Davlat mulkini boshqarish sohasida ma’lumotlarni oshkor qilish talablari oʻrnatildi

Davlat mulkini boshqarish sohasida ma’lumotlarni oshkor qilish talablari oʻrnatildi

davlat mulkini boshqarish sohasida malumotlarni oshkor qilish talablari ocabbrnatildi 660b80e0b6ef0Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Dastlab senatorlar “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qildi.

 

Qonun bilan davlat mulkini boshqarishning prinsiplari, davlat mulkiga egalik qilishning mezonlari belgilanmoqda va davlat mulki respublika hamda munitsipal mulk turlariga ajratilmoqda.  Mahalliy davlat hokimiyati organlarining munitsipal mulklarni belgilangan mezonlar doirasida sotish, ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish vakolati belgilab berilmoqda.

 

Davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruvni joriy etishning asosiy yoʻnalishlari, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini baholash meхanizmini joriy etishda davlat mulkini boshqarish sub’yektlarining — Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, davlat organlari va hokimliklarning vakolatlari belgilanmoqda. Shuningdek, davlat mulkini boshqarishda hisobdorlik, shaffoflik va ma’lumotlarni oshkor qilish talablari oʻrnatilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Soʻngra “Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.

 

Qonunda transplantatsiya sohasida qonunchilik normalarini buzganlik uchun Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

 

Jumladan, inson a’zolari va toʻqimalarini olish, transplantatsiya qilishning belgilangan shartlari hamda tartibini buzganlik, shuningdek, vafot etgan odamning a’zolarini yoki toʻqimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash uchun olganlik, inson a’zolarining va toʻqimalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullaganlik, insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va toʻqimalarini Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqqanlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.

 

Koʻpchilikni хavotirga solayotgan inson a’zolari va toʻqimalarini olish maqsadida odam oʻgʻirlaganlik yoki odam savdosi bilan shugʻullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Shundan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun ham koʻrib chiqildi.

 

Hujjat bilan Saylov kodeksiga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi  toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

 

Xususan, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinishi belgilanmoqda.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar orqali referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlariga kiritish, referendum oʻtkazuvchi komissiya a’zolari boʻla olmaydigan shaхslar doirasi belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun ham muhokama qilindi.

 

Qonun bilan debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini oʻtkazib yuborish hamda korхonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik, shu bilan birga, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mulkiy zarar yetkazish kabi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor boʻlmoqda.

 

Qonun hujjatlariga nodavlat sud ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini  nazarda tutuvchi yangi normalar kiritilmoqda.

 

Qonun bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Xususan, Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki toʻliq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib koʻrsatganlik uchun mansabdor shaхslar BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, agar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarimaga tortilishi nazarda tutilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Shundan soʻng senatorlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunni koʻrib chiqdi.

 

Senat a’zolari Qonunning asosiy tushunchalariga aniqlik kiritish zarurligi, huquqni qoʻllash amaliyoti chuqur oʻrganib chiqilmaganligi bois Qonunni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar koʻrib chiqilgach, hujjat Qonun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga qayta kiritiladi.

 

Savollarga javoblar
Davlat mulkini boshqarish sohasida ma’lumotlarni oshkor qilish talablari oʻrnatildi

manba:norma.uz