Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi to’liq malumot oling

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi to’liq malumot oling

davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid malumotlar majburiy tartibda elon qilib boriladi 1

“Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (208-son, 22.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1 dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;
NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.

2023-yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.

Foydali Maslahatlar
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi