Dasturchiga mazza(mi)…
Dasturchiga mazza(mi)…
Ushbu yozganlarim dasturlashni pul uchun o`rganyotganlarga qaratilgan. Avvalo, pul hamma narsani hal qilmaydi deganlarga aytadigan so`zim, Pul hamma narsani hal qilmaydi-yu, lekin ba’zi joylarda kerak bo`lib qoladi. Lekin postni asosiy g`oyasi bu emas. Dasturchi bo`lmaslik uchun sabablar:
Stress
Dasturchilarni ishini hamma oson deb o`ylaydi. Ertalab 9 dan kechki 6 gacha. Qolgan payt mazza qilib dam olib yotasan… Tak, stop! Qolgan payt yuqoridagi vaqt oralig`ida olgan stresingni yo`qotish bilan band bo`lasan. Qayeri stress deganlarga tushuntirib o`tmoqchiman. Dasturlash bu loydan hushtak yasash emas. 10lab(!) texnologiyalarni qorishmasidan iborat 10 yoshli proekt(1 uzr, dasturlash jargonidan foydalanmay yozolmayman)ni ichidagi arzimas(!) bug(bag)ni topish uchun 3 kunlab debag(2) qilib o`tirish… Xuddi jinoyatchini topish uchun harakat qilayotgan jinoyat qidiruv bo`limi xodimiga o`xshaysiz. Ularni stresini bilasiz. Bizda bundan battar stress bo`ladi. Ammo o`sha yaramas bugni topib olsangiz… Uni kayfi boshqacha-yu, stressni bosib ketolmaydi. Kinolarda juda bo`rttirib yuborishgan. Bosh qahramon klaviaturada xuddi pianino chalgandek bir nimalarni shaqqillatadi-da, keyin ENTERni bossa… Tamom! Ekranda bir nima progress bar(3) lar to`la boshlaydi. Oxirida SUCCESS yoki ACCESS GRANTED degan yozuv chiqadi(mazzami?) Aslidachi? Aslida ekranizda VALIDATION FAILED degan so`zni chiqishi asosiy maqsad bo`lishi mumkin. Axir sistemalar ham hayotdagidek har doim SUCCESS lardan iborat emasku. Ora-orada xato danniy(ma’lumot) kiritsangiz FAIL ham kerak bo`ladi.
Sog`lik
Ko`p dasturchilarni ortiqcha vazn bilan grija qiynaydi. Bitta joyda uzoq vaqt o`tirish, pala-partish ovqatlanish hisobiga ortiqcha vazn bilan birga noto`g`ri o`tirish orqali grija orttirib olasiz. Shuning uchun ham ko`p dasturchilar kreslo va stollariga qattiq e’tibor berishadi. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar esa talabni qondirish uchun zo`r berib bu sohada mehnat qilishyapti(baraka topishsin). Ko`zdagi muammoni-ku gapirmadim. To`g`ri, ko`z bo`yicha mashqlar bor. Lekin hamma ham unga amal qila olmaydi. Qizig`ida gazni bosish kerak bo`ladi. Ilhom ketib qolsa, yana shumshayib qolasiz.
Depressiya
Ha, stressdan tashqari depressiya ham bor. Stress paytida topilmagan va hal qilinmagan buglar sharofati bilan bu sohaga loyiqmanmi, olayotgan oyligimga loyiqmanmi degan savollar chiqib odamni depressiya(tushkun kayfiyat)ga solib qo`yadi. Shuni yengish uchun dasturchilarni ko`plari har xil istaklarini amalga oshirishadi. Hobby bilan shug`ullanishadi. Hayotga bo`lgan qiziqishni qaytarish uchun(hazil).
Pul bilan muammo
Qiziq-a! Dasturchi(!), eng katta maosh oladigan odamlardan biri(!) pul bilan muammo(!) g`alati… Lekin ha. Dasturchilarni hobbisi arzon bo`lmaydi odatda. Har doim ham emas-u, lekin shunaqa hobbilarni ortidan puldan ham qiynalib qolishadi)))
Lekin yuqoridagi barcha narsani yo`q qilib yuboradigan bittagina narsa bor-ki, uni sharofati bilan dasturchilar tirik))). U ham bo`lsa kasbga muhabbat. Agar kasbingizni sevmasangiz, u holda bu qiyinchiliklarni yengib o`tish qiyin bo`ladi. Keyin depressiya, stress, sog`liqdagi muammolar tufayli kasbga nafrat ham qo`shilib qolishi mumkin. Tak shto, sohani pul uchun tanlamoqchi bo`lganlar yaxshilab o`ylab ko`rsa bo`ladi. Sizga marketologlar va’da qilayotgan 1000$ni topish oson emas.
Ushbu post nimaga yozildi?
Kecha 3 kundan beri qidirib yurgan BAGimni topib to`g`riladim. Lekin 3 kunlik hayotimga qarasam, tepadagi muammolar real boshimdan o`tibdi(puldan tashqari jaa hobbiga berilib ketmaganman). Shu sababli, pul uchun sohani o`rganyotganlar yana bir marta o`ylab ko`rishini maslahat bergan bo`lardim.
1. proyekt-loyiha
2. debug-dasturdagi xato ishlayotgan qismni topish uchun baʼzi qismdagi maʼlumotlarni real vaqtda koʻrish uchun bajariladigan amallar toʻplami
3. progress bar — kinolarda 0-100% oraligʻida toʻladigan maxsus qism. Unga qarab ish qanchalik bitganini bilish mumkin.
Manba:
Boshqalar
Dasturchiga mazza(mi)…