Dastur ishlab chiqishda ishlatadigan tizimlar
Ma’lumki, hozirda dasturlash tillarini oʻrganishga qiziqish ortgan. Foundation’dan tortib PM boʻlishgacha turli mavzularda suhbatlar boʻlib oʻtmoqda.
— Men dasturlashni oʻrgandim. ABC tilini yaxshi bilaman. Oʻzimni Jun/Mid/Sen hisoblayman, — deydiganlar kop.
Lekin amaliyotga kelganida, ishlab ketish uchun yana yarim yil ish oʻrganishi kerak boʻlmoqda.
Endi oʻzingizga savol bering: Nima uchun?
Qayerda xato qildik, yoki biz oʻylagandek ketmayapti?
Eng qizzigi javobini ham bilasiz. Project management 🙂
Loyihani bajarish jarayonlari haqida koʻp ma’lumot bor. Ammo amaliyot yoʻq.
Keling, shular haqida biroz toʻxtalamiz.
1. Email — borgan sari Oʻzbekistonda kamayib bormoqda. Ammo jahonda faol ishlatiladi. Balki biz ham boshlashimiz kerak-dur?
2. Kalendar — reja qilamiz, suhbat quramiz, lekin vaqtida ishni boshlay olmaymiz.
3. Xabarlashish (Messanger) — Telegramdan foydalanamiz. Ammo ishxonada ishlatish uchun qulay narsa emas. Sirlarini aytib beraman keyin.
4. Task manager — koʻpchilik buni ishlatadi. Ammo jarayonlarni moslamagan. Status faqat TODO, In Progress, Done dan boshqasiga oʻtmaydi. Bu yerda ham koʻp qizziq va ishingizni osonlashtiradigan narsalar bor.
5. Hujjatlar bilan ishlash (Documentation) — saqlash, tahrirlash, uzatish, chegaralash, hajm. Bu soʻzlarning har biri alohida mavzu aslida.
6. git — jonimiz. Lekin, main dan boshqasini ishlatmagandan keyin, 1 tiyin. Nima edi bu deganlar uchun, buni ichish mumkin emas, afsus…
7. IDE — tekin yoki pullik. Agar korxonaga ishga kirsangiz, talablaringiz qanday boʻladi? Bu uchun loyiha egasi pul toʻlashi shartmi?
8. Bosh reja (Roadmap, Gantt) — bu esa, har bir IT direktor bilishi kerak boʻlgan. Doim ishlatadigann narsa boʻlishi kerak. IT direktor ishlatdimi, demak siz senior boʻlishingiz uchun bundan xabaringiz boʻlishi kerak.
Manba:
Umumiy Dasturlash
Dastur ishlab chiqishda ishlatadigan tizimlar