Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)

Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)

Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)

Bu savolni ko’pchilik endi dasturlashni o’rganmoqchi bo’lgan yoshlar berishadi. Bunga asosiy sabab esa albatta eng «yog’li» dastulash tilini o’rganish va uning yordamida ko’p pul ishlashdir. Lekin bu masalada shoshib qaror qabul qilish yaramaydi. Chunki, inson avvalo o’z qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib o’zi uchun dasturlash tilini tanlasa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Dasturlash huddi biron bir asar yozishga o’xshaydi. Asar kitob qilib yozilishidan avval oddiy oq qog’ozdir. U hech qanday ma’noga ega emas, hech qanday qadr-qimmati ham yo’q. Uning narxi deyarli bepul. Lekin, yozuvchi aql-idrokini ishga solib, o’z tasavvuri va sirli qalami yordamida o’sha oddiy oq qog’ozga ma’no beradi, jon bag’ishlaydi, uning qadr-qimmatini oshiradi(ba’zida bebaho ham qiladi). Endi u bir parcha oddiy qog’oz emas, u endi qandaydir sarguzasht yoki fantastik yoki ishqiy asardir. Odamlar uni o’qib, undan ma’naviy ozuqa olishlari mumkin. Dunyo qarashlarini boyitishlari yoki qandaydir zaruriy bilimga, ilmga ega bo’lishlari mumkin. Kompyuterlar, telefonlar, planshetlar, har xil texnikalar ham huddi o’sha oddiy qog’ozga o’xshaydilar. Kerakli dasturiy ta’minotsiz u bir parcha temir-tersakdir. U hech qanday xususiyatga ega emas. Insonlar uchun hech qanday naf keltirmaydi. Lekin dasturchi o’z bilimlarini, aql-idrokini ishga solib huddi o’sha temir-tersakka jon bag’ishlaydi. Ularni insonlarga xizmat qilishi uchun kerakli amallarni qiladi. Shunday ekan to’g’ri tanlov qilish tanlov qilayotgan odamga kelajakda «buyuk, nasriy, ommabop asarlar» yozishi uchun mustahkam poydevor bo’ladi. Quyida har xil dasturlash tillarida «asarlar» yozadigan dasturchilarnining o’rtacha oyliklari keltirilgan. Odatda dasturchilarning oyliklari biron bir davlatda aniq belgilab qo’yilmagan. Biron bir davlatda har bir kompaniya o’zining iqtisodiy holatiga, loyihalariga, mijozlariga qarab, dasturchilarning bilimlari va bajarayotgan vazifalariga ko’ra, qo’l ostidagi har bir dasturchi uchun individual oylik to’lashi mumkin. Ushbu jadvaldagi raqamlar vakantsiya taklif qiladigan resurslarni analiz qilish natijasida aniqlangan. Maoshlar shartli birlikda keltirilgan.

Dasturlash tili / Davlat O’zbekistonda(sh.b.) Rossiyada(sh.b.) Ukrainada(sh.b.) AQSHda(sh.b.)
1C dasturchi 350-800 1000-4000 700-3000 5000-7000
C++ dasturchi 300-1400 1000-5000 800-3500 4000-10000
PHP dasturchi 200-1000 500-3000 300-2000 4000-8000
Java dasturchi 350-2300 2000-5000 1000-2000 5000-12000
Sql, Oracle dasturchi 500-1600 3000-5000 1000-3000 5000-15000
ATB(avtomatik tizimlar boshqaruvi) dasturchi 300-1100 1000-1500 500-1000 3000-5000
.NET dasturchi 350-2500 500-8000 1000-4000 7000-13000
Delphi dasturchi 400-750 500-1500 500-1000 2000-5000
Python dasturchi 350-900 400-6000 800-3500 4000-10000
Object C dasturchi 500-1800 500-7000 1200-3500 5000-12000
JavaScript dasturchi 300-800 1500-4000 400-1500 4000-9000
Flash dasturchi 250-700 300-1000 300-5000 4000-6000
Tizim administratori 400-1200 1000-2000 800-2000 2000-10000

Bu «narx-navo»lar muallifning shaxsiy izlanishlari natijasida aniqlangan va hech qanday yuridik kuchga ega emas yoki sohada o’lchov birligi(standard) sifatida olinishi maqsadga muvofiq bo’lmaydi.

O’qing, o’rganing, dasturlang va dunyoni yaxshi tomonga o’zgartiring!!!

Moliya
Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)