Dasturlashni o’rganish – Qo’llanma 2022
Dasturlashni qayerdan boshlashni bilmay boshingiz qotdimi? Ushbu maqolani o’qishni boshlab juda to’g’ri tanlov qilibsiz. Chunki oldingizda uzundan uzoq yo’lni bosib o’tishingiz kerak. Uzoq masofadagi maqsadga erishish uchun “qo’llanma” yoki “reja” tuzib olmasangiz, ko’zlangan maqsadga erishish qiyin bo’ladi. Sizga komputer, telefonlar, web sahifalar qanday ishlashi juda qiziq. Ular qanday texnologiyalar asosida ishlanishini har doim qiziqarli bo’lib kelgan. Demak, sizda oz bo’lsa ham dasturlashni o’rganishga moyillik bor. Bu qadam juda muhim ro’l o’ynaydi. Agar kelajakda o’zingizni dasturlash sohasida ko’zingiz yetmasa, demak bu yo’nalish siz uchun emas. O’zingiz rostdan ham yoqtirgan soha haqida o’ylab ko’rishni tavsiya qilaman. Tabriklayman! Siz juda muhim bosqichdan o’tdingiz, endi bizning dasturlash sohasidagi mashaqqatli sayohatimiz haqida so’zlashsak ham bo’ladi. Ushbu sayohatimiz 3-4 oy davom etadi deb o’ylayotgan bo’lsangiz adashasiz. O’z sohamizdagi usta bo’lishimiz uchun yaxshigina siz bilan mehnat qilamiz, qiyinchiliklardan o’tamiz, ter to’kamiz… Dasturlashni o’rganishdan oldin ingliz tilini o’rganib olish zarar qilmaydi. Chunki, sayohatimiz davomida turli xil muammolarga duch kelamiz. Shunda, ‘Google’ amakimizdan osongina ‘How to …’ orqali savollarga javob olish mumkin. Bundan tashqari dasturlash tili yoki turli texnologiyalarni o’rganishda ularning rasmiy saytidan ma’lumotlar o’qishga to’g’ri keladi. Shuning uchun dasturlashdan oldin, ingliz tilini oz bo’lsa ham o’rganishingizni maslahat beraman. Demak, dasturlashni endi qayerdan o’rganishni boshlash kerakligi haqida so’zlashaylik. Boshlanishiga oddiy statik ko’rinishdagi websayt tuzishni maslahat beraman. Men ham dasturlashga qiziqishim oddiy mobil websaytlar tuzish bilan boshlaganman. Chunki, bu juda oson, oddiygina “Notepad” dasturi orqali o’zingizning “Salom Dunyo” dasturini yaratasiz. Bu bosqichda siz HTML va CSS dasturlash tillarini o’rganib olasiz. Ushbu bosqich uzoq muddatga cho’zilmaydi. Yuqorida aytilgan dasturlash tilidan foydalanib o’zingizni shaxsiy web sahifangiz tuzing. Bu juda qiziqarli. O’rganish uchun esa hozir juda ko’p darsliklar yoki o’quv markazlari bor. HTML, CSS texnologiyalar o’rganishni Youtube dagi inglizcha yoki o’zbekcha darsliklardan ham o’rganib olashinigz mumkin(maqola ohirida o’rganish uchun resurslar mavjud). Dasturlash sohasida turli xil kasb egalari mavjud. Masalan, web developer, Mobile developer, Frontend, Backend, … . Ushbu bosqichda siz o’zingizga yoqqan yo’nalishni tanlab, kerakli dasturlash tillarini o’rganish kerak bo’ladi. O’tgan bosqichda o’zingiz mustaqil ravishda turli dasturlar tuza oldingizmi? Juda yaxshi. Endi biz ‘Computer Science’ haqida gaplashsak ham bo’ladi. Bu sohada fanlar juda ko’p: OOP, Data Structure(Graph, Tree, Finding shortest path), Algorithms, Database, … . Keling boshlanishiga oddiy algoritmlar tuzishni o’rganaylik. Masalan, berilgan sonning juft yoki toqligi hisoblab beradigan dastur. Bu algoritmni tuzish uchun C++, C, Java, Python, Go, … kabi yuqori bosqichlik dasturlash tillaridan biridan foydalanamiz. Algorithm yoki Data Structure masalarini yechish nimaga kerak deb o’ylayotgan bo’lishingiz mumkin. Asosan, katta nufuzli IT kompaniyalarning suhbat jarayonida ushbu turdagi masalarni yechib berishingizni so’raydi. Ushbu masalalarni turli xil saytlarda yechishni mashq qilsangiz bo’ladi. Dasturlash sohasi juda keng. Qancha suhbatlashsak shuncha kam. Ushbu maqolada o’zingiz uchun foydali ma’lumot oldingiz deb umid qilaman. Ba’zan o’zingizda motivatsiya yoqolib qolsa, o’rganishda davom eting, doimo o’zingiz ustingizda ishlang. Omad! O’rganish uchun o’zbekcha video darsliklar: Manba: Programmer UZDasturlashni o’rganish – Qo’llanma 2022
DO`STLARGA ULASHING:
0-Qadam. Ishtiyoq
1-Qadam.
2-Qadam. Front End
3-Qadam. Yo’nalish tanlash
4-Qadam. Algoritmlar, Data Structure
Xulosa
Dasturlashni o’rganish – Qo’llanma 2022