Dasturchi asoslari

Dasturchi asoslari

Dasturchi asoslari

Bir necha yillar bo’ldi dasturlash olamiga kirib keldim. Hozir Freelancerman/ Yo’llanib ishlovchi(masofadan).

Freelancer bo’lib ishlash yaxshi, stressni inobatga olmaganda. Belgilangan vaqtda ulgura olmasangiz, bu sizning reputatsiya/obro’yingiz tushishiga sabab bo’ladi.

Dasturlashni o’rganish oson emas, ammo dasturlashni o’rgansa bo’ladi.

Ko’pgina kurslar, online kurslar, butkemplar, balkim universitetlar ham talabalariga to’g’ri yo’l ko’rsatishda, fikrimcha ko’p xatoliklarga yo’l qo’yishadi.

Boshlang’ich dasturchilar uchun, boshlang’ich/basic bilimlar juda muhim, va frameworklar, kutubxonalarning imkoniyatlarini tushunish ham juda muhimdir.

Endi boshlayotgan dasturchi uchum cloudlar bilan ishlash, yoki desing patternlarni tushunish muhum emas. Masalan, OOPni bir haftada tushunib, undan foydalanishni ustasi bo’lishni iloji yo’q deb hisoblayman.

Keling buni bir misolda ko’rsak.

TDD(Test-Driven Development)

TDD dan foydalanishning ko’pgina foydali va ustunlik taraflari bor. Ammo bu murakkab texnologiya bo’lgani sababli, yosh dasturchilar tushunmasliklari tayin.

Yosh dasturchilar testlarni yozishlari kerak emas balkim, ular testlardan qanday foydalanishni o’rganishlari va u qanday ishlashini o’rganishlari kerak.

Har bir dasturlashni o’rgatadigan o’quv markaz bo’lsin, online bo’lsin, amaliyotga, mashqlarga ko’proq e’tibor berishlari kerak.

Masalan, yosh dasturchilar, HTML va CSSdan foydalanib tugamacha yaratishlari va uni dizayni bilan qizildan ko’kga o’zgarishini tomosha qilib, o’zgarishni ko’rib zavqlanishlari kerak.

Demak : Boshlang’ich bilimlar muhim

Reactni o’rganmoqchi bo’lgan yosh dasturchi, JavaScriptni o’rganmasdan turib qanday o’rganishi mumkin. Yoki Semantic-UI, Bootstrapdan foydalanmoqchi bo’lgan yosh dasturchi CSSni bilmasa, yo’lning yarmiga ham bormasdan aniq dasturchi bo’lishdan vos kechadi.

Functionlar, variablelar, condition, va looplar bilan ishlashni o’rganish dasturlash tilining boshlang’ich tamal toshlaridir. Barcha dasturlash tillari, shulardan boshlanadi, bularni o’zlashtirmagan — murakkab tushunchalar/conceptlarni o’zlashtira olmaydi.

Juda muhim: Ko’p dasturchilar, tepada keltirilgan boshlang’ich dasturlashning asoslarini o’rganishga sabrsizlik qilishadi. Tez-tez o’tib ketib, dasturchilikga 1–6 oy ichida erishishni xohlashadi. Bu esa juda qiyin, balkim katta xato hamdir. Shoshqaloqlik hechnimani o’rganish bilan yakun topadi.

Boshlang’ich bilimlarni o’zlashtirmasdan keyingi bosqichga sakray ko’rmang.

Frameworklar/ Kutubxonalar

Demak, ozroq vaqtimizni pure dasturlash tilida o’tkazganimizdan keyin. Frameworklar va kutubxonalar bilan tanishish vaqti kelgan bo’ladi.

Frameworklar va kutubxonalardan foydalanishni boshlagan dasturchi, boshlang’ich bilimlarga ega bo’lib, dasturlash olamida rohatga chiqgandek bo’ladi(maza qiladi).

Frameworklar bilan bir muncha vaqt o’tkazgan bo’ldik, endi asosiy qismga o’tsak. Mentor/professional dasturchilar topishni boshlaymiz, va ulardan qolgan mahoratlarni o’rganamiz. Masalan Clean Code yozaman desangiz, albatta kimdir kodingizni tekshirib berishi kerak.

Ustoz/Mentor/Professional dasturchilar ko’magi

Biz loyihalar ustida ishlab o’zimizni dasturlash olamida chiniqtirdik. Endi biz Ustoz, mentor yoki professional dasturchilar ko’magidan, maslahatidan foydalanishni boshlashimiz kerak. Ularga qilgan loyihalarimizni kodlarini ko’rsatib, feedback olishimiz kerak.

Men HTML/CSSni o’rganishni boshladim, bunga 2 yilimni ketkazdim. Hali ham qo’lim kelishmasdi, keyinchalik yangi qirralarni ham kashf qila boshladim. Ustoz topdim, 2 yilda o’rgangan narsamni 1 oyda o’rgandim. Nima demoqchi bo’lganimni tushungan bo’lsangiz kerak?! Ustoz juda muhim, mentor bo’lmasa mufavvaqiyatga o’zingiz qanday erishasiz.

Qiyin vazifalar va dalda/motivatsa

Dasturchi o’zini qiyin vaziafalarda ham sinab ko’rishi kerak, masalan React bilan Back endi bo’lmagan Instagram tuzish, yoki Facebook. Qiyindek tuyulyaptimi? Ammo sinab ko’ring, yo’lni qayergacha borishingiz muhim emas, yo’lga tushishingiz muhim. Bu yo’lda juda ko’p yangi texnologiya, bilimlarni kashf qilasiz, o’rganasiz.

Dasturchi uchun motivation/motivatsiya/dalda juda muhim. Kimdandir, qayerdandir motivatsiya olib tursa, o’sish bo’ladi. Yangi narsalarni o’rganish oson bo’ladi.

Niyoha

Dasturchi bo’lish oson emas.

Dasturchi bo’lish uchun 2 hafta yetmaydi, 2 oy ham yetmaydi 2 yil ham yetmasligi mumkin. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun ko’p loyihalar, murakkab vazifalar ustida ishlash kerak. Ustozlar ham «3 oyda dasturchi bo’lasiz, 4 oyda professional dasturchi bo’ling» degan va’dalarni bermasalar, bu sohaga endi kirib kelayotgan dasturchi, keyinchalik tushkunlikga tushmaydi.

Manba:

Ta‘lim
Dasturchi asoslari