Davlat byudjeti

Davlat byudjeti
davlat byudjeti 65ca87f115f73

0961a1796418499b89bca470f44796c01117

Davlat byudjeti

Mundarija скрыть
Davlat byudjeti
DO`STLARGA ULASHING:
1. Davlat budjetining mohiyati. Davlat budjetining mohiyati. Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan bo‘-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab (aniq-lab) beradi. Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqa-rish) munosabatlar(i)ning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saq-lash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan mu-him taqsimlash instrumenti (vositasi)dir. O‘zining mohiyatiga ko‘ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, Davlat budjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xu-susiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanli-gidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi. Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekan-ligi Davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’mu-riy-hududiy budjetlarning ko‘pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo‘g‘inlarning yuqori bo‘linmalarga bo‘ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o‘zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda de-mokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o‘zlarining budjet mablag‘lariga ega bo‘lib, bu borada ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjet huquqlaridan foydalana-dilar. Davlat budjetiga xos bo‘lgan ana shu oxirgi ikki xarakter-li belgilar mablag‘lar bilan manyovr qilish va nozik budjet siyosa-tini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mav-jud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda Davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning aso-siy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to‘g‘ri deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlat-ning asosiy moliyaviy rejasi Davlat budjeti (umumdavlat moliya-si) kategoriyasining namoyon bo‘lish shaklidir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo‘lgan xusu-siyatlar majmuining namoyon bo‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o‘zgar-tirmaydi va Davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya-larning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo‘la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, Davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida Davlat budjeti boshqa xususiyat-larga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakl-lari o‘zgargan sharoitda va ko‘plab oldi-sotdilar natijasida amal-ga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat budjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo‘ladi. Qiymatning Davlat budjeti orqa-li harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to‘liq uzila-di va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat Davlat byudje-tidan tashqarida, budjet resurslari sarflanayotganda yana taqsim-lash va almashuv operatsiyalarining qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. Moliya tizimining boshqa barcha bo‘linmalari va boshqa iqti-sodiy (moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqa-lar) bilan chambarchas bog‘liqlik ham Davlat budjetiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amal-ga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat budjeti orqali taq-simlash, bir vaqtning o‘zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo‘lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daro-madlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli budjet fondlarini yaratish; 3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari). Davlat budjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taq-simlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz so-dir bo‘lsa-da, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham in-kor etmaydi. Bu bosqichlarni bo‘lish (ajratib olish) va ularni alo-hida-alohida ko‘rib chiqish orqali budjetli (budjet orqali) taq-simlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larining bir qismini davlatning qo‘lida kon-sentratsiyalashtirish (to‘plash, jamlash, olish) sodir bo‘ladi. Ana shu asosda mablag‘larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag‘lar-ni to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy (budjet) munosabatlar(i) vu-judga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativ-lik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, budjetga tushuvchi mablag‘lar alohidalashgan (ajratib olingan) bo‘lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan (chegaralanmagan). Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo‘nalti-rilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo‘ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi. Budjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foy-dalaniladi: 1) budjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat budjetining daromadlari. Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag‘larni to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham mil-liy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushuncha-larning ikki yoqlamalik xarakteriga ega ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Davlat budjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning xarajatlaridan iborat bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsa-da, bir vaqtning o‘zida, Davlat budjetida ular davlatning daromadlari sifatida gavda-lanadi. Ana shundan, taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishti-rokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat budjetning daromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada to‘lovchilar-ning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qizi-quvchanligini) pasaytiradi. Shunday qilib, “budjetga to‘lovlar” va “Davlat budjetining daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Budjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liq-likda ko‘riladi; Davlat budjetida ular daromadlar shaklini ola-di va budjetning subyektlar (xo‘jaliklar) bilan budjet muno-sabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘-liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy da-romadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo‘linmalarida turli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Davlat budjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijti-moiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metod-lari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda katta farqlanishlar bo‘lishiga qaramasdan ularning barchasi dav-lat pul fondini shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rta-sida vujudga kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu narsa, o‘z navbatida, mablag‘larni to‘lovchi-lar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (budjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alo-hida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar “mo-liya” iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, “budjet” bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z nav-batida, budjet o‘ziga tegishli bo‘lgan (budjetli) kategoriyalarni vu-judga keltiradi. Ular “Davlat budjeti” deb nomlangan kategoriyaga nisbatan, ma’lum darajada, bo‘ysunuvchanlik xarakteriga ega bo‘-lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday budjet kategoriyalaridan biri “Davlat budjetining da-romadlari”dir. “Davlat budjeti daromadlari”ning budjet kategoriyalari-ning ko‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi, ularning umu-miy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushu-nishga imkon yaratadi. Budjet daromadlari davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar juda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (budjet) mu-nosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Budjet daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ob’ek-tiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bi-lan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarur-ligi o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan davlatning mavjudligi bilan belgilanadi. Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqti-sod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash obyekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash na-tijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo‘lishi mumkin. Lekin Davlat budjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular doimo taqsimlash natijasi (budjetga to‘-lovlar) va yanada taqsimlash obyekti (budjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, Davlat budjetining daromadlari aniq ifodalangan byud-jet kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydala-nish taqsimlashning budjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Davlat budjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘-shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) budjet kategoriyalarning navbatdagi ko‘rinishlari sifatida tal-qin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki o‘zlarining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy kategoriyalar obyektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qo-nunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, subyektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xusu-siyatlar obyektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – Davlat budjeti daromadlarining — namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to‘g‘ri ekanligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi. Davlat bor ekan Davlat budjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘ladi. Lekin budjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zga-rib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byud-jetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rolni o‘ynashi, vaqt o‘tishi bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bi-lan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, “Davlat byud-jeti daromadlari” kategoriyasining namoyon bo‘lish shakllarining o‘zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qol-ganligini anglatadi. Demak, budjetga to‘lovlar ko‘rinishining o‘z-garishi, bir to‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi bu iq-tisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyu-siyasidir. Biroq bundan moliyaviy va budjet kategoriyalari qat’iyan obyektiv, ularning namoyon bo‘lish shakllari esa subyektivdir, de-gan xulosa chiqarmaslik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabat-larining yetukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, Davlat budjeti daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bo-zor iqtisodiyoti (yoki unga o‘tish) sharoitida eng asosiy iqtisodiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotning samara-dorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligiga erishish hisob-lansa, bu vazifalarning bajarilishiga budjetga to‘lovlarning shakllari ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shishi kerak. Ular budjet daromadlarini faqatgina miqdoriy jihatdan ta’minlab-gina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o‘r-natilishi natijasida vujudga kelgan budjetga to‘lovlarning tur-li shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organ-larining normativ hujjatlarida o‘z ifodasini topgan obyektiv omillarga baribir, ma’lum darajada, bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘psonli fondlarning shaklla-nishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo‘lishning murak-kab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki budjet jarayo-nidek ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosa-batlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyat-dagi barcha subyektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o‘z budjetiga ega bo‘lganligi uchun bu bosqichda ana shu budjetlarning (ya’ni hu-dudlarga mo‘ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu budjetning xara-jatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kel-masligi oqibatida ularni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi budjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo‘linmalari-ning barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini berishsa, boshqalari esa budjet mexanizmi orqali bu mablag‘larni oladi. Sirtdan qaralganda, hududlararo budjetli taqsimlash byud-jetlarning yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar si-fatidek ko‘rinadi. Chunki budjetli tartibga solish yuqori byud-jetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z da-romadlari hisobidan quyi bo‘g‘inlarning budjet munosabatlarini tartibga soluvchi har bir budjet bo‘linmasi amalda (haqiqatda) bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida ko‘rsatilgan balanslashti-rish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiri-tadi. Ular esa, o‘z navbatida, budjetli tartibga solishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli subyektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlamali taqsimlash munosabatlari vujudga keladi. Bir vaqtning o‘zida, budjet va uning barcha bo‘linmalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashti-rilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutuvchi mo‘ljallangan maqsadli fondlar shakllantiriladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo‘linmalari va hoka-zolar o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlash sodir bo‘ladi. Budjet fondlari o‘zining soniga ko‘ra juda ko‘p sonlidir. Ular davlat budjetining barcha bo‘g‘inlarida va bo‘linmalarida yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik budjet fondlari nisbatan tor doiralarga mo‘ljallangan boshqa fondlarga bo‘linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tarmoqlar fondi, ular esa, o‘z navbatida, yana bir necha fondlarga bo‘linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudje-tining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo‘ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va katta o‘z-garuvchanligi bilan xarakterlanadigan ko‘p sonli fondlar konglo-meratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo‘la oladi. Bu fond ko‘p sonli taqsimlash kanallari orqali, bir tomondan, xara-jat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to‘ldirilib boriladi. Uchinchi bosqichda budjet fondlari hududlar va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko‘pchilik hol-larda, bir mulkchilik shakli doirasida budjet mablag‘larini qay-tarilmaslik tarzida berish sodir bo‘ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa budjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bos-qichida budjet mablag‘larini olganlar tomonidan amalga oshiri-ladi. Davlat budjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlamalik xarakteriga ega. Bir tomondan, bu dav-latning xarajatlari, boshqa tomondan esa – subyektlarning ixtiyo-riga tushadigan qaytarilmaydigan mablag‘lar bo‘lib, ularning da-romadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo‘l-jallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlamali xarakter davlat budjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining faqat oraliq bos-qichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda budjet fondlarining egasi – davlat va pul mablag‘larini oluvchilar – subyektlar o‘rta-sida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo‘ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o‘laroq) davlat va aholi o‘rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bo‘lmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha budjet resurslari tegishli subyektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltiriladi. Daromadlar singari, Davlat budjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy (budjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifa-tida budjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi budjetdan subyektlarga pul mablag‘larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha bo‘linmalariga xos (tegishli) bo‘lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish – yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo‘ladi: pul fond-larini shakllantirish ularning foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish (sarflash) uni oluvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi. Budjet mablag‘larini ola turib subyektlar o‘zlarining pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o‘z navbatida, ma’-lum maqsadlarga mo‘ljallangan kichik fondlarga bo‘linadi. Shuning uchun ham davlat budjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bo‘lib, ularni bu yerda tom ma’nodagi xarajatlar deb bo‘lmaydi. Budjet bu xarajatlarning o‘lchamini limitlashtiradi (yana to‘liq darajada emas), xarajatlarning o‘zi esa subyektlarning o‘zi tomoni-dan amalga oshiriladiki, bu yerga budjetdan moliyalashtirish tar-tibida pul mablag‘lari yo‘naltiriladi va shu yerning o‘zida taq-simlashning yangi bosqichi boshlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas bal-ki amalda (haqiqatda) budjet assignovaniyalari tushuniladigan Davlat budjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emasdir. Masalan, maorifga qi-linadigan budjet xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mum-kin emas. Xuddi shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuch-lar moliyasi, deb bo‘lmaydi. Budjet kategoriyasi sifatida Davlat budjetining xarajat-lari o‘zining turli ko‘rinishdagi shakllariga ega. Ularning shakl-lari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: – smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o‘z daromadlariga ega bo‘lmasdan davlat budjetining mablag‘lari hi-sobidan to‘liq saqlanadi); – davlatning korxona va tashkilotlariga mablag‘ berish (bunda moliyalashtirish obyektlari sifatida faqat kapital quyulmalar, aylanma mablag‘lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi); – dotatsiyalar (bunda budjet rejali zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar. Budjet xarajatlari budjet daromadlarining ayrim shakl-lariga o‘xshash baholarni shakllantirish bilan bog‘liq ham bo‘lishi mumkin. Bunda budjet xarajatlari tovarlarning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada o‘rnatilib sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi. “Davlat budjetining xarajatlari” va “budjetdan moliya-lashtirish” tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng bo‘lgan tushunchalar emas. Agar Davlat budjetining xarajat-lari budjet kategoriyasini ifoda etsa, budjetdan moliyalashti-rish esa bu kategoriyaning subyektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan amalda mablag‘larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakllantirish jarayoni budjetdan tegishli subyektlarga mablag‘lar berilganidan so‘ng ham davom etadi. Lekin u endilikda budjetdan tashqarida davom etib, subyektlar (iqti-sodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va bosh-qalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq mablag‘larni budjetdan subyektlarga berish yuqorida sanalgan usullarining istalgan birini mustaqil budjet kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri budjet kategoriyasi hisoblangan Davlat budjeti xarajatlarining namoyon bo‘lish shaklidir. Shunday qilib, Davlat budjetining iqtisodiy mazmuni de-ganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag‘larni byud-jetlar ichida taqsimlash va subyektlarni budjetdan moliyalash-tirish natijasida vujudga keladigan, o‘zaro bog‘langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda (xususda) vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyumlash-gan qatlami bu yerda yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Budjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qo-nunlarning ta’siri ostida bo‘lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat budjeti ko‘p sonli va bo‘lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mah-sulot harakatining asosiy yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi. Aynan budjet iste’mol fondi va jamg‘arish fondining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishida, sof daromadning dav-lat va subyektlar o‘rtasida bo‘linishida hal qiluvchi ta’sir ko‘rsa-tadi. Davlat budjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiya-tini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamla-katning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy rasmiylash-tirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ular-dan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat budjeti deyiladi. Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bo‘linmalari bi-lan o‘zaro aloqalari muhim rol o‘ynaydi. Shu bois ta’kidlash joiz-ki, davlat budjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va boshqalar) va moliya tizimining bo‘lin-malari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro bog‘liqlik, Davlat budjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimida uning roli va o‘rnidan kelib chiqadi. Budjet davlat tomonidan markaziy taqsimlash mexanizmi sifatida foydalaniladi, u ij-timoiy-iqtisodiy hayotdagi proporsiya (nisbat)larni tartibga so-lishga yordam beradi. Davlat budjetining baho bilan o‘zaro bog‘liqligi ikki yoqla-malik xarakteriga ega. Bir tomondan, budjet baho mexanizmidan moliyaviy resurslarni mobilizatsiya (jalb) qilish uchun foydala-nadi. Masalan, Davlat budjeti daromadlarining bir qismi qo‘-shilgan qiymat solig‘i shaklida bo‘lib, bu soliq bahoning element-lari, aniqrog‘i sof daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Baho bu holda Davlat budjeti tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida mexanizm rolini o‘ynamoqda. Boshqa bir tomondan esa, Davlat budjeti mol yetkazib be-ruvchilar tomonidan yo‘qotmalarni kompensatsiya qilish yo‘li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi. Masalan, mam-lakat agrar sektori uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari va mine-ral o‘g‘itlar yetkazib berish bu yerdagi faoliyat ko‘rsatuvchi subyekt-larga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshiri-lib, baholar o‘rtasidagi farq Davlat budjeti hisobidan kompen-satsiya qilinadi (qoplanadi). Bunday hollarda davlat budjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda agrar sektorni bilvosita qo‘shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijti-moiy ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byud-jetdan qoplanishi ham xuddi shu mexanizmga asoslangan. Davlat budjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ham uncha oson emas. Eng avvalo, amaliyotda byud-jet va kredit resurslarining o‘zaro almashuvchanligi tarkib top-ganligini e’tirof etish kerak. Mablag‘larning kredit va budjet manbalari bir-birini to‘ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday o‘zaro ta’sirchanlik (bog‘liqlik) obyektiv ravishda o‘zining chegara-siga ega bo‘lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalash-tirish obyektlari mavjudki, unda faqat Davlat budjeti va ak-sincha, faoliyatning tijoriy turlarida, asosan, kredit hal qiluv-chi rolni o‘ynashi kerak. Davlat budjeti va kreditning o‘zaro ta’sirchanligi bank-larning kredit resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat budjeti, eng avvalo, zaruriy hol-larda banklar qat’iy passivlarini shakllantirishning muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, o‘z navbatida, uzoq mud-datli kreditlashtirish ( ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to‘ldirish uchun maxsus budjet assignova-niyalari va boshqalar) uchun juda zarurdir. Bundan tashqari, byud-jet hisob-varaqlarida va budjet tashkilotlarining hisob-varaq-larida bo‘lgan davlat budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari qis-qa muddatli kreditlashtirish uchun banklarning kredit resurs-larini to‘ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni shakllantirib, bu narsa ular daromadining bir qismini budjetga olishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi haqi ham Davlat byud-jeti bilan uzviy bog‘langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda Davlat budjetining mablag‘lari hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Davlat budjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o‘rinni egallab, uning barcha bo‘linmalari bilan bog‘langan. Bunday bog‘lanish ikki yo‘nalish – budjetga to‘lovlar va budjetdan mo-liyalashtirish – orqali amalga oshiriladi.
2.Davlat budjetining funksiyalari. Davlat budjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo‘linmalari sin-gari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat. Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mo-hiyati namoyon bo‘ladi. Bu narsa davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol ko‘rinadi. Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsim-lash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag‘lari (budjetga to‘lovlar) mil-liy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo‘linadi va ko‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo‘naltiriladi. Aholining budjetga to‘lovlari ham qayta taqsimlash xarak-teriga ega. Ularning budjetga turli soliqlar shaklida (ko‘rini-shida) kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomo-nidan turli ko‘rinishdagi soliqlarning budjetga to‘lanishi ham bu mablag‘larning ko‘p sonli taqsimlash bosqichlaridan o‘tishini taqozo etadi. Chunki juda ko‘p hollarda bu mablag‘lar ancha oldinroq budjet yordamida taqsimlanish bosqichidan o‘tib, ijtimoiy sohaga ular budjet assignovaniyalari shaklida yetib borgan bo‘ladi. Demak, ko‘rinib turibdiki, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning budjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimla-nishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat budjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir. Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko‘lamining kengligi (ma-sshtabligi), pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maq-sadli fondlarning xilma-xilligi davlat budjeti taqsimlash funk-siyasining ikkinchi xususiyati hisoblanadi. Yalpi ichki (milliy) mah-sulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, budjet turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli fondlarni shakllanti-radi. Davlat budjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo‘linmalari bevosita yoki bilvosita bog‘langandir. Davlat budjeti taqsimlash funksiyasining uchinchi xarak-terli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obyekti bo‘lib jamiyatning sof daromadi (qo‘shilgan qiymat soli-g‘i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Budjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslar-ning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, budjet mexanizmi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida ham mablag‘lar qayta taqsimlanishi mumkin. Budjet kanallari bo‘yicha qiymatning jamg‘arish va iste’mol fondlari tomon harakati sodir bo‘ladi. Iqtisodiyotga xarajat-larning ma’lum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning asosiy qismi budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy rezervlari o‘sgan qismining barchasi ham to‘liq ravishda budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat budjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning aso-siy manbai bo‘lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi. Budjet orqali taqsimlash jarayoni ko‘p bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, budjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsim-lanishi) sodir bo‘ladi. Uning uchinchi bosqichi (budjetdan moliya-lashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning bo‘lin-malarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (mil-liy) mahsulotning ayrim elementlari budjet orqali ko‘p marta-lab ham o‘tishi (taqsimlanishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug‘urta fondiga to‘lovlari budjet-li taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi budjetdan moliyalashtirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan o‘tib, ular yana byud-jetga ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi. Shunday qilib, Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko‘p martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bo‘ladi, jamiyat tomo-nidan iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, sa-n’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalaniladi. Faqat Davlat budjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari taqdim etilgan. Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida ah-volning qandayligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’min-lab turadi. Mablag‘larning budjetga kelib tushishi, budjet assignova-niyalarining yo‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchilik-larni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’at-laridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan taqsim-lash jarayonlarining to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarish-ning samaradorligi va hokazolar to‘g‘risida go‘yo signal berib tura-di. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning mo-liyaviy ahvoli, albatta, Davlat budjeti bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda – soliqlarda, to‘lovlarda, budjetdan moliyalash-tirish hajmlarida, budjet assignovaniyalarini o‘zlashtirishda va hokazolarda – o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, budjet orqali re-jadan farqlanish (og‘ish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va dav-riy qisman disproporsiyalar, fondlarning hajmi, mablag‘lar-ni o‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘rinib turadi. Bularning barchasi Davlat budjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (bi-rinchi xususiyat). Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni opera-tiv boshqarishda davlat budjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi. Davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat budjetining yuqori darajada markazlash-tirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishi-ni, ma’lum ketma-ketlikda bo‘ysunishning tizimliligini anglata-di. Bu esa, o‘z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi. Qattiq majburiylik, imperativlik Davlat budjetining na-zorat funksiyasiga tegishli bo‘lgan uchinchi xususiyatdir. Budjet davlatniki bo‘lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iq-tisodiyotni boshqarishning instrumentlaridan biri bo‘lib hisob-lanadi. Nazorat funksiyasining budjetga obyektiv ravishda xos-ligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat hu-quqiy asosiga ega ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham byud-jet nazorati eng ta’sirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshirish natijasida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga operativ ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qo‘llashi mumkin. Budjetga obyektiv ravishda xos bo‘lgan nazorat funksiyasi davlat tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qo‘llani-ladi. Budjetni rejalashtirish jarayonlarida va budjetni ijro etishda subyektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: 1) Davlat budjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag‘larini mobilizatsiya (jalb) qilish; 2) mablag‘larni sarf etishda ularning qonuniyligini ta’min-lash; 3) moliyaviy (budjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish. Davlat budjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, budjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o‘zini namoyon etadi. Budjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari o‘z harakat-lari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir. Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fond-ning o‘lchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fond-larning nisbatlari, ular o‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miq-doriy parametrlarini to‘g‘ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byud-jetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki ka-maytirish yo‘li bilan uni ko‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana shunday taqsimlash-ning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rishga (aniqlashga) imkon beradi. Taqsimlashning sifat tomoni budjetning subyektlar fao-liyatiga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatib, chuqur aloqalarni o‘zida ifodalaydi. Budjetdan moliyalashtirishdan to‘g‘ri foyda-langan holda fondlarning shakllantirilishi budjet mablag‘lari-ning iqtisod qilib, samarali foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subyektning barcha bo‘linmalarida samarador-likni oshirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga budjetning taq-simlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo‘ysundirilganda emas, balki u sifat ko‘rsatkichlariga ham bog‘langandagina erishi-lishi mumkin. Bunda budjetning nazorat funksiyasi ham o‘zining nimaga mo‘ljallanganligini biroz o‘zgartiradi – u faqat fond-larning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi to‘g‘risida emas, balki ana shu nomuvofiqliklar sifat ko‘rsatkichlariga ham ta’sir ko‘r-satganligi to‘g‘risida signal beradi. Davlat budjetining ikki funksiyasidan foydalanish nati-jasida budjet mexanizmi vujudga keladi. Budjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qo‘li-da akkumulyatsiya qilish va ularni budjet kanallari bo‘yicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda ko‘p: soliqlar va budjetga to‘lovlar, budjetdan moliyalashtirishning turli shakl-lari, mablag‘larni budjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shu-lar jumlasidandir. Budjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bo‘lgan detallarning o‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog‘liqligi bilan belgilanadi.
3. Davlat budjetining ahamiyati. Davlat budjeti mamlakat-ning moliya tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Markazlash-tirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‘lida to‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat budjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustu-vor yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish-da asosiy instrument bo‘lib xizmat qiladi. Ustuvor yo‘nalishlarga Davlat budjeti yordamida moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish bir necha usullar yordamida amal-ga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyot yetakchi tar-moqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida budjet assignovaniyalarining hajmi oshiriladi. Bosh-qa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni Davlat budjetiga olishda qulay rejim (sharoit) yaratiladi. Davlat budjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivoj-lanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tar-moq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi sha-roitda budjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqarorli-gini ta’minlashda budjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’ek-tiv va subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlar-ning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda Davlat budjeti tartibga soluvchi man-ba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida Davlat budjetining mablag‘lari subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi. Subyektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’-minlashda Davlat budjetining tartibga soluvchi roli quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: – moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish; – moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud bo‘lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kredit-larini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi; – qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobi-dan qoplash va boshqalar. Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texni-kaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashti-rilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashti-rish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari-ni saqlash, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliya-lashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ka-bi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir. 1.Budjet tizimi: ta’rifi, prinsiplari, uni boshqarish sohasidagi vakolatlar
Davlat budjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional chek-langanligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi va ta’-sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) budjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning budjet tuzil-masi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bi-lan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti: • Respublika budjetini; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda shu respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatlar budjeti esa viloyat budjetidan, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlaridan tarkib topadi. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlari-ning manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa belgilariga ko‘ra xilma-xil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy belgilarga ham egadir. Butun mamlakat masshtabida byud-jet daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikatsiya qili-nadi. Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromad-lari va xarajatlari, shuningdek uning taqchilligi moliyalash-tirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byud-jet klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. U Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byud-jet ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydala-niladi va budjet klassifikatsiyasi budjet ma’lumotlari xal-qaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byud-jet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga budjet klassifi-katsiyasi deyiladi. Odatda, budjet klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo‘yicha ularning manbalari, xarajatlar bo‘yicha esa mablag‘larning maqsadli sarflanish yo‘nalishlari yotadi. Budjet klassifikatsiyasi o‘zining keng mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Uning bo‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda budjet rejalashtirilishi amalga oshiriladi, budjet tashkilotlarining individual va umumiy smetalari hamda yig‘ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat budjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi. Budjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivoj-lanish rejalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ular yuqori tashkilotlarining moliyaviy rejalari bilan bog‘liqligini ta’-minlashda, bir tipdagi budjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning budjetlarini taqqos-lashda, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda budjet klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Budjet ijrosi jarayonida ham budjet klassifikatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan budjet va budjet tashkilot-larining xarajatlar smetasida ko‘zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli moliyalashtirilishini ta’minlashda, u zaruriy shart hisoblanadi. Budjet klassifikatsiyasi moliya organlarida, byud-jet tashkilotlarida va boshqa muassasalarda budjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudje-tining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir. Budjet klassifikatsiyasida belgilangan (o‘rnatilgan) daro-madlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi budjetni tu-zish va ijro etish hamda budjet resurslaridan foydalanishda moliya-budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. Budjet klassifikatsiyasi tashkiliy ahamiyatga ham ega-dirki, bu narsa uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda budjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali ifoda-lanadiki, budjet tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik yurituv-chi subyektlar va ularning yuqori organlari budjet daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan budjet-dagi budjet klassifikatsiyasining bo‘linmalariga muvofiq ra-vishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, budjet klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati budjetni re-jalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga teng tegishlidir. Tasdiqlangan Davlat budjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jlik yurituvchi subyektlar aniq va to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun budjet klas-sifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. Budjet klassifikatsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: • Davlat budjeti daromadlarining klassifikatsiyasini; • Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tash-kiliy va iqtisodiy klassifikatsiyasi; • Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbala-rining klassifikatsiyasi. Davlat budjeti daromadlarining klassifikatsiyasi ularning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iboratdir. Bunda tar-moq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bu yerda daromadlar budjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda bo‘linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bo‘linadi. Bo‘linmalar – daromadlarning alohida turlarini, bob-lar — daromadlarni to‘lovchilarni, paragraflar – daromadlarni to‘lovchilarning toifalarini, moddalar esa – jisoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning alohida turlarini ko‘r-satishi mumkin. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassi-fikatsiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikatsiyasi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifi-katsiyasi esa to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xa-rajatlar budjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda guruh-larga, bo‘linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bo‘li-nishi mumkin. Guruhlar – budjet mablag‘larining asosiy yo‘na-lishlarini, bo‘linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – vazirlik va idoralar bo‘yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bo‘yicha sarflarni, moddalar esa – xarajatlarning alohida turlarini ko‘rsatadi. Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Budjet klassifikatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

DO`STLARGA ULASHING:

Davlat budjeti
Reja.
1. Davlat budjetining mohiyati.
2. Davlat budjetining funksiyalari.
3. Davlat budjetining ahamiyati.
4. Budjet tizimi: ta’rifi, prinsiplari, uni boshqarish sohasidagi vakolatlar
5. Budjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi
1. Davlat budjetining mohiyati.
Davlat budjetining mohiyati. Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan bo‘-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab (aniq-lab) beradi.
Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqa-rish) munosabatlar(i)ning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saq-lash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan mu-him taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
O‘zining mohiyatiga ko‘ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, Davlat budjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xu-susiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanli-gidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi.
Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekan-ligi Davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’mu-riy-hududiy budjetlarning ko‘pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo‘g‘inlarning yuqori bo‘linmalarga bo‘ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o‘zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda de-mokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o‘zlarining budjet mablag‘lariga ega bo‘lib, bu borada ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjet huquqlaridan foydalana-dilar. Davlat budjetiga xos bo‘lgan ana shu oxirgi ikki xarakter-li belgilar mablag‘lar bilan manyovr qilish va nozik budjet siyosa-tini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mav-jud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda Davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning aso-siy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to‘g‘ri deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlat-ning asosiy moliyaviy rejasi Davlat budjeti (umumdavlat moliya-si) kategoriyasining namoyon bo‘lish shaklidir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo‘lgan xusu-siyatlar majmuining namoyon bo‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o‘zgar-tirmaydi va Davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya-larning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo‘la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, Davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida Davlat budjeti boshqa xususiyat-larga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakl-lari o‘zgargan sharoitda va ko‘plab oldi-sotdilar natijasida amal-ga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat budjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo‘ladi. Qiymatning Davlat budjeti orqa-li harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to‘liq uzila-di va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat Davlat byudje-tidan tashqarida, budjet resurslari sarflanayotganda yana taqsim-lash va almashuv operatsiyalarining qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo‘linmalari va boshqa iqti-sodiy (moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqa-lar) bilan chambarchas bog‘liqlik ham Davlat budjetiga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amal-ga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat budjeti orqali taq-simlash, bir vaqtning o‘zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo‘lgan uch bosqichga egadir:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daro-madlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli budjet fondlarini yaratish;
3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari).
Davlat budjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taq-simlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz so-dir bo‘lsa-da, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham in-kor etmaydi. Bu bosqichlarni bo‘lish (ajratib olish) va ularni alo-hida-alohida ko‘rib chiqish orqali budjetli (budjet orqali) taq-simlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larining bir qismini davlatning qo‘lida kon-sentratsiyalashtirish (to‘plash, jamlash, olish) sodir bo‘ladi. Ana shu asosda mablag‘larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag‘lar-ni to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy (budjet) munosabatlar(i) vu-judga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativ-lik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, budjetga tushuvchi mablag‘lar alohidalashgan (ajratib olingan) bo‘lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan (chegaralanmagan). Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yo‘nalti-rilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo‘ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.
Budjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foy-dalaniladi:
1) budjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat budjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag‘larni to‘lovchilar o‘rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham mil-liy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushuncha-larning ikki yoqlamalik xarakteriga ega ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim.
Davlat budjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning xarajatlaridan iborat bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsa-da, bir vaqtning o‘zida, Davlat budjetida ular davlatning daromadlari sifatida gavda-lanadi. Ana shundan, taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishti-rokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat budjetning daromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada to‘lovchilar-ning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qizi-quvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “budjetga to‘lovlar” va “Davlat budjetining daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Budjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liq-likda ko‘riladi; Davlat budjetida ular daromadlar shaklini ola-di va budjetning subyektlar (xo‘jaliklar) bilan budjet muno-sabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro bog‘-liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy da-romadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo‘linmalarida turli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Davlat budjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagona-ligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijti-moiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metod-lari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda katta farqlanishlar bo‘lishiga qaramasdan ularning barchasi dav-lat pul fondini shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rta-sida vujudga kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu narsa, o‘z navbatida, mablag‘larni to‘lovchi-lar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (budjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alo-hida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar “mo-liya” iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, “budjet” bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z nav-batida, budjet o‘ziga tegishli bo‘lgan (budjetli) kategoriyalarni vu-judga keltiradi. Ular “Davlat budjeti” deb nomlangan kategoriyaga nisbatan, ma’lum darajada, bo‘ysunuvchanlik xarakteriga ega bo‘-lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday budjet kategoriyalaridan biri “Davlat budjetining da-romadlari”dir.
“Davlat budjeti daromadlari”ning budjet kategoriyalari-ning ko‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi, ularning umu-miy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushu-nishga imkon yaratadi. Budjet daromadlari davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar juda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (budjet) mu-nosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Budjet daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ob’ek-tiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bi-lan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarur-ligi o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan davlatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqti-sod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash obyekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash na-tijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo‘lishi mumkin. Lekin Davlat budjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular doimo taqsimlash natijasi (budjetga to‘-lovlar) va yanada taqsimlash obyekti (budjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, Davlat budjetining daromadlari aniq ifodalangan byud-jet kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydala-nish taqsimlashning budjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat budjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘-shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) budjet kategoriyalarning navbatdagi ko‘rinishlari sifatida tal-qin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki o‘zlarining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy kategoriyalar obyektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qo-nunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, subyektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xusu-siyatlar obyektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – Davlat budjeti daromadlarining — namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to‘g‘ri ekanligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan Davlat budjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘ladi. Lekin budjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zga-rib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byud-jetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rolni o‘ynashi, vaqt o‘tishi bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bi-lan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, “Davlat byud-jeti daromadlari” kategoriyasining namoyon bo‘lish shakllarining o‘zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qol-ganligini anglatadi. Demak, budjetga to‘lovlar ko‘rinishining o‘z-garishi, bir to‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi bu iq-tisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyu-siyasidir.
Biroq bundan moliyaviy va budjet kategoriyalari qat’iyan obyektiv, ularning namoyon bo‘lish shakllari esa subyektivdir, de-gan xulosa chiqarmaslik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabat-larining yetukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, Davlat budjeti daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bo-zor iqtisodiyoti (yoki unga o‘tish) sharoitida eng asosiy iqtisodiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotning samara-dorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligiga erishish hisob-lansa, bu vazifalarning bajarilishiga budjetga to‘lovlarning shakllari ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shishi kerak. Ular budjet daromadlarini faqatgina miqdoriy jihatdan ta’minlab-gina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o‘r-natilishi natijasida vujudga kelgan budjetga to‘lovlarning tur-li shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organ-larining normativ hujjatlarida o‘z ifodasini topgan obyektiv omillarga baribir, ma’lum darajada, bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘psonli fondlarning shaklla-nishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo‘lishning murak-kab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki budjet jarayo-nidek ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosa-batlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyat-dagi barcha subyektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o‘z budjetiga ega bo‘lganligi uchun bu bosqichda ana shu budjetlarning (ya’ni hu-dudlarga mo‘ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu budjetning xara-jatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kel-masligi oqibatida ularni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi budjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo‘linmalari-ning barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini berishsa, boshqalari esa budjet mexanizmi orqali bu mablag‘larni oladi.
Sirtdan qaralganda, hududlararo budjetli taqsimlash byud-jetlarning yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar si-fatidek ko‘rinadi. Chunki budjetli tartibga solish yuqori byud-jetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z da-romadlari hisobidan quyi bo‘g‘inlarning budjet munosabatlarini tartibga soluvchi har bir budjet bo‘linmasi amalda (haqiqatda) bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida ko‘rsatilgan balanslashti-rish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiri-tadi. Ular esa, o‘z navbatida, budjetli tartibga solishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli subyektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlamali taqsimlash munosabatlari vujudga keladi.
Bir vaqtning o‘zida, budjet va uning barcha bo‘linmalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashti-rilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutuvchi mo‘ljallangan maqsadli fondlar shakllantiriladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo‘linmalari va hoka-zolar o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlash sodir bo‘ladi.
Budjet fondlari o‘zining soniga ko‘ra juda ko‘p sonlidir. Ular davlat budjetining barcha bo‘g‘inlarida va bo‘linmalarida yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik budjet fondlari nisbatan tor doiralarga mo‘ljallangan boshqa fondlarga bo‘linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tarmoqlar fondi, ular esa, o‘z navbatida, yana bir necha fondlarga bo‘linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudje-tining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo‘ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va katta o‘z-garuvchanligi bilan xarakterlanadigan ko‘p sonli fondlar konglo-meratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo‘la oladi. Bu fond ko‘p sonli taqsimlash kanallari orqali, bir tomondan, xara-jat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to‘ldirilib boriladi.
Uchinchi bosqichda budjet fondlari hududlar va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko‘pchilik hol-larda, bir mulkchilik shakli doirasida budjet mablag‘larini qay-tarilmaslik tarzida berish sodir bo‘ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa budjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bos-qichida budjet mablag‘larini olganlar tomonidan amalga oshiri-ladi.
Davlat budjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlamalik xarakteriga ega. Bir tomondan, bu dav-latning xarajatlari, boshqa tomondan esa – subyektlarning ixtiyo-riga tushadigan qaytarilmaydigan mablag‘lar bo‘lib, ularning da-romadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo‘l-jallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlamali xarakter davlat budjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining faqat oraliq bos-qichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda budjet fondlarining egasi – davlat va pul mablag‘larini oluvchilar – subyektlar o‘rta-sida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo‘ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o‘laroq) davlat va aholi o‘rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bo‘lmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha budjet resurslari tegishli subyektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Daromadlar singari, Davlat budjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy (budjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifa-tida budjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi budjetdan subyektlarga pul mablag‘larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha bo‘linmalariga xos (tegishli) bo‘lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish – yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo‘ladi: pul fond-larini shakllantirish ularning foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish (sarflash) uni oluvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi.
Budjet mablag‘larini ola turib subyektlar o‘zlarining pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o‘z navbatida, ma’-lum maqsadlarga mo‘ljallangan kichik fondlarga bo‘linadi. Shuning uchun ham davlat budjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bo‘lib, ularni bu yerda tom ma’nodagi xarajatlar deb bo‘lmaydi. Budjet bu xarajatlarning o‘lchamini limitlashtiradi (yana to‘liq darajada emas), xarajatlarning o‘zi esa subyektlarning o‘zi tomoni-dan amalga oshiriladiki, bu yerga budjetdan moliyalashtirish tar-tibida pul mablag‘lari yo‘naltiriladi va shu yerning o‘zida taq-simlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas bal-ki amalda (haqiqatda) budjet assignovaniyalari tushuniladigan Davlat budjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emasdir. Masalan, maorifga qi-linadigan budjet xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mum-kin emas. Xuddi shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuch-lar moliyasi, deb bo‘lmaydi.
Budjet kategoriyasi sifatida Davlat budjetining xarajat-lari o‘zining turli ko‘rinishdagi shakllariga ega. Ularning shakl-lari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
– smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o‘z daromadlariga ega bo‘lmasdan davlat budjetining mablag‘lari hi-sobidan to‘liq saqlanadi);
– davlatning korxona va tashkilotlariga mablag‘ berish (bunda moliyalashtirish obyektlari sifatida faqat kapital quyulmalar, aylanma mablag‘lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
– dotatsiyalar (bunda budjet rejali zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar.
Budjet xarajatlari budjet daromadlarining ayrim shakl-lariga o‘xshash baholarni shakllantirish bilan bog‘liq ham bo‘lishi mumkin. Bunda budjet xarajatlari tovarlarning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada o‘rnatilib sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
“Davlat budjetining xarajatlari” va “budjetdan moliya-lashtirish” tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng bo‘lgan tushunchalar emas. Agar Davlat budjetining xarajat-lari budjet kategoriyasini ifoda etsa, budjetdan moliyalashti-rish esa bu kategoriyaning subyektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan amalda mablag‘larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakllantirish jarayoni budjetdan tegishli subyektlarga mablag‘lar berilganidan so‘ng ham davom etadi. Lekin u endilikda budjetdan tashqarida davom etib, subyektlar (iqti-sodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va bosh-qalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq mablag‘larni budjetdan subyektlarga berish yuqorida sanalgan usullarining istalgan birini mustaqil budjet kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning har biri budjet kategoriyasi hisoblangan Davlat budjeti xarajatlarining namoyon bo‘lish shaklidir.
Shunday qilib, Davlat budjetining iqtisodiy mazmuni de-ganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag‘larni byud-jetlar ichida taqsimlash va subyektlarni budjetdan moliyalash-tirish natijasida vujudga keladigan, o‘zaro bog‘langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda (xususda) vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyumlash-gan qatlami bu yerda yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Budjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qo-nunlarning ta’siri ostida bo‘lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat budjeti ko‘p sonli va bo‘lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mah-sulot harakatining asosiy yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi. Aynan budjet iste’mol fondi va jamg‘arish fondining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishida, sof daromadning dav-lat va subyektlar o‘rtasida bo‘linishida hal qiluvchi ta’sir ko‘rsa-tadi.
Davlat budjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiya-tini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamla-katning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy rasmiylash-tirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ular-dan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat budjeti deyiladi.
Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bo‘linmalari bi-lan o‘zaro aloqalari muhim rol o‘ynaydi. Shu bois ta’kidlash joiz-ki, davlat budjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va boshqalar) va moliya tizimining bo‘lin-malari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro bog‘liqlik, Davlat budjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimida uning roli va o‘rnidan kelib chiqadi. Budjet davlat tomonidan markaziy taqsimlash mexanizmi sifatida foydalaniladi, u ij-timoiy-iqtisodiy hayotdagi proporsiya (nisbat)larni tartibga so-lishga yordam beradi.
Davlat budjetining baho bilan o‘zaro bog‘liqligi ikki yoqla-malik xarakteriga ega. Bir tomondan, budjet baho mexanizmidan moliyaviy resurslarni mobilizatsiya (jalb) qilish uchun foydala-nadi. Masalan, Davlat budjeti daromadlarining bir qismi qo‘-shilgan qiymat solig‘i shaklida bo‘lib, bu soliq bahoning element-lari, aniqrog‘i sof daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Baho bu holda Davlat budjeti tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida mexanizm rolini o‘ynamoqda.
Boshqa bir tomondan esa, Davlat budjeti mol yetkazib be-ruvchilar tomonidan yo‘qotmalarni kompensatsiya qilish yo‘li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi. Masalan, mam-lakat agrar sektori uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari va mine-ral o‘g‘itlar yetkazib berish bu yerdagi faoliyat ko‘rsatuvchi subyekt-larga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshiri-lib, baholar o‘rtasidagi farq Davlat budjeti hisobidan kompen-satsiya qilinadi (qoplanadi). Bunday hollarda davlat budjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda agrar sektorni bilvosita qo‘shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijti-moiy ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byud-jetdan qoplanishi ham xuddi shu mexanizmga asoslangan.
Davlat budjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ham uncha oson emas. Eng avvalo, amaliyotda byud-jet va kredit resurslarining o‘zaro almashuvchanligi tarkib top-ganligini e’tirof etish kerak. Mablag‘larning kredit va budjet manbalari bir-birini to‘ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday o‘zaro ta’sirchanlik (bog‘liqlik) obyektiv ravishda o‘zining chegara-siga ega bo‘lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalash-tirish obyektlari mavjudki, unda faqat Davlat budjeti va ak-sincha, faoliyatning tijoriy turlarida, asosan, kredit hal qiluv-chi rolni o‘ynashi kerak.
Davlat budjeti va kreditning o‘zaro ta’sirchanligi bank-larning kredit resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat budjeti, eng avvalo, zaruriy hol-larda banklar qat’iy passivlarini shakllantirishning muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, o‘z navbatida, uzoq mud-datli kreditlashtirish ( ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to‘ldirish uchun maxsus budjet assignova-niyalari va boshqalar) uchun juda zarurdir. Bundan tashqari, byud-jet hisob-varaqlarida va budjet tashkilotlarining hisob-varaq-larida bo‘lgan davlat budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari qis-qa muddatli kreditlashtirish uchun banklarning kredit resurs-larini to‘ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni shakllantirib, bu narsa ular daromadining bir qismini budjetga olishda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi haqi ham Davlat byud-jeti bilan uzviy bog‘langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda Davlat budjetining mablag‘lari hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Davlat budjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o‘rinni egallab, uning barcha bo‘linmalari bilan bog‘langan. Bunday bog‘lanish ikki yo‘nalish – budjetga to‘lovlar va budjetdan mo-liyalashtirish – orqali amalga oshiriladi.
2.Davlat budjetining funksiyalari.
Davlat budjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo‘linmalari sin-gari, ikki xil funksiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mo-hiyati namoyon bo‘ladi. Bu narsa davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol ko‘rinadi. Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsim-lash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag‘lari (budjetga to‘lovlar) mil-liy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo‘linadi va ko‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Aholining budjetga to‘lovlari ham qayta taqsimlash xarak-teriga ega. Ularning budjetga turli soliqlar shaklida (ko‘rini-shida) kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomo-nidan turli ko‘rinishdagi soliqlarning budjetga to‘lanishi ham bu mablag‘larning ko‘p sonli taqsimlash bosqichlaridan o‘tishini taqozo etadi. Chunki juda ko‘p hollarda bu mablag‘lar ancha oldinroq budjet yordamida taqsimlanish bosqichidan o‘tib, ijtimoiy sohaga ular budjet assignovaniyalari shaklida yetib borgan bo‘ladi.
Demak, ko‘rinib turibdiki, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning budjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimla-nishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat budjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko‘lamining kengligi (ma-sshtabligi), pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maq-sadli fondlarning xilma-xilligi davlat budjeti taqsimlash funk-siyasining ikkinchi xususiyati hisoblanadi. Yalpi ichki (milliy) mah-sulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, budjet turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli fondlarni shakllanti-radi. Davlat budjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo‘linmalari bevosita yoki bilvosita bog‘langandir.
Davlat budjeti taqsimlash funksiyasining uchinchi xarak-terli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obyekti bo‘lib jamiyatning sof daromadi (qo‘shilgan qiymat soli-g‘i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Budjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslar-ning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, budjet mexanizmi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida ham mablag‘lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Budjet kanallari bo‘yicha qiymatning jamg‘arish va iste’mol fondlari tomon harakati sodir bo‘ladi. Iqtisodiyotga xarajat-larning ma’lum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning asosiy qismi budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy rezervlari o‘sgan qismining barchasi ham to‘liq ravishda budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat budjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning aso-siy manbai bo‘lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi.
Budjet orqali taqsimlash jarayoni ko‘p bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, budjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsim-lanishi) sodir bo‘ladi. Uning uchinchi bosqichi (budjetdan moliya-lashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning bo‘lin-malarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (mil-liy) mahsulotning ayrim elementlari budjet orqali ko‘p marta-lab ham o‘tishi (taqsimlanishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug‘urta fondiga to‘lovlari budjet-li taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi budjetdan moliyalashtirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan o‘tib, ular yana byud-jetga ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi.
Shunday qilib, Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko‘p martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bo‘ladi, jamiyat tomo-nidan iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, sa-n’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalaniladi. Faqat Davlat budjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari taqdim etilgan.
Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida ah-volning qandayligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’min-lab turadi.
Mablag‘larning budjetga kelib tushishi, budjet assignova-niyalarining yo‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchilik-larni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’at-laridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan taqsim-lash jarayonlarining to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarish-ning samaradorligi va hokazolar to‘g‘risida go‘yo signal berib tura-di. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning mo-liyaviy ahvoli, albatta, Davlat budjeti bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda – soliqlarda, to‘lovlarda, budjetdan moliyalash-tirish hajmlarida, budjet assignovaniyalarini o‘zlashtirishda va hokazolarda – o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, budjet orqali re-jadan farqlanish (og‘ish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va dav-riy qisman disproporsiyalar, fondlarning hajmi, mablag‘lar-ni o‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘rinib turadi. Bularning barchasi Davlat budjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (bi-rinchi xususiyat). Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni opera-tiv boshqarishda davlat budjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat budjetining yuqori darajada markazlash-tirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishi-ni, ma’lum ketma-ketlikda bo‘ysunishning tizimliligini anglata-di. Bu esa, o‘z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Qattiq majburiylik, imperativlik Davlat budjetining na-zorat funksiyasiga tegishli bo‘lgan uchinchi xususiyatdir. Budjet davlatniki bo‘lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iq-tisodiyotni boshqarishning instrumentlaridan biri bo‘lib hisob-lanadi. Nazorat funksiyasining budjetga obyektiv ravishda xos-ligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat hu-quqiy asosiga ega ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham byud-jet nazorati eng ta’sirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshirish natijasida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga operativ ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qo‘llashi mumkin.
Budjetga obyektiv ravishda xos bo‘lgan nazorat funksiyasi davlat tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qo‘llani-ladi. Budjetni rejalashtirish jarayonlarida va budjetni ijro etishda subyektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
1) Davlat budjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag‘larini mobilizatsiya (jalb) qilish;
2) mablag‘larni sarf etishda ularning qonuniyligini ta’min-lash;
3) moliyaviy (budjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.
Davlat budjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, budjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o‘zini namoyon etadi.
Budjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari o‘z harakat-lari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fond-ning o‘lchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fond-larning nisbatlari, ular o‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miq-doriy parametrlarini to‘g‘ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byud-jetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki ka-maytirish yo‘li bilan uni ko‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana shunday taqsimlash-ning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rishga (aniqlashga) imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni budjetning subyektlar fao-liyatiga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatib, chuqur aloqalarni o‘zida ifodalaydi. Budjetdan moliyalashtirishdan to‘g‘ri foyda-langan holda fondlarning shakllantirilishi budjet mablag‘lari-ning iqtisod qilib, samarali foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subyektning barcha bo‘linmalarida samarador-likni oshirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga budjetning taq-simlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo‘ysundirilganda emas, balki u sifat ko‘rsatkichlariga ham bog‘langandagina erishi-lishi mumkin. Bunda budjetning nazorat funksiyasi ham o‘zining nimaga mo‘ljallanganligini biroz o‘zgartiradi – u faqat fond-larning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi to‘g‘risida emas, balki ana shu nomuvofiqliklar sifat ko‘rsatkichlariga ham ta’sir ko‘r-satganligi to‘g‘risida signal beradi.
Davlat budjetining ikki funksiyasidan foydalanish nati-jasida budjet mexanizmi vujudga keladi. Budjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qo‘li-da akkumulyatsiya qilish va ularni budjet kanallari bo‘yicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda ko‘p: soliqlar va budjetga to‘lovlar, budjetdan moliyalashtirishning turli shakl-lari, mablag‘larni budjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shu-lar jumlasidandir. Budjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bo‘lgan detallarning o‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog‘liqligi bilan belgilanadi.
3. Davlat budjetining ahamiyati.
Davlat budjeti mamlakat-ning moliya tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Markazlash-tirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‘lida to‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat budjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustu-vor yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish-da asosiy instrument bo‘lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo‘nalishlarga Davlat budjeti yordamida moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish bir necha usullar yordamida amal-ga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyot yetakchi tar-moqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida budjet assignovaniyalarining hajmi oshiriladi. Bosh-qa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni Davlat budjetiga olishda qulay rejim (sharoit) yaratiladi.
Davlat budjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivoj-lanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tar-moq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi sha-roitda budjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqarorli-gini ta’minlashda budjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’ek-tiv va subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlar-ning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda Davlat budjeti tartibga soluvchi man-ba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida Davlat budjetining mablag‘lari subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.
Subyektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’-minlashda Davlat budjetining tartibga soluvchi roli quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud bo‘lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kredit-larini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;
– qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobi-dan qoplash va boshqalar.
Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texni-kaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashti-rilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashti-rish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari-ni saqlash, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliya-lashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ka-bi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir.
1.Budjet tizimi: ta’rifi, prinsiplari, uni boshqarish sohasidagi vakolatlar

Turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluv-chilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuiga budjet tizimi deyiladi. Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda esa, mamlakatdagi mavjud budjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi.
Budjet tizimi mamlakat budjet tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, budjet tizimi budjetning o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq.
U yoki bu mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamla-katlarda budjet tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy budjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamla-katlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy budjet, federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar) iborat bo‘lishi mumkin.
Har bir mamlakatning budjet tizimi ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Hozirgi paytda bunday prinsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
• budjet tizimining yagonaligi;
• budjet tizimining darajalari o‘rtasidagi daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi;
• budjetlarning mustaqilligi;
• davlat nobudjet fondlari budjetlari, budjetlar daromadlari va xarajatlarining to‘liq aks etishi;

• budjetlarning balansliligi;
• budjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorliligi va tejamliligi;
• budjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasi-galiligi);
• oshkoralik;
• budjetning haqqoniyligi;
• budjet mablag‘larining adresliligi va maqsadli xarak-terdaligi.
Budjet tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, budjet hujjatlari shakllari, budjet jarayoni prin-siplari, budjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat budjet tizimi barcha darajalari budjet-lari xarajatlarini moliyalashtirish va budjet mablag‘lari bux-galteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgi-lanadi.
Budjeti tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi prinsipi tegishli daromad-lar turlarini (to‘liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshi-rish bo‘yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mam-lakat subyektlarining hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga biriktirilganligini ko‘zda tutadi.
Budjetlarning mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining mamlakat budjet tizimining tegishli darajalarida budjet jarayonini mustaqil amalga oshirish bora-sida huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qo-nunchilikka muvofiq ravishda mamlakat budjet tizimining har bir darajasida budjetlar daromadlarining o‘z manbalariga ega ekanligini, budjetlarning tartibga keltiruvchi (soluvchi) daro-madlarini, qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli budjet-larning daromadlarini shakllantirish bo‘yicha vakolatlarni, dav-lat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organla-rining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli budjetlar xara-jatlarining sarflanish yo‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, budjet to‘g‘risidagi qo-nunlarni ijro etish jarayonida olingan qo‘shimcha daromadlar, budjet daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va budjet xarajatlari bo‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, budjet to‘g‘risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo‘qotmalar va qo‘shimcha xarajatlarni budjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompensatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslikni (qonunchilikning o‘zgarishiga bog‘liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi.
Davlat nobudjet fondlari budjetlari, budjetlar daromadlari va xarajatlarining to‘liq aks etishi prinsipi budjetlar, davlat nobudjet fondlari budjetlarining barcha daromad va xarajatlari hamda soliq va budjet qonunchiligi hamda davlat nobudjet fondlari to‘g‘risida qonunlarga muvofiq belgilangan barcha boshqa majburiy tushumlar budjetlarda, davlat nobudjet fondlarining budjetlarida majburiy tartibda va to‘liq hajmda o‘z aksini topish kerakligini anglatadi. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat budjet tizimida o‘z aksini topgan budjetlarning mablag‘lari va davlat nobudjet fondlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lov-larni to‘lash bo‘yicha kechiktirishlar va muddatlarning o‘zgar-tirilishi budjetlar va davlat nobudjet fondlarining budjet-lari daromadlari va xarajatlari bo‘yicha to‘liq ravishda alohida hisobga olinadi (joriy moliyaviy yil doirasida beriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha kechik-tirishlar va to‘lov muddatlarining o‘zgarilishidan tashqari).
Budjetlarning balansliligi prinsipi budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi budjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushum-larning jami hajmiga teng bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Budjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida va-kolatli organlar budjet defitsiti miqdorini minimallash-tirishning zarur ekanligidan kelib chiqishlari kerak.
Budjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorliligi va tejamliligi prinsipining ma’no-mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va budjet mablag‘-larini oluvchilar budjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, ko‘zda tutilgan (rejalashtirilgan) maq-sadlarga erishishda mablag‘larning eng kamroq hajmidan yoki ma’-lum bir hajmdagi budjet mablag‘laridan foydalangan holda, eng yuqori natijaga erishishning zarurligidan kelib chiqmog‘i kerak.

Budjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi) prinsipi budjet barcha xarajatlarining shu budjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defitsitini moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tushumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi. Budjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirishning manbalaridan tushumlar byud-jetning ma’lum xarajatlari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin emas (maqsadli budjet fondlarining daromadlari, maqsadli xorijiy kredit mablag‘lari, mamlakat budjet tizimida boshqa darajadagi budjetlar mablag‘larining markazlashtirilish ho-latlari bundan mustasno).
Budjet tizimidagi oshkoralik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan budjet va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, budjet ijrosi jarayonida ma’lumot-larning to‘liq va to‘g‘ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchi-lik organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining qa-rorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratil-ganligini, budjet loyihasi bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonun-chilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovsi masalalar bo‘yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta ochiq bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika budjeti tarkibida amalga oshiriladi.
Budjetning haqqoniyligi prinsipi tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat (prognoz) ko‘rsatkich-larining ishonchli hamda budjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bo‘lishi kerakligini taqozo etadi.
Budjet mablag‘larining adresliligi va maqsadli xarak-terdaligi prinsipi budjet mablag‘larini konkret oluvchilar ixtiyoriga budjet mablag‘larining aniq maqsadlarni moliyalashtirilishi yo‘nalishi oldindan belgilangan holda bo‘lib berilishini nazarda tutadi. Budjetda ko‘zda tutilgan mablag‘lar adresliligini yoki budjetda ko‘zda tutilmagan maqsadlar uchun uning yo‘nalishini o‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat budjet qonunchiligini buzish hisoblanadi.
Mamlakat budjet tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet tizimini boshqarish soha-sidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
• Davlat budjeti loyihasining ishlab chiqilishini tashkil etish va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish;
• Davlat budjetining ijrosini tashkil etish;
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• Davlat maqsadli fondlari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;
• Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritish;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hoki-miyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari ham budjet tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir:
• tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudje-tini va mahalliy budjetlarni qabul qilish, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
• qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy budjetga tushadi-gan mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar miqdorlarini ham-da ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilash;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegish-li hokimiyatlar esa:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy byud-jetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respub-likasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish;
• budjetga tushumlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
O‘z navbatida, mamlakat budjet tizimini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir:
• Davlat budjeti loyihasini tayyorlash;
• Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilash hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Respublika budjetining xarajatlarini amalga oshirish;
• Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ruyxatdan o‘tkazish;
• Budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘-laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
• Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
2. Budjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi

Davlat budjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional chek-langanligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi va ta’-sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) budjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning budjet tuzil-masi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bi-lan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti:
• Respublika budjetini;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda shu respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatlar budjeti esa viloyat budjetidan, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlaridan tarkib topadi.
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlari-ning manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa belgilariga ko‘ra xilma-xil hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy belgilarga ham egadir. Butun mamlakat masshtabida byud-jet daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikatsiya qili-nadi.
Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromad-lari va xarajatlari, shuningdek uning taqchilligi moliyalash-tirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byud-jet klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. U Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byud-jet ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydala-niladi va budjet klassifikatsiyasi budjet ma’lumotlari xal-qaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byud-jet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga budjet klassifi-katsiyasi deyiladi.
Odatda, budjet klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo‘yicha ularning manbalari, xarajatlar bo‘yicha esa mablag‘larning maqsadli sarflanish yo‘nalishlari yotadi.
Budjet klassifikatsiyasi o‘zining keng mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Uning bo‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda budjet rejalashtirilishi amalga oshiriladi, budjet tashkilotlarining individual va umumiy smetalari hamda yig‘ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat budjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.
Budjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivoj-lanish rejalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ular yuqori tashkilotlarining moliyaviy rejalari bilan bog‘liqligini ta’-minlashda, bir tipdagi budjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning budjetlarini taqqos-lashda, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda budjet klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Budjet ijrosi jarayonida ham budjet klassifikatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan budjet va budjet tashkilot-larining xarajatlar smetasida ko‘zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli moliyalashtirilishini ta’minlashda, u zaruriy shart hisoblanadi. Budjet klassifikatsiyasi moliya organlarida, byud-jet tashkilotlarida va boshqa muassasalarda budjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudje-tining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir.
Budjet klassifikatsiyasida belgilangan (o‘rnatilgan) daro-madlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi budjetni tu-zish va ijro etish hamda budjet resurslaridan foydalanishda moliya-budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Budjet klassifikatsiyasi tashkiliy ahamiyatga ham ega-dirki, bu narsa uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda budjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali ifoda-lanadiki, budjet tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik yurituv-chi subyektlar va ularning yuqori organlari budjet daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan budjet-dagi budjet klassifikatsiyasining bo‘linmalariga muvofiq ra-vishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, budjet klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati budjetni re-jalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga teng tegishlidir.
Tasdiqlangan Davlat budjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jlik yurituvchi subyektlar aniq va to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun budjet klas-sifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Budjet klassifikatsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• Davlat budjeti daromadlarining klassifikatsiyasini;
• Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tash-kiliy va iqtisodiy klassifikatsiyasi;
• Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbala-rining klassifikatsiyasi.
Davlat budjeti daromadlarining klassifikatsiyasi ularning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iboratdir. Bunda tar-moq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bu yerda daromadlar budjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda bo‘linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bo‘linadi. Bo‘linmalar – daromadlarning alohida turlarini, bob-lar — daromadlarni to‘lovchilarni, paragraflar – daromadlarni to‘lovchilarning toifalarini, moddalar esa – jisoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning alohida turlarini ko‘r-satishi mumkin.
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassi-fikatsiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikatsiyasi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifi-katsiyasi esa to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xa-rajatlar budjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda guruh-larga, bo‘linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bo‘li-nishi mumkin. Guruhlar – budjet mablag‘larining asosiy yo‘na-lishlarini, bo‘linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – vazirlik va idoralar bo‘yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bo‘yicha sarflarni, moddalar esa – xarajatlarning alohida turlarini ko‘rsatadi.
Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Budjet klassifikatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti