DAVLAT REZERVLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DAVLAT REZERVLARI haqida malumot bilib oling.

DAVLAT REZERVLARI, davlat zaxiralari — davlat tomonidan mudofaa va ehtiyot maqsadlarida yaratiladigan eng muhim turdagi xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ayrim turdagi mashina va jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari (q. Harbiy rezervlar). Davlat rezervlari maxsus markazlashtirilgan davlat fondi boʻlib, qatʼiy rejaga muvofiq tiklanadi va toʻldirib turiladi. Davlat rezervlari favqulodda xrllarda faqat hukumatning maxsus qarori va farmoyishi bilan sarflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina oʻz Davlat rezervlarini barpo etdi.

Ensiklopediya.uz
DAVLAT REZERVLARI