiy dunyoqarash va e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisobla-
nadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo‘lsa, huquqiy
bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat
qilish), huquqiy normalarga rioya etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvor-
ligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o‘rin oladi.
2-topshiriq.
O‘ylab ko‘rib, javob bering:
1. Huquqiy madaniyatga ega kishining axloqiy-ma’naviy qa-
rashlari qanday bo‘lishi kerak?
2. Uning bilim va ko‘nikmalari qanday bo‘lishi zarur?
3. «Huquqqa munosabat» deganda nima tushuniladi?
4. Sizningcha huquqiy munosabatlarda kishining xatti-hara-
katlari qanday bo‘lishi kerak?
3-topshiriq.
Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va ularda bayon
etilgan xatti-harakatlar qonun talablariga zid kelishi yoki
kelmasligini aniqlang. O‘z fikringizni ayting.
1-vaziyat.
Sud majlisi zalida fuqaro K. ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib
chiqilayotgandi. Sud majlisi jarayonida K. ishni olib borayotgan
sudya M.ni tinmay haqoratlar, uning obro‘yi va sha’nini kamsitib,
so‘kinardi. Sudyaning sud majlisi zalida tartib saqlanishi haqidagi
qonuniy talablariga amal qilmay, K. ozodlikka chiqqach, sudyaga
nisbatan qotillik sodir etishini aytib po‘pisa qila boshladi. Faqat
sud majlislari zalidan konvoy yordamida chiqarib yuborilganidan
keyingina K.ning harakatlari tugatildi.
K. o‘z harakatlari bilan boshqalarning huquqlarini buz-
gan, deb hisoblash mumkinmi? U qonunni buzganmi yoki
axloq me’yorlarinimi?
9
4-topshiriq.
Quyidagi maqol va matallarni huquqiy ong bilan bog‘lang:
• Qonun — qonundir.
• Qonun bor joyda himoya ham bor.
2-vaziyat.
Uyni topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda, qurilish rah-
bari K. to‘plangan maishiy chiqindilarni olib borib o‘rmonga
to‘kish ga ko‘rsatma berdi. Chiqindilarni to‘kishga ulgurgan hay-
dovchi V. o‘rmon qo‘riqchisi tomonidan qo‘lga olindi. Haydovchi
V. maishiy chiqindilarni o‘rmonga to‘kish buyrug‘ini quri lish rah-
baridan olganini tushuntirdi.
Qurilish rahbari K. harakatlarida huquqbuzarlikni ko‘-
rish mumkinmi? Haydovchi V. harakatlarida-chi? Bu qanday
huquqbuzarlik deb o‘ylaysiz?
Bilimingizni sinang!
1. Nima uchun kishiga huquqiy bilimlar zarur? Huquqiy savod-
sizlik nimaga olib keladi?
2. Sizningcha, qonun kishining yaxshi maslahatgo‘yi va yordam-
chisiga aylanishi uchun nima qilish kerak?
3. Huquq me’yorlari bilan axloq me’yorlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik nimada ko‘zga tashlanadi?
4. Qonunlarni bilmasdan turib adolatsizlikka qarshi kurashib
bo‘ladimi? О‘z javobingizni asoslang.
10
2-§. XALQARO HUQUQ
XALQARO HUQUQIY MUNOSABATLAR VA
ULARNING PRINSIPLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofiq
davlatimiz xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi
siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tah-
did qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish,
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faro-
vonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi,
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va
ulardan ajralib chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-modda.
Xalqaro huquq urug‘-qabila munosabatlari parchalanib, birinchi davlat-
lar yuzaga kelganida paydo bo‘ldi. U davrda qadimgi odamlarda ushbu muno-
sabatlarni tartibga soladigan va urf-odatlarda mahkamlangan muayyan qoida-
lar shakllanib ulgurgandi. Ibtidoiy-jamoa jamiyatida urug‘ va qabila o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soladigan ushbu qoidalar to‘plamini davlatlarga qa-
dar bo‘lgan qabilalararo «huquq» deb atash mumkin. So‘ngra taraqqiy etib, u
xalqaro huquqqa aylandi.
Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli
xil munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda tuzilgani va qanday
nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari
o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim bo‘lib, tomonlarning o‘zaro huquq va
majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.
11
Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy
tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishla-
rini tushunish lozim.
Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1) barqarorlashtiruvchi — xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini
uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi
va yanada barqarorlashtirishi lozim;
2) tartibga soluvchi — uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga
erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi;
3) muhofaza etuvchi — xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravish-
da muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro
huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgar-
lik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga haqli;
4) axborot-tarbiyalovchi — davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq
to‘plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ‘ib
qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza eti-
sh ruhida tarbiyalashdan iborat.
XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI.
XALQARO HUQUQ MANBALARI
Xalqaro huquq subyektlar o‘rtasida kelishuv orqali yaratilgan va
davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat.
Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro
rasm-rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan
tashqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari
mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o‘zlari
uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo‘shimcha
manbalariga aylanadi.
Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil
subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat
12
ichidagi subyektlar o‘rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki
vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlatlar, millatlar va
xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi.
Xalqaro huquq prinsiplari — xalqaro munosabatlar subyeklarining
davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro
hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha eng muhim va umum tan olingan hulq
normalari hisoblanadi.
Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni:
—
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili;
—
davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik ta-
moyili;
—
xalqlar teng huquqliligi va o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashi tamoyili;
—
xalqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili;
—
davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili;
—
inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga mos keladi. Jumladan:
—
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga;
—
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga;
—
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga;
—
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi
aktiga.
XALQARO MUNOSABATLAR
Xalqaro munosabatlar — tinchlik va hamkorlik o‘rnatish maqsadida
xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlat
va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy,
dip lomatik, harbiy va boshqa aloqalarning o‘zaro munosabatli majmuyidir.
13
«O‘zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir»
konstitutsiyaviy prinsipi O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi
o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining ajralmas qismi
ekanini amalda tasdiqlaydi.
XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ
Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi.
Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan
siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soladi.
Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqaro-
lik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli
firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzi-
shi va hokazolar.
Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy muno-
sabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning
subyektlari hisoblanadi.
BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida aytilishicha,
bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki
siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo‘llashi yoki Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o‘tkazishi
Davlat va huquq asoslari 10-si
Huquqshunoslik 10 sinf kasb-hunar ta’limi muassasalari oquvchilari uchun darslik
Последняя версия
7 авг. 2018 г.
Разработчик
Google Play ID
Количество установок
App APKs
Davlat va huquq asoslari APK Lector de documentos APK Dokumentenbetrachter APK 문서 뷰어 APK
Davlat va huquq asoslari 10-si APP
DAVLAT VA HUQUQ
ASOSLARI
O‘rta ta’lim maktablarining 10-sin〼 va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik
1-nashri
О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
Toshkent
«Yangiyo‘l Poligraf Servis»
2017
Kostetskiy, Vasiliy.
Davlat va huquq asoslari 10-sinf: O‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinf ari
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V. Kostetskiy —
Birinchi nashr. — Toshkent.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. — 144 b.
Популярные запросы
LD Player – #1 Android Emulator
Лучший Эмулятор Андроида для ПК
Приложения · Hot
Chat GPT AKX Developers · Развлечения
InstaPro Sam Mods · Социальные
YouTube Vanced Team Vanced · Видеоплееры и редакторы
自由浏览 Greatfire.org · Связь
Google Play Маркет Google LLC · Инструменты
Популярные
MangaLib Malo Boucé · Книги и справочники
Cool Reader Vadim Lopatin · Книги и справочники
Когда намаз Kogdanamaz · Книги и справочники
Brawl Stars Wiki Fernas Techno · Книги и справочники
Русско Узбекский Переводчик GK Apps · Книги и справочники
Читы на стандофф 2 на голду Tim_Dev · Книги и справочники
Super PDF Drive Reallyloaded Inc. · Книги и справочники
MangaHub HippoAD · Книги и справочники
Генератор гемов для бравл старс Banza-Dating · Книги и справочники
JW Library Jehovah’s Witnesses · Книги и справочники
APKCombo Installer
Порядок установки XAPK, APKS, OBB?
Qiziqarli malumotlar
Davlat va huquq asoslari 10-si