DASHTI QIPCHOQ OʻZBEKLARI haqida malumot bilib oling.
DASHTI QIPCHOQ OʻZBEKLARI — qadimdan Dashti Qipchoqipt sharqiy qismida koʻchib yurgan turkiy-moʻgʻul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, doʻrmon, iyjon, xitoy, qarluqlar, mojor, qipchoq, qiyot, qoʻngʻirot, qurlovut, mangʻit, naymam, nukuz, tangut, uygʻurlar, markit, qoʻshchi, oʻtarchi, jot, chimboy, kenagas, uyshun, tuboyi, toymas, echki, tuman-ming, shodbaxtli, shunqorli va b. qabilalar 13a. oxiri va 14 — 16-a. larda oʻtgan Sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan «oʻzbek» deb atalgan. Hamdulloh Qazviniy (1281 — 1350) ning «Tarixi guzida» («Tanlangan tarix») asarida Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonta tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritiladi va bu qabilalar «oʻzbekiyon» («oʻzbekiylar»), ular koʻchib yurgan yerlar, yaʼni Sharqiy Dashti Qipchoq esa «mamlakati oʻzbek» («oʻzbek mamlakati») deb koʻrsatiladi. «Oʻzbek» atamasini qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli yerlarning nomi sifatida Oʻzbekxon davriga qadar ham qoʻllanilgan. Mac, Mirzo Ulugʻbek oʻzining «Tarixi arbaʼ ulus» («Toʻrt ulus tarixi») nomli tarixiy asarida, Oʻzbekxonning hokimiyat tepasiga kelishi zikrida, «oʻzbek ulusi unga berildi», deb yozadi. Roʻzbexon «Mehmonnomai Buxoro» kitobida Dashti Qipchoq Oʻzbeklari 3 toifadan: shayboniylar (Shaybon ulusiga kirgan oʻzbeklar), qozoqlar va mangʻitlarsan tashkil topganligini koʻrsatadi. Shaybon ulusi, manbalarning maʼlumotlariga koʻra, 1238-y. da tashkil topgan va Ural togʻining etaklaridan Tobol va Sarisuv daryolarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan [uning jan. chegarasi Orol dengizining shim. sohili, shim. chegarasi esa Chingi Tura (Tura)da boʻlgan]. Mangʻit ulusi Emba bilan Yoyiq daryolari oraligʻidagi yerlarga joylashgan. Mangʻitlar 15-a. ning 30 y. larida Abulxayrxonta boʻysundilar. Qozoklar atamasi etnonim sifatida 1446-y. dan boshlab paydo boʻldi. Oq Oʻrda xoni Oʻrusxon avlodi boʻlgan sultonlar: Girayxon (Kirayxon) va Jonibek 15-a. ning 40-y. larida Abulxayrxonga boʻysunishdan bosh tortib, oʻz tarafdor-tobelari bilan Chu va Yettisuv vohasiga qochib ketdilar va oradan koʻp oʻtmay Qozoq xonligiga asos soldilar (1465-y.). Abulxayrxondan qochib ketgan bu qabilalar tarixda «oʻzbek-qozoq» nomini oldilar.
Dashti Qipchoq Oʻzbeklari asosan chorvachilik bilan shugʻullangan, vohalarda qisman dehqonchilik qilishgan. Dashti Qipchoq Oʻzbeklari faqat Oʻzbekxon zamonida islom dinini qabul qilganlar, lekin ularning urfodatlarida maʼjusiylikning ayrim alo-matlari saqlanib qolgan. Keyingi asrlarda Dashti Qipchoq Oʻzbeklari Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistondagi bir necha xalqning tarkibiga kirgan (yana q. Shayboniylar, Oʻzbeklar).
Boʻriboy Ahmedov.
Ensiklopediya.uz
DASHTI QIPCHOQ OʻZBEKLARI