Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar

Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar

Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar

Bugungi kunda juda ko’plab texnologiya, til va platforma tanlovlari mavjudligi evaziga dasturchi sifatida o’zining ko’nikmalarini rivojlantirish uchun vaqtni qayerga sarflashni aniqlab olish juda mushkul.

Ko’pchilik tez-tez qanday qilib yaxshiroq dasturchi bo’lish haqida so’rashadi.

Ko’pincha ular bu savolni vaqtlarini ma’lum bir dasturiy til yoki texnologiyaga sarflashlari kerakmi yoki yo’qmi – shuni aniqlashtirish maqsadida berishadi.

Quyida dasturchilar o’zlashtira oladigan, ularga eng yaxshi martaba imkoniyatlarini beradigan va ularni eng samarali qiladigan muhim va vaqtga bog’liq bo’lmagan ko’nikmalar haqida to’htalib o’tamiz.

#1 Muammolarni hal qilish

Dasturiy ta’minot tuzish bu yuz foiz muammoni hal qilish haqidadir.

Muammolar bo’lmaganda dasturiy ta’minotga ehtiyoj bo’lmagan bo’lardi.

Barcha dasturiy ta’minotlar foydalanuvchining ma’lum bir muammosini hal qilish uchun mo’ljallangan.

Qaysi dasturlash tili yoki texnologiyadan foydalanishingizning farqi yo’q, agar siz muammolarni hal qila olmasangiz, siz dasturiy ta’minot tuzishda eng yashi bo’la olmaysiz.

#2 O’zingizni o’rgatish

Hayotda o’rganishni o’rganishdan ko’ra muhimroq ko’nikma bo’lmasa kerak.

Bu ko’nikma ayniqsa dasturiy ta’minot ishlab chiqarishda juda ahamiyatli, chunki hech bir sohada dasturiy ta’minot ishlab chiqarish sohasidagidek tez o’zgarishlar yo’q.

Siz hamma narsa haqida hamma narsani bila olmaysiz. Hatto siz ma’lum bir freymvork yoki texnologiyada usta bo’lish uchun zarur vaqtni ham investistsiya(sarf qilmoq ma’nosida) qila olmaysiz, chunki hamma narsa o’ta tez harakatlanmoqda!

Aksincha, siz qo’lingizdagi ish uchun kerak bo’lgan bilimni tez o’zlashtirish qobiliyatiga muhtojsiz.

Agar siz dasturiy ta’minot ishlab chiqarishda yuqori martabaga ko’tarilishingizga sabab bo’ladigan ko’nikmaga haqiqatta ega bo’lishni xohlasangiz, o’zingizni o’rgatishni o’rganing.

Bu ko’nikmani rivojlantirishning yagona yo’li uni amalda qo’llashdir. Yangi dasturlash tili yoki texnologiyani o’rganing, garchi uni hech qachon ishlatmayman deb o’ylasangiz ham. O’rganishni o’rganib olganingizdan so’ng qanday tez o’zlashtira olganingizdan o’zingiz ajablanasiz, chunki sizda allaqachon asos ko’nikma mavjud.

Agar siz tez o’zgarayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bozori va texnologiyalariga, hamda ularga bog’liq platformalarga darhol moslasha olsangiz, siz har doim talab qilingan ko’nikmalarga ega bo’lasiz.

#3 Nomlash

Har safar kod yozayotganizda siz narsalarni nomlaysiz. Qachonki siz o’zingiz yoki boshqalar yozgan kodni o’qiyotganingizda, asosan o’sha koddagi narsalarning nomlaridan kod nima haqida ekanligini tushunib olasiz.

Aksariyat hollarda, dasturchilar yozgan koddagi metod, o’zgaruvchi va klaslarning qanday nomlanganiga qarab ularning mahorat darajasini aytib berish mumkin.

O’zi yozgan dasturdagi ma’lumot va konsepsiyalarga yaxshi nom berishda no’noq bo’lgan dasturchi soqov tarjimonga o’xshaydi. Agar siz biror narsani tushunsangizu, uni tushunarli tarzda ifodalab berolmasangiz – sizning tushunishingiz ahamiyatga ega emas, balki bu tushunmaslik bilan barobar.

Bu ko’nikmani rivojlantirishning eng yaxshi yo’li har doimgidek uni amaliyotga kiritish. Tajribali dasturchilar ko’pincha, kodni tushunish uchun o’qiyotganida undagi narsalarni qayta nomlaydi. Biror metod nima qilishini tushunishni boshlasa, o’sha tushunganiga moslab uning nomini o’zgartiradi. Buni ular kodni o’qiyotganida qiladi, unga hech qanday mantiqiy o’zgarish qilmaydi.

Siz narsalarga yaxshi nom berishga ko’proq e’tibor qaratsangiz, bu ishda siz yaxshiroq bo’lib borasiz.

Shuningdek, bu sizning kodingizdagi eng ko’zga tashlanadigan narsa. Kodga qarab turib uning to’g’ri yoki samarali ekanini bilish juda mushkul, lekin uni mutahassis odam o’qisa va tushuna olsa, hulosa qilish mumkinki, siz nima qilayotganingizni bilasiz.

#4 Odamlar bilan ishlash

Bu ko’nikma ro’yhatda oxirgi o’rinda kelyapti, lekin ko’p hollarda siz uni birinchi va eng muhim ko’nikma deb ayta olasiz.

Hamma joyga borsangiz odamlar bor.

Agar siz yolg’iz ishlamasangiz va faqat o’zingiz uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarmasangiz, boshqa odamlar sizni dastur tuzuvchi sifatidagi kariyerangizga ta’sir qiladi.

Asosiy muammo inson aksariyat hollarda mantiqiy emas, balki hissiy yondashadi. Albatta, biz mulohaza qilish qobiliyatimiz bilan maqtanishni yaxshi ko’ramiz, lekin voqeylikda esa, biz qabul qiladigan aksariyat qarorlarga ongdan ko’ra, hissiyotning ta’siri katta.

Bu, siz dasturchi uchun nimani anglatadi? Ya’ni, agar siz boshqa dasturchilar, menejer va hatto mijozlar bilan ham samarali ishlolmasangiz, siz doimiy qiyinchilikka duch kelasiz, garchi sizning g’oyalaringiz qanchalik yaxshi yoki sizning ko’nikmalaringiz qanchalik qimmatli bo’lsa ham.

Umuman olganda, faol bo’lish va dastur ishlab chiqarish jamiyatida ishtirok etish sizning kariyerangizga yordam beradi. Bularni muvaffaqqiyatli amalga oshirish odamlar bilan ishlash ko’nikmangizga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi.

Amaliy ko’nikmalarchi?

Sezganingizdek, bu ro’yhatda biror bir tehnologiya, veb dasturlash yoki mobil dasturlash kabi keng tarqalgan ko’nikmalar haqida hech narsa kiritilmagan. Bu haqda, avvalgi maqolalarimizda tanishishingiz mumkin: http://dasturchi.uz/plangs/2016-yildadasturiy-taminot-ishlab-chiqish-boyicha-eng-zarur-konikmalar/, http://dasturchi.uz/?s=dasturlash+tillari

Albatta, bir necha tehnologiyalarda yaxshi asosga ega bo’lish juda muhim, ammo u narsalar yuqorida sanab o’tgan 4 ta ko’nikmalarchalik muhim emas.

Agar siz muammolarni hal qila olsangiz, tez o’rgana olsangiz, narsalarni yaxshi nomlay olsangiz va odamlar bilan yaxshi ishlasangiz sizda ma’lum bir tehnologiyada ixtisoslashganingizdan ko’ra yuqoriroq muvaffaqqiyatga erishish imkoningiz bo’ladi.

Hulosa qiladigan bo’lsak, bir yoki ikki dasturlash tillarini chuqur o’rganish va umumiy ihtisoslikka ega bo’lish albatta muhim, ammo bu tanlovlarning o’zi bilan siz o’z yo’lingizda uzoqqa bora olmaysiz. Siz bu muhim 4 ko’nikmalarga e’tibor qarating va sizda hammasi joyida bo’ladi.

Manba:

Umumiy Dasturlash
Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar