Davlat bojxona qo‘mitasi «Kitob – mening do‘stimsan» aksiyasini uyushtirdi
O`sha kunlar mening ko`z oldimda,
Bizlar o`sdik bir mahallada,
Birga ko`rdik yaxshi-yomonni, esla.
Sho`xliklarimiz ham yodimda,
Nimalar qilmadik yoshlikda,
Birga o`rgandik biz hayotni shunda.
Mening do’stim
Bahorda sovuq shamollar,
Yozda esa oppoq qorlar,
Yog`adi, deb o`ylamagandim sira.
Tundan ham qorong`u kunlar,
Qayg`udan achchiq tuyg`ular,
Bo`ladi, deb ishonmagandim sira.
Yig`layman-u, oqmas yoshlarim,
Kulaman-u, yo`q quvonchlarim,
Armonlarim yonar mening qalbimda.
Hech narsa yo`qdek atrofimda,
Go`yo bir o`zimman dunyoda,
Aytolmayman dardim endi hech kimga.
Mening do`stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O`zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo`lisharding,
Mening do`stim.
Mening do`stim, ortimdan
Gapirsalar yo`l qo`ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo`qliging,
Mening do`stim.
O`sha kunlar mening ko`z oldimda,
Bizlar o`sdik bir mahallada,
Birga ko`rdik yaxshi-yomonni, esla.
Sho`xliklarimiz ham yodimda,
Nimalar qilmadik yoshlikda,
Birga o`rgandik biz hayotni shunda.
Bor edi orzu-umidlar ham,
Eng olijanob maqsadlar ham,
Ikkimizni bog`lagan bu do`stlik-da.
Bor edi kulgu va quvonchlar,
Bor edi qayg`u va azoblar,
Ikkimizni tanlagan yo`limizda.
Mening do`stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O`zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo`lisharding,
Mening do`stim.
Mening do`stim, ortimdan
Gapirsalar yo`l qo`ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo`qliging,
Mening do`stim. (x1+x1)
Davlat bojxona qo‘mitasi «Kitob – mening do‘stimsan» aksiyasini uyushtirdi
Joriy yilning 19 martida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalari qatorida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor shu kunlarda yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda.
Ayni shu an’anadan chetda qolmagan holda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ham yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.
2019 yil 29 mart kuni Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bir guruh faol yosh xodimlar, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari ishtirokida poytaxtimizdagi 21-Mehribonlik uyida “Kitob – mening do‘stimsan” aksiyasi uyushtirildi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Aksiya doirasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o‘zbek va rus tillaridagi turli qomusiy, ertak, badiiy va she’riy adabiyotlar tuhfa qilindi.
Tadbir avvalida yosh bojxonachilar tarbiyalanuvchilar bilan muloqotga kirishishar ekan, kitobga oshno bo‘lishning qadri, qiymati haqida so‘z yuritishdi.
Darhaqiqat, kitob insonning ichki dunyosiga nur olib kiradi. Kitobga mehr qo‘ygan, u bilan do‘st tutingan insonning ko‘ngliga xotirjamlik, ma’naviy olamiga esa go‘zallik oshufta bo‘ladi. Zero, o‘qishdan to‘xtagan odam fikrlashdan ham to‘xtaydi.
Tadbir doirasida turli yozuvchilarning hayoti va ijodi, badiiy asarlar qahramonlari haqida bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda zukko tarbiyalanuvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Kitobxonlik kechasiga aylanib ketgan tadbirda ijodkor bojxona xodimlari va she’r mashq qilayotgan o‘quvchilar o‘z she’rlaridan mutolaa qilishdi.
Hali siyohi qurimagan, buyoq hidi ufurib turgan yangi kitoblarni ajib bir ishtiyoq bilan varaqlashga tushgan bolalarning yuzu ko‘zidagi quvonch aslida ezgulikdan nishona. Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “Ezgulik kirib borgan yuraklarga hech qachon yovuzlik yaqin yo‘lamaydi”.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilgan bu kabi tadbirlar davlat bojxona xizmati organlarida davom etmoqda.
“Kitob mening do‘stim”
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Yoshlar birlashmasi tomonidan 2019 yil uchun qabul qilingan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq “Kasaba uyushmalari – bolalarga!” shiori ostida birlashma kengashiga tasarrufidagi “Ziyo chashmalari” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitob mening do‘stim” nomli viktorina tashkil etildi.
Tadbirda oromgohda dam olayotgan bolalarning 100 dan ortiq ishtirok etdi. Oromgoh kutubxonasida faol bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan viktorinada eng ko‘p kitob o‘qigan bolalarning 34 nafari birlashma kengashi tomonidan olib borilgan har xil turdagi bolalar kitoblari bilan taqdirlandilar.
Ishonch telefoni
0 (375) 225 21 75
Hisobot-saylov o’takazish uchun nizom va tavsiyalar (Hisobot shakllari Nizom Tavsiyalar)
| Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
| 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
| 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
| 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
| 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Qiziqarli malumotlar
Davlat bojxona qo‘mitasi «Kitob – mening do‘stimsan» aksiyasini uyushtirdi