Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish
Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish github.com (https://github.com/imDema/FreeMove) saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi. Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi. Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник’da berkitish imkonini beradi. Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni (https://t.me/pcTeapot/2222) yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting. Qo‘llanilishi: Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling. ⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi. Tavsiyalar: Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows’ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi: C:Users | C:Documents and Settings | C:ProgramData | C:Program Files | C:Program Files (x86) kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme’ning so‘nggi qismiga murojaat eting. Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:Program FilesHugeProgramIDontWantOnMySSD’ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin. Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish: Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin. 📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish (https://t.me/itspecuz_files/520). 📝 Manba: @pcTeapotDasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish
DO`STLARGA ULASHING:
Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish