Darslik va o’quv qo’llanmalar
Ushbu darslik bakalavr talabalarga mo’ljallangan bo’lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar, tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.
Darslik va o’quv qo’llanmalar
Turniyazov B.N. Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi
Турниёзов Б.Н. Каузатив қурилмалар синтактик деривацияси
Monografiya kauzativ derivatsiya tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kauzatologiya sohasining shakllanishi, so‘z, analitik forma qolipidagi mikrokauzatemalarning applikativ model asosidagi morfosintaktik derivatsiyasi, shuningdek, gap, mikro va makromatn tuzilishidagi kauzativ qurilmalarning sintaktik hamda semantik derivatsiyasi bilan bog‘liq muammolari tavsifi berilmoqda.
Monografiya «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusida olib borilayotgan fundamental tadqiqot doirasida yaratildi.
Ishdan tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurtlari filologik yo‘nalishi fakultetlarining talabalari hamda magistrlar, shuningdek, lingvist mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
2022-11-14 16:33:28 | ko’rishlar soni: 298 | Yuklab olindi: 215-marta
Данный учебник относится к первому блоку гуманитарных предметов и рассчитан для студентов первого курса, обучающихся по всем направлениям бакалавриата института иностранных языков. Он составлен на основе действующей учебной программы предмета (Самарканд, СамГИИЯ, 2021) и включает в себя грамматические материалы, упражнения для закрепления темы, тексты, задания к текстам, а также список литературы для самостоятельного изучения.
2022-10-31 18:12:05 | ko’rishlar soni: 126 | Yuklab olindi: 80-marta
Mazkur o’quv qo’llanma Davlat ta’lim standarti, namunaviy o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlar asosida tuzilgan bo’lib (5120200 – tarjima nazariyasi va amaliyoti va 5611500), gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyatidagi ta’lim yo’nalishlari talabalariga terminlar bilan ishlash bo’limlariga ega yozma tarjima, ketma-ket tarjima, sinxron tarjima hamda badiiy, yozma va sinxron tarjima fanlariga mo’ljallangan. Ushbu qo’llanma orqali o’quvchi bir nechta sohalar bo’yicha, jumladan, san’at va madaniyat, tibbiyot, iqtisodiyot, boshqaruv, marketing, bank, huquq terminologiyasiga oid ma’lumotlarga ega bo’ladi
2022-10-29 10:44:43 | ko’rishlar soni: 110 | Yuklab olindi: 53-marta
D.J.Urakov, A.G.Xolliyev, S.I.Gabrielyan, R.N.Tursunov, O.A.Maxmudov, A.A.Rozakov, A.A.Biykuziyev, B.B.Xaynazarov, R.X.Djurayev, N.Kenjayeva, D.X.Ziyayeva. G.K.Otarbayeva, J.E.Turekulova Jahon tarixi. Darslik
Oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan ushbu “jahon tarixi” darsligi jahon tarixining Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiya o’chiqlarining vujudga kelishi, qadimgi davlatchilik an’ananalari shakllanishi, rivojlanishi va tanazzuli bilan bogliq jarayonlarni o’z ichiga oladi. Mazkur darslik jahon tarixshunosligida so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning umum e’tirof etilgan natijalari bilan boyiltilganligi, fan bo’yicha innovatsiyalarni o’quv jarayoniga joriy etilganligi bilan avvalgi o’quv adabiyotlaridan farq qiladi.
Ushbu darslik bakalavr talabalarga mo’ljallangan bo’lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar, tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.
2022-08-12 14:12:39 | ko’rishlar soni: 383 | Yuklab olindi: 230-marta
Murtazoyeva R.H., Odilov A.A., Ermatov A.A., Soipova K.D. O’zbekiston tarixi. Darslik
Ushbu darslik bakalavr talabalari mo’ljallangan bo’lishiga qaramasdan, undan magistrlar, tadqiqotchilar, o’qituvchilar va tarixchi-olimlar ham keng foydalanishilari mumkin. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasida qabul qilinadi..
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrig’iga asosan (5120301- O’zbekiston tarixi) Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
2022-08-12 13:56:38 | ko’rishlar soni: 341 | Yuklab olindi: 201-marta
Turobov A.M. Tilshunoslik nazariyasi. Darslik
Туробов А.М. Тилшунослик назарияси. Дарслик
Universitetlarning 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalariga mo‘ljallangan mazkur darslikda tilshunoslik nazariyasi fani, tilning ijtimoiy tabiati, til va tafakkur masalalari, til taraqqiyoti, dunyo tillari bo‘yicha taniqli tilshunos olimlarimizning fikr-mulohazalari talqin etilib, sanab o‘tilgan masalalar xususida talabalarga ilmiy-nazariy tushunchalar beriladi. Darslik baklavriat yo‘nalishidagi talabalar hamda tilshunoslikning nazariy masalalari bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
Textbook for first-year students in direction of 5120100 – “Philology and language teaching” of universities is devoted to the subject of the theory of linguistics, the social nature of language, language and mentalitu, language development, interpretation of outstanding world linguists and theoretical concepts given to students in the above issucs. The curriculum is designed for students who are interested in and theoretical issues of linguistics.
2022-02-08 11:17:53 | ko’rishlar soni: 35054 | Yuklab olindi: 34242-marta
Bobyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Darslik
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Дарслик
Darslikda badiiy adabiyotning umumiy qonuniyatlari, adabiy asar tuzilishi va adabiy jarayon haqida nazariy tushunchalar berilgan.
Mavzular: Hayot va adabiyot, Badiiy adabiyotda tipiklashtirish, Badiiy syujet, Badiiy asar tili, Barmoq tizimi, Aruz tizimi, Qofiya saboqlari, Poetik sintaksis, Badiiy san’atlar, Adabiy tur va janrlar, adabiy oqim.
2022-02-05 13:24:10 | ko’rishlar soni: 1630 | Yuklab olindi: 496-marta
Учебник знакомит с концепциями корпусной лингвистики, дает возможность освоить азы корпусных технологий, приобрести навыки работы с корпусами, определить место дисциплины и собственно корпусов в ряду информационных технологий. Базой для создания учебника послужили исследовательская работа и преподавательская деятельность авторов.
Предназначен для студентов, магистрантов и аспирантов филологических и педагогических специальностей, а также для всех интересующихся вопросами корпусной лингвистики.
2021-10-14 16:19:09 | ko’rishlar soni: 377 | Yuklab olindi: 172-marta
Shermuhamedova N.A. Inson falsafasi. Toshkent:Innovatsiya-Ziyo, 2020
Darslik Falsafa magistratura mutaxassisligi fanlari turkumiga kiradi, uning mazmuni DTS va namunaviy dastur mazmuniga mos. Darslik ikki qismdan iborat. Birinchi qisnida inson o’ta faol va o’zgaruvchan fenomen degan g’oya ilgari suriladi. Zotan inson haqidagi mistik ta’limotlar klassik falsafiy nazariyalar, fizika, biologiya va psixologiya sohasidagi eng yangi kashfiyotlar bilan bog’liq, ammo bu insonning butunlay yangi obrazi yaratilishiga olib kelgani yo’q.
Darslikning ikkinchi qismida dindorlik hodisasi madaniyat, ayrim ijtimoiy va tabiiy fanlarning keng ma’lumotlari yordamida kompleks tahlil qilinadi.
2021-10-13 17:29:23 | ko’rishlar soni: 1708 | Yuklab olindi: 519-marta
G’aybullayev O.M. Estetik madaniyat. T.: Navro’z, 2020
Ғайбуллаев О.М. Эстетик маданият. Т.: Наврўз, 2020
Besh tashabbus yoshlarning qalbini davolovchi, ularning axloqiy qiyofasini shakllantiruvchi, ma’naviy jihatdan komil inson bo‘lib voyaga etishuvida asosiy omillardan biri bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Demak, besh tashabbus insonni insoniylashtiruvchi, har bir odamning o‘z iste’dod va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish va ularda tashabbuskorlik, g’ayrat, ijodkorlik tuyg‘ularini zavqiy haqiqat bilan bog’lashda bemisl tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shu asosda kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonni bunyod etuvchi yosh avlod tarbiyalanib, ularning estetik tafakkuri takomillashib boriladi.
DARSLIK
DARSLIK — muayyan fanga doir bilim asoslarini ma’lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma’naviy-g’oyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; o’quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga bo’linadi: o’quvchilar uchun Darsliklar va talabalar uchun Darsliklar. O’zbekistonda o’quvchilar uchun mo’ljallangan Darsliklardan umumiy o’rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus ta’lim maktablari va maxsus internat maktablarning o’quvchilari; talabalar uchun nashr etilgan Darsliklardan oliy o’quv yurtlari talabalari mustaqil hamda o’qituvchilar rahbarligida foydalanadilar. Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli o’quv yurtining dasturi hajmida ta’lim vazifalari hamda o’quvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. Darsliklar ta’lim-tarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, ya’ni bilimning muntazam, mustahkam va ongli o’zlashtirilishiga, o’quvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uyg’otishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ravon va tushunarli bo’lishi, o’quvchilar nutqining o’sishiga yordam berishi lozim. Darsliklar tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Sharqda, xususan Furot va Dajla daryolari oralig’ida yashagan qadimgi shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid bo’lib, ular “qo’llanma” va “daryoliklar” vazifasini o’tagan. Keyinchalik boshqa Sharq xalqlarida, ulardan keyin esa qadimgi dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qo’lyozma o’quv kitoblari vujudga kela boshlagan va ular ma’lum bir sohaga, kasbga o’rgatish uchun asosiy manba vazifasini o’tagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, Darsliklar hammabop bo’la boshladi. Pedagogika va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan Darsliklarning mazmuni va metodik tuzilishi tobora mukammallashib bordi. O’rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bu yerda mavjud bo’lgan maktab va madrasalardagi ta’limtarbiyaning asosiy mazmuni Islom ta’limotini o’rgatishdan iborat bo’lgan va ularda Arab, fors, eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblar Darslik vazifasini o’tagan. Bu Darsliklar Qur’on oyat va suralaridan, boshqa diniy kitoblarning turli qism va parchalaridan iborat bo’lgan. Maktabxonalarda “Haftiyak”, “Chor kitob” va boshqa kitoblar o’qitilgan. Madrasalarda ham musulmon diniy qoidalari to’plami — “avvali ilm” (fors tilida savol-javob tarzida tuzilgan), Arab tili grammatikasiga oid “Bidon”, “qofiya” kabi qo’llanmalardan foydalanilgan. Ba’zi madrasalarda talabalar qadimgi kitoblarni mustaqil o’qib o’rganishi natijasida geografiya, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ayrim ma’lumotlardan xabardor bo’la borganlar, mumtoz shoirlarning asarlari bilan tanishganlar. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin rus metodistlari ta’sirida maxalliy tillarda maktab Darsliklari yaratila boshlandi. 19-asrning 70-yillaridan Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim Darsliklar nashr etildi. 1875 yil A. A. Terentevning “Russkaya Azbuka dlya shkol Sredney Azii” (“O’rta Osiyo maktablari uchun rus alifbosi”), 1885 yil V. P. Nalivkinning “Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya” (“Turkiston o’lkasidagi o’troq aholiga mo’ljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo”) Darsliklari paydo bo’ldi. 1887 yil V. P. Nalivkinning “terma kitob” nomi bilan O’zbekcha-tojikcha xrestomatiyasi, 1896 yil uning “Turkiston viloyatining Toshkand shahridagi seminariya degan madrasada o’qiydurgan terma kitob” asari nashr qilindi. 1898 yildan S. M. Grameniskiyning 3 qismdan iborat “Kniga dlya chteniya” (“o’qish kitobi”) kitobi qo’llanila boshlandi. 20-asrning boshlarida yangi usul maktablarining ayrim muallimlari ham o’z ish tajribalarini umumlashtirib, o’quv kitoblari tuza boshlashdi. Masalan, 1902 yil Toshkentda Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” alifbesi, 1903 yil Aliasqar Kalininning “Muallimi soniy” xrestomiyasi, Rustambek Yusufbek o’g’lining “Ta’limi avval” va “Ta’limi soniy”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, Hamza va boshqalarning o’quv qo’llanmalari bosilib chiqdi. Lekin fizika, geometriya singari ko’pgina fanlardan o’zbek tilida Darsliklar yo’q edi. Oktabr to’ntarishidan keyin barcha fanlar yuzasidan Darsliklar tuzish ishiga jadal kirishildi. Masalan, Shokirjon Rahimiyning 1919 yilda chiqarilgan “sovg’a” alifbesi, M. Qodirov va boshqalarning 1920 yilda katta yoshli kishilar uchun chiqarilgan “kattalarga o’qish” alifbesi, I. Husanxo’jayev va F. Erg’oziyevning maktab yoshidan o’tgan o’smirlar uchun chiqarilgan “o’smir” alifbesi, Ozarbayjon tilidan o’zbekchaga tarjima qilingan “handasa”, “Fizika” kitoblari, V. Flerovning 1918 yilda “Yasnoe utro” (“Musaffo tong”) nomi bilan chiqarilgan ikki o’qish kitobi, E. D. Polivanov va L. I. Palminning “Mak” (“Lolaqizg’aldoq”) nomli o’qish kitobi, K. A. Voskresenskaya, N. P. Arxangelskiy, O. F. Topolskayalarning O’rta Osiyodagi ruscha bo’lmagan maktablar uchun “MAK” nomi bilan chiqarilgan birinchi ruscha alifbesi, shuningdek, mazkur mualliflarning O’rta Osiyodagi 1-bosqich maktablar uchun chiqarilgan “malenkiy turkestanes” (“yosh turkistonlik”) o’qish kitobi Oktabr to’ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda chiqarilgan Darsliklar va o’quv qo’llanmalari jumlasidandir. O. Sharafiddinov yozgan “Alifbe” 1938 yildan 1970 yilgacha 1-sinf o’quvchilarining asosiy o’quv qo’llanmasi bo’lib keldi. 1970/71 o’quv yilidan mazkur muallifning Q. Abdullayeva bilan yozgan yangi “Alifbe” kitobi qo’llanila boshladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim muassasalarida qo’llanilayotgan Darsliklarni qayta ishlash borasida katta ishlar olib borildi. 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil yanvarda qabul qilingan “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to’g’risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yetuk mutaxassislar tomonidan bir qator Darsliklar mazmunan qayta ishlandi. Jumladan, tarix, adabiyot, geografiya, matematikadan yangi mazmundagi Darsliklar joriy etildi. Shu davrgacha umumiy o’rta ta’lim tizimining o’quv rejasida bo’lmagan o’quv fanlari (tabiiyot, Odobnoma) dan original Darsliklar yaratildi. Ta’lim amaliyotiga “Alifbo”, “Tabiatshunoslik”dan muqobil Darsliklar tatbiq etildi. O’zbekistonda Darsliklar nashr etish ishi keng yo’lga qo’yilgan. Darslik tayyorlashga ixtisoslashgan “o’qituvchi”, “O’zbekistan”, “Mehnat”, Ibn Sino nomidagi nashriyotlar, “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi va boshqa nashriyotlar Darsliklar nashr etadi. 2000 yil O’zbekistonda 375 nomda 14 million 406,6 ming nusxada Darslik nashr etildi. Asqarali Sulaymonov.
Qiziqarli malumotlar
Darslik va o’quv qo’llanmalar