DARVISH SHAYXIM QALANDARIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DARVISH SHAYXIM QALANDARIY haqida malumot bilib oling.

DARVISH SHAYXIM QALANDARIY (15-a. ning oxiri, Hirot — 16-a., Balx) — sozanda, xonanda, bastakor. Darvishali Changiy oʻz risolasida uning xushovozliligini yuksak baholagan. Darvish Shayxim Qalandariy «Navo dashtining xushxon bulbuli» nomi bilan mashhur boʻlgan. Shay-boniylardan Kisri Qora Sulton Hirotni ishgʻol etgach, D. Sh. Q. Balxga koʻchgan (1506). Balx hokimi Pirmuhammad Sulton Segoh yoʻlidagi naqshlariga maftun boʻlib, uning shuqratiga shuhrat qoʻshgan. Darvish Shayxim Qalandariy asarlariga ustod Abdulloh Noyi, Hofiz Qonuniy, Ustod Ilyos Noyi, Ustod Poyondaiy Qobuziy, Ustod Muhammad Surnoyi, Ustod Oʻzbek Gʻijjakiy va b. ham yuqori baho berishgan.

Ensiklopediya.uz
DARVISH SHAYXIM QALANDARIY