DAVLAT BOJI haqida malumot bilib oling.
DAVLAT BOJI — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xoʻjalik sudlari, notarial ido-ralar, sugʻurta agentliklari va b.) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yoʻlida xizmat koʻrsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va b.) berganlik uchun undiradigan pul yigʻimlari. Oʻzbekistonda Davlat boji stavkalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Respublikada Davlat bojini toʻlash, undirish va nazorat qilish va b. 1992-y. 9 dek. da qabul qilingan OʻzRning «Davlat boji toʻgʻrisida»gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ensiklopediya.uz
DAVLAT BOJI