DARVIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DARVIN haqida malumot bilib oling.

DARVIN — Avstraliyaning shim. qis-midagi shahar. Shim. hududning maʼmuriy markazi. Aholisi 88,1 ming kishi (1999). Timor dengizi soxilidagi port. Shosse va t. y. orqali Port-Ogasta sh. va mamlakat janubi bilan bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. Yetakchi sanoat tar-mogʻi — oziq-ovqat sanoati (goʻsht va baliq konservasi i. ch.). Taxta tilish korxonalari, aviatsiya va t. y. ustaxonalari mavjud. Aholining bir qismi baliqovlash bilan shugʻullanadi. Darvin yaqinidan mis rudasi olinadi. Shaharga 1869-y. da asos solingan va ingliz olimi Ch. Darvin nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
DARVIN