Dasturchi bo’lish osonmi?
Juda ko’pchilik shu savolni so’rashadi. Uzoq yillar davomida AT sohasida yurgan, qo’limdan yuzlab talabalar o’tgan odam sifatida shuni aytaman: Dasturchi bo’lish uchun quruq bilimning o’zi yetarli emas. Alloh bergan tug’ma moyillik va qobiliyat eng muhim rolni o’ynaydi. Masalan hamma ham shoir, rassom, yozuvchi bo’lolmagani kabi, hamma ham dasturchi bo’la olmaydi. Shoirtabiat degan tushunchani hamma biladi, menimcha «aytichitabiat» degan so’zni ham lug’atga kiritish kerak. Shunday tanishlarim, talabalarim bor 4 yil shu sohada o’qib ham xanuzgacha Windovs o’rnata olmaydi. Yana shunday tanishlarim bor o’zi narxoz, diplomatiyani bitirib, yoki umuman xech qaerda o’qimay katta xalqaro kompaniyalarda mutaxassis bo’lib yuribdi. Bu masalani ko’tarishimdan maqsad, iltimos farzandingizni moyilligini biling. O’zi xohlamagan sohaga bermang. Oxirgi paytlar AT sohasiga qiziqish ortishi bilan, farzandlarini shu sohada o’qitayotganlar ham ko’payib ketdi. Lekin ba’zida shunday akalar menga aloqaga chiqib, «O’g’limni bir ko’ring, 4 yil o’qidi, lekin qo’lidan ish kelmaydi» deydi. Gaplashsangiz, o’qishni qoyillatgan. Baholar a’lo, lekin nimadur kam. Ular ham vaqt o’tib, tajriba orttirib, kimlargadur shogird tushib ko’nikma hosil qilishadi va ishlab ketishadi. Lekin tug’ma qobiliyatli insonlarga bu narsalar ancha yengil keladi. Yana esingizda tursin, yaxshi mutaxassis o’z ustida davomiy ravishda ishlab boradi. Hech qachon izlanishdan to’xtamaydi. Buning uchun esa qunt va sabr ham kerak bo’ladi. O’smaydigan mutaxassis mutaxassis emas. Aslida yuqoridagi gaplar hamma sohaga tegishli. Dasturchilik bu misol xolos. Ishonmasangiz Dizayner Miraziz akadan so’rangchi, tug’ma talantsiz dizayner bo’lish osonmikin? p.s. Bu postni yozishimga Ali Ramazon do’stimizning posti baxona bo’ldi. Bor yo’g’i 5 yil oldin qassoblik qilib yurgan inson, bugun soxadagi kuchli mutaxassislardan biri.Dasturchi bo’lish osonmi?
DO`STLARGA ULASHING:
Dasturchi bo’lish osonmi?