DASHTI MARGʻO haqida malumot bilib oling.
DASHTI MARGʻO — Afgʻonistonning jan.-gʻarbdagi choʻl, Hilmand va Xash-rud daryo vodiylari oraligʻida. Mayd. 150 ming km2. Bal. 500—700 m. Dor daryosining qurigan oʻzani kesib oʻtadi. Iqlimi subtropik; yogʻin yiliga 50 — 100 mm. Yer yuzasining koʻp qismi toshloq va gil tuproqli, baʼzi joylarida shuvoq va boyalichlar oʻsadi. Jan.-gʻarbida qum tepalari bor, ular oraligʻi esa taqir va shoʻrxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shugʻullaniladi. Choʻlning chekka qismida vohalar uchraydi.
Ensiklopediya.uz
DASHTI MARGʻO