Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior
Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior Dasturlash sohasida ham mutaxassislarni ma’lum darajada aniqlash maqsadida 3 ta toifa joriy etilgan. Bu me’zon dasturchilarning sohasi mobaynida to’plagan tajribasiga qarab belgilanadi! Bugun e’tiboringizga dasturchilarning darajalari haqida qisqacha tushuncha berib o’tmoqchimiz. Demak boshladik: 🔹 Junior dasturchi: Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi. 🔹 Middle dasturchi: Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi. 🔹 Senior dasturchi: Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi. 🧑🏻🏫 Dunyoda hech bir ilmning oxiri yo’q. Albatta, dasturlashda ham hatto senior darajasidan keyin ham o’rganiladigan narsalar juda ko’p. Shunday ekan izlanishdan aslo to’xtamang! 😉 Berilgan ma’lumot sizlarga foydali bo’ldi degan umiddamiz. Bizni kuzatishda davom eting!Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior
DO`STLARGA ULASHING:
Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior