DAVAN haqida malumot bilib oling.
DAVAN (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlat. Mil. av. 2—1-a. lardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. Oʻzgan sh. deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-a. gacha uchraydi. Soʻngra Davan oʻrniga «Boxan» va «Polona» (mil. 5-a.) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. Davanga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Mil. av. 2-a. oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Davan aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, Davan liklar koʻzlari kirtaygan, qalin soqolli xalq boʻlib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari b-n nom chiqarishgan. Davanda xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan «osmon tulporlari» — argʻumoqlar Sharkda mashhur boʻlgan. Mil. av. 104— 101-y. larda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qoʻshin b-n ikkinchi marta hujum qilib, 101-y. da Ershi sh. ni qamal etishgan (q. Ershi mudofaasi).
Ensiklopediya.uz
DAVAN