Dasturchi qanday yaxshi odatlarga ega bo’lishi kerak?

Dasturchi qanday yaxshi odatlarga ega bo’lishi kerak?

Har birimizning o’z odatlarimiz bor: to’g’ri va noto’g’ri. Ammo iloji boricha samarali ishlashni istasangiz, foydali odatlarni ongli ravishda ishingizga tadbiq qilishingiz kerak.

Ishoning, bu nafaqat o’zingizga, balki atrofingizdagilarga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Ish sifati va samarasi oshadi, kundalik hayotda pozitiv jihatlar ko’payadi va eng muhimi hech qachon ishingiz qalashib, to’planib yotmaydi.

1. Takrorlamang

Bir ilova uchun yoki biron muammo uchun ishlatgan kodlaringizni erinib yana qayta qayta yozish yaxshi emas.

Xuddi shu kod qismi bir muncha vaqt oldin yozilganligini va endi u takrorlanayotganini tushunganingizda, biz hammamiz o’zimizni qandaydir dejavyuda his qilamiz.

2. Loyihani tugatdingizmi ? Qayta ko’rib chiqishni boshlang.

Refaktoring — qayta ko’rib chiqish, bu kod yozish vaqtida ko’zga ko’rinmagan mayda kamchiliklarni tutishga yordam beradi.

3. Ishingizning qiymatiga e’tibor bering

Eng kerakli ishlar turib loyihada 2 balki 3-darajali ishlarni qilish ham yaxshi emas.

Ko’p dasturchilar hosil qilayotgan dasturining texnik taraflariga e’tibor berish orqali uning odamlar uchun qanchalik foydali ekanini va muhimligini unitishadi. Bu esa qilayotgan ishiga nisbatan ma’suliyatni kamaytiradi.Nima uchun biron bir mahsulotni yaratasiz? Agar siz muvaffaqiyatli IT mutaxassisi bo’lishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, o’zingizga ushbu savolni berishni unutmang.

4. Barqaror bo’ling

Agar siz o’zgaruvchilarni e’lon qilishda Camel Style dan foydalanishni boshlasangiz, kod oxirigacha undan boshqa stilga o’tmang.Bo’sh joylar o’rniga _ belgisidan foydalanishni yaxshi ko’rasizmi ? Ajoyib! Dastur oxiriga qadar shunday yozishda davom eting. Nomlarda yoki ayrim sintaksis imkoniyatlar ko’paygan vaqta bir xilda emas duch kelgan usulda kod yozishdan uzoq bo’ling.

5. Mahalliy dasturchi bo’lib qolishdan qo’rqing

O’zgaruvchilarni nomlashda o’zbekchadan foydalanish yoki mentoringiz qanday yozib o’rgatgan bo’lsa shunday yozish va bir xil stilga yopishib olishdan uzoq bo’ling. Doimo ishlayotgan dasturlash tilingizda jahon darajasida qanday usulda kodlashadi qiziqing. Jahon standartlariga mos ravishda kod yozishga intiling. Agar boshidan shu narsaga amal qilishni boshlasangiz bir muncha vaqtdan keyin avtomatik tarzda shunday yozishni boshlaysiz. Masalan Python dasturlash tili uchun unda yozish borasida alohida qonun qoidalar to’plami mavjud. PEP8 nomli hujjatda barcha ikir-chikirlar keltirib o’tilgan. 

 

Umumiy Dasturlash
Dasturchi qanday yaxshi odatlarga ega bo’lishi kerak?