Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash
Adiba Umirova
Adabiyot darsliklari tahlili
1. Adabiyot darslarda dramatik asarlarning asosiy belgilari.
2 . Adabiyot darslarda d ramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg ’ unlashuvini hisobga olish zaruriyati.
1 . Adabiyot darslarda d ramatik asarlarni tahlillashda so’zning alohida o’rnini ko’zda tutish.
2 . Adabiyot darslarda d rama asarlari tahlilida saxnaviylikni hisobga olish.
Foydalangan adabiyotlar ro`yxati
Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham uxshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o` kish uchun emas, balki asosan k o` rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi, ya’ni yaratilayotgan vaqtidayok asarning spektaqlga aylanishi ko’zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o’zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so’z va teatr san’atlarining omuxtasi bo’lmish dramani ukish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada kushimcha zurikish lozim bo’ladi. Qahramonlar va ularning tuyg’ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning harakteristikasi bo’lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta aqliy kuvvat takozo etadi.
Drama asarlari tahlilida asosiy e’tiborni qahramonning sa’jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o’z so’zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni tulakonli tahlil etish uchun teatr san’ati qoidalaridan ham xabardor bo’lish zarur .
Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator kiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning uqilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yukligi uchun ham ishilar ko’pincha dramatik asarlarni ukimaydilar. Bordi-yu, saxna asari uqilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma’noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yul bilan bayon qilinmaydi va asarda ruy berayotgan to’qnashuvlarni ma’naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma’naviy sifatlariga bog’liq bo’lib koladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg’u ham yetakchi bo’lmaydi. Bu xil asarlarda harakter asosiy o’rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo’lishidan kat’i nazar dramatizmga – ruhiy xavotir shiddati tasviriga kurilgan bo’ladi. Dramatik asarda qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo’lgan qandaydir bir narsaning kuldan berilishi yoki amalga oshmay kolishi xavfi tasvirlangan bo’lishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi. Tahlilda ushbu nazariy talabga alohida ahamiyat berish lozim bo’ladi.
Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayon qilishi ham, munosabat bildirishga ham, tasvirlashga ham xaqli bo’lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha vazifani o’z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog tarzida saxnadosh sheriklarga murojaat qilishning, voqealar rivojining, harakterlar ochilishining vositasi bo’ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy kuvvatga ega bo’ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik nutqka doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar kutarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo’lishi lozim. Chunki u saxnada kuyilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaqlarida utirganlarga eshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bo’lishi joiz. Dunyodagi barcha dramatik qahramonlarning bir qadar sun’iyrok tilda so’zlashi va L.Tolstoy tomonidan tankid qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari kuyuk tuyg’ular, hissiyotlar buroni ogushida yashaydilar, kuchli to’qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta’sirchan tilda sulashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan munosabat bildirishga moyil bo’ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning magzini chaka oladilar.
Yana bir muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda uynalgan spektaqlni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so’z san’ati namunasi bo’lmish drama spektaqlga aylangan teatr san’ati namunasiga evriladi va o’sha san’atning qoidalariga muvofiq yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o’zgartirib yuborishi mumkin. Chunonchi, B.Yuldoshev rejissyorligida kuyilgan “Otello” spektaqlida Afzal Rafikov uynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaqlning o’zi yovo’z ruhning iztiroblari va kiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida drama matnidagi barcha nozikliklar yukolib ketishi mumkin bo’lganidek, kuchli ijro tufayli urtamiyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot koldirishi ham mumkin.
Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish yuritilsa, juda ta’sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat, bizning nazarimizda, drama matni bilan tanishishdan oldin dramatik asarga xos saxna, parda, ko’rinish, monolog, dialog, lukma, remarka, prolog, epilog singari saxnaviy tushunchalar to’g’risida to’liq nazariy ma’lumotga ega bo’lish kerak. Negaki, shu xildagi nazariy ma’lumotsiz saxna asarini tushunib ham, tahlil qilib ham bo’lmaydi.
Dramatik asarning yana bir o’ziga xos jihati shundaki, drama badiiy hodisa hayot hodisasiga aylangan, kishining sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etish kudratiga ega bo’lgan yagona adabiy turdir. Dramada qahramonlar harakteri vokelik tarzida, tomoshachining ko’z oldida namoyon bo’ladi va kuchli ta’sir utkazadi. Shuning uchun ham drama asarlarini tahlil qilish anchagina murakkab yumushdir. Kuchli insoniy harakterlar, to’qnashuvlaridan ut chaknaydigan hayotiy ziddiyatlarning asosini topish, pesa qahramonlari ruhiy tulgoklari bilan tanishtirish orqali kishida insoniy pozitsiya va ma’naviy qadriyatlar tizimi shakllantiriladi.
Kishidan ma’lum darajada hayotiy va madaniy tajriba bo’lishi, intellektual tayyorgarlik talab qiladigan dramatik asarlar bilan yoshlar qancha erta tanishsalar va ulardan tezrok bahramand bo’lishsa, ularning ma’naviyatini shakllantirish jarayoni shunchalik muvaffakiyat bilan boradi. Ayrimlar g’oyat murakkab tuyg’ular, chigal insoniy taqdirlar tasvirlangan “Shox Edip”, “Kirol Lir”, “Mirzo Ulugbek”, “Abo’lfayzxon” singari asarlarni idrok etish mushkul, ulardagi badiiy ma’noni, odamzotning ulkan dardlarini, iztiroblarini tushunish kiyin deyishadi. Bu xildagi “mexribonlik” odamni nafaqat aqlan, balki ma’nan ham yalkov, tanbal qilib kuyadi. Agar odam o’z vaqtida hissiy tarbiya kurmasa, tuyg’ulari kamol toptirilmasa, un turt yoshida ham, kirk turt yoshida ham insoniy tuyg’ulardan, murakkab kechinmalardan bexabar yashab utaverishi mumkin. Fikr qilish, xis etish, tuyish ham boshqa har qanday insoniy kunikma va malakalar singari yoshlikdan shakllantirilishi lozim.
Masalan: “Shox Edip” tragediyasi voqealar tragediyasi emas, insoniy harakterlar fojeasidir. Muallif asarda nima bo’ladi degandan ko’ra, qanday bo’ladi degan savolga javob berishga ko’proq e’tibor bergan. Tragediya boshdan-oyok qismatning kudratini, taqdirning inson ustidan cheksiz hukmronligini namoyish etuvchi voqealar asosiga kurilgan bo’lsa-da, Sofoklning bemisl mahorati tufayli asarda qatnashgan har bir qahramon pesa davomida o’zining chinakam kiyofasini to’liq kursata oladi. Jahon adabiyotida Edip singari iztiroblar kiynogini tortgan, o’ziga bog’liq bo’lmagan holda gunohlar batkogiga botgan va shu bois kechirgan azoblarining darajasi yanada baland bo’lgan boshqa qahramonni uchratish kiyin. Fojiadagi iztiroblar silsilasining daxshatli tomoni shundaki, asardagi qahramonlar bilib qilgan gunohlari uchun emas, balki qismatlari shundokligi uchun azoblarga giriftor etiladilar. Sofokl uchun gunohning kim tomonidan, nima uchun va qanday amalga oshirilgani emas, balki qilingan gunoh va unga yarasha ajr masalasi muhimdir. Dramaturg inson va qismat munosabatlarini kursatish jarayonida har bir alohida insonning o’z taqdiri bilan o’ziga xos tarzda, ma’naviy dunyosiga loyik darajada uchrashganini xakkoniy aks ettirna bilgan. Bilib-bilmay gunohga botildimi, undan tozalanish uchun harakat qilish jarayonida har bir qahramon o’ziga xos yul tutadi va shu tarzda o’zining insoniy sifatlarini namoyon etadi.
Tragediya markazida to’rgan Edip – azaldan bezovta va gamgusor qalb soxibi. U hech qachon sha’niga dog tushiradigan ish qilmagan va shu bois: “Mening dilimdagi mudom tilimda”,-deyishga xaqli. O’zga yurtdan kelib, taqdirning xoxishi va o’zining tadbirkorligi tufayli bu yurtga hukmdor bo’lgan Edip konuniy shox Lay ulimda o’zining ishtiroki bo’lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi. Shuning uchun ham marxum Lay tomonidan noma’lum kotilga karshi: “Maylio’zim bo’lay xuntalab ugli”,-deydi. Shunday odamga avliyo Tiresiyning: “Yurtga bu ofatni keltirgan – sensan”, degan da’vasi daxshatli adolatsizlik bo’lib tuyulishi tabiiy, albatta.
Sofokl badiiy tasvir tarixida birinchi marta peripetiya deb ataluvchi usuldan foydalanadi va yuksak badiiy natijaga erishadi. Badiiy asar qahramonlari harakatlarining ular istagiga mutlaqo zid natija berishi tasviri usuli peripetiyadir. Edip Layning xaloqatiga chindan ham aloqasi yukligini isbotlashg, o’ziga nisbatan ayrimlarda paydo bo’lgan shubxani yukotish uchun qilgan har bir harakati, aksincha, o’zining ham gumonini kattalashtirib kotilligini ayonlashtirib boraveradi. Iokasta tilidan Layning chorraxada uldirilganini eshitganda, Edip kungliga shubxa urugi to’shadi. Voqealarning bundan keyingi rivoji mazkur shubxa urugining tez kukarib, mevalar berishiga imkon yaratadi. Kutilmaganda, o’zining Lay kotili ekanini bilib, ayovsiz itirob iskanjasida qolgan Edip boshiga togdan ham ogir faloqat yogiladi: u o’z otasini uldirgan padarkush, o’z onasiga uylangan zinokor va undan farzandlar ko’rgan badbaxt kimsa ekan!
Ayni Edipning, bir zamonlar Fivani balolardan xalos etgan shoxning gunohlari tufayli yurtga ofat yogilishi va ofatlar sababchisini izlayotgan kishining o’zi sababchi bo’lib chiqishi tasviri asnosida Edip shaxsiyatiga xos yorkin va go’zal jihatlar inkishof etiladi. Edip shaxsiyatiga xos yorkin jarayonida vaziyatning ogirlashayotganini, xakikatning oydinlashuvi uning zarariga xizmat qilishini bilsa-da, Edip chuponga: “Evox, sen aytishing, men tingldashim shart”,-deydi. Bu o’rinda Edip taqdir karshisida ojiz, lekin insof va adolatga sodik kuchli shaxs sifatida gavdalanadi. Uning har bir gapi qanchalik azoblanayotganligini yorkin kursatadi. Shoxning hayot yo’llariga kiritgan har bir aniqlik uning yuragiga kadalgan xanjar kabi ta’sir etishi va uning daxshatli ogrigi juda ishonarli tasvirlangan.
Edip – o’zini ayaydigan kishi emas. U – o’zlikni yenggan, manfaatidan ustun tura biladigan buyuk inson. Ayni vaqtda, Edip – tirik odam. Oddiy banda. Shu bois kurkadi, ikqilanadi. Shoxning Iokastaga qarata: “Shubham borki, avliyo kur emas”, “Kur – kaman, ortikcha gapirvordim”,-deya qilgan ikrorlarida uning shu xislatlari namoyon bo’ladi. Edip shaxsiyatiga xos yetakchi fazilatlar: xalollik va vijdonlilik. Tabiatidagi boshqa sifatlar uning shu fazilatlariga tobs. Shuning uchun Edip shiddat bilan o’zini fosh etuvchi xakikatning tagiga yetadi. Bu xakikat – ulimdan-da ogir, sharmandalikdan-da kir. Edipday inson shu holat bilan kelishishga majbur. Buyuk sanaluvchi insonning naqadar ojiz ekani mazkur holat tasvirida butun ayanchli jihatlari bilan namoyon bo’ladi:
Tamom, bari ayon! O, yorug jahon,
Sunggi bor kurmokda ko’zlarim seni,
Hayot – harom, nafas – harom, nikox – harom menga,
Konga bo’lganganman, jirkanchman, jirkanch!
Xakikat onlarinining butun daxshati o’zining nixoyasiz zalvori va cheksiz kulami bilan kishini bosadi. Edip – yirik shaxs. Shu bois ham o’zini gunohiga yarasha jazolay oladi. Qismat tufayli qilingan gunoh uchun o’z ixtiyori bilan ajr beradi: ko’zlarini kur qiladi! Jazoning salmogi ham gunohning kulamiga yarasha. Edip tushgan sharoitda ulish – kutulish, yashash – jazo demak. Azob insonni gussaga olib keladi, gussa chekish poklanish yulining boshlanishidir. Edip adoksiz poklanish sari yul oladi. Edipning o’ziga bergan jazosi laxzalik qaror natijasi emas. Xalol va vijdonli odam aqli va tuyg’ularining hukmidir: U dunyoda otam-onam yo’ziga
Qanday bokdim – ko’zlarimni uymasam?
Badbaxt onam mendan tukkan bollarga
Qanday bokdim – ko’zlarimni uymasam?
. Yurtga konli dog tushirgan kotilni
Yuk qilishga o’zim farmon berganman.
Endi esa fuqaroning ko’ziga
Qanday bokdim – ko’zlarimni uymasam?
Yuk! Bu ham kam. Kulim bo’lsa bakuvvat.
Kulogimning pardalarin yirtardim.
Edip kiynoklardan zorlanmaydi, yengillik bo’lishini xayol ham qilmaydi. U – sunggi damgacha yurt qayg’usi bilan yashay oladigan inson. Shu sabab oxirgi damda:
Men badbaxt boshimni olib ketaman,
Toki xudolarning kaxru gazabi
Yurtimga yogilmasin, – deya fivaliklarni ofatlardan xalos etishga o’rinadi.
Asardagi boshqa qahramonlar ham fojianavis tomonidan juda puxta ishlangan. Xususan, Iokasta, Kreont, Tiresiy obrazlari badiiybarkamolligi tufayli xano’zgacha ham estetik kimmatini yukotmay kelmokda. Iokasta – avvalo ayol. Onaga, ayolga, xotinga xos barcha xususiyatlar unga ham begona emas. Iokasta ham hamma ayollar singari, avvalo, ro’zgorining tinch, yakinlarining betashvish bo’lishini istaydi. Uning uchun oliy xakikatga yetishdan ko’ra, oila butunligini saqlab kolish muhimrok. Elchi bilan Edipning suhbatidan erining aslida kim ekanini erkaqlardan oldinrok sezib qolgan farosatli Iokasta: “Bari bir emasmi? Muncha yonmasang. “, – deya iltijo qiladi. Eriga qarata: “Bilmaganing yaxshi zotingni, shurlik!” – deb yozgirganda ham, butun xakikatni bilgach, sir bermay, Edip va elchi yonidan ketib qolganida ham chinakam ayol, oilasi tinchini ulaydigan mexribon xotin sifatida namoyon bo’ladi. O’z o` gliga xotin bo’lganini, bolasidan farzandlar tukkanini bilgan Iokasta bir ayol qilishi mumkin bo’lgan ishni qiladi: o’zini osadi! Iokasta shaxsiyati Edip shaxsiyati singari kulamdor emas. Shu bois ham u Edip singari chora kurishi yoki sunggi damda yurt tashvishini uylashi mumkin emasdi. Sofokl bu xolni buyuk san’atkorlik bilan ifoda eta bilgan.
Dramaturg qahramonlari ruhiyatini eng nozik jihatlarigacha bexato ko’radi va yorkin tasvirlay biladi. Sir ochilgach, Iokastani izlayotgan Edipning fojiona holati tasviri daxshati shunday beriladi:
Tig surab kimnidir surishtirdi u,
Kani xotinim, deb ayta olmasdi,
Ayta olmas edi, kani onam deb.
Edipning Kreontga qarata: “Uni. Uydagini. o’zing dafn etgal, O’zing bil. bu sening kondoshlik burching”, – deya qilgan iltijosida qahramon ruhiyatidagi adoksiz gam, cheksiz xijolat juda ingichka, nozik tasvirlanganki, bu satrlarning yigirma besh asr oldin bitilganiga odam ishonmaydi. Ayni bir holatdan bir-biriga zid ikki xil ma’no chiqarish, bir vaziyatdan qarama-karshi xulosalarga kela bilish “Shox Edip” asarida yuksak san’at darajasida xal etilgan. Edipning kixlari bilan xayrlashuvi saxnasi bu jihatdan aqlni lol koldiradi:
Kaydasiz, kizlarim, yakinrok keling
Ilk bor aka bo’lib. kul cho’zay sizga,
. Yoningizda to’rgan shu badbaxt ota
Kurmasdan, bilmasdan. sizni olamga
Keltirib kuydi-ku. o’z onasidan.
Otangiz – padarkush, onangiz esa –
Sizni o’z uglidan tukkan kaboxat.
O’z qizlariga aka bo’lib qo’l o’zatishga, onasidan farzand ko’rishga majbur bo’lgan odam qismatining daxshati o’quvchilar vujudini larzaga soladi.
Sofokl mazkur tragediya orqali odamlarga nasixat qilmaydi, yul kursatmaydi. U asaridan xulosa chiqarishga ham hech kimni undamaydi. Lekin badiiy xakikatning daxshatli kudrati o’quvchini uyg’a toldiradi. Sofokl hayotning murakkabligi, inson taqdirining chigalligini butun shafkatsizligi, go’zal va jirkanch taraflari bilan kursatib bergan. O’zini dunyoning xujasi deb hisoblovchi odam, aslida, o’z qismatiga ham xujayin bo’lolmasligi xakkoniy aks ettirilgan. “Shox Edip” fojiasining mohiyati inson umrining, u erishgan martabalarning utkinchi ekanligi, odam umri imtixon uchun berilganini anglatishda namoyon bo’ladi. Bu asar kishini o’zi, o’zgalar, odam, olam haqida uylashga undaydi. Edipni qanday baholash kerak? Qanday odam o’zi? Fojia kitobxonni ta’sirlantirish, tuyg’ularini junbushga keltirish orqali uylashga majbur etadi. Uylash esa buyuk ne’matdir.
1. Adabiyot nazariyasi. 1-2-tomlar. Toshkent. Fan, 1978-1979.
2. Aristotel. Poetika. Toshkent. 1978.
3. Baxtin M. Estetika slovestnogo tvorchestva. Moskva. 1990.
4. Yuldoshev K. O’qituvchi kitobi. -T.: 1997.
5. Yuldoshev K. O’qituvchi kitobi. -T.: 2001.
6. Yuldoshev K. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: 1996.
Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.
O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:
- dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik;
- interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
- dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
- o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
- o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
- o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
- o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
- mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik;
- mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
- sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi;
- O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
- o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
- ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;
- o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;
- o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;
- dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
- ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish;
- darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi.
Dars – o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.
ADABIYOT — RUHIYAT TARBIYACHISI
Adabiyotimiz yukini katta iste’dodlar ko‘tarib turibdi. Ana shunday adiblarimizdan biri Nazar Eshonqulning “Yalpiz hidi” kitobini yaqinda yana qayta o‘qib chiqdim. Yozuvchi “Yalpiz hidi” hikoyasida Samandarning qishloqdan shaharga kelgan paytlari, tuyg‘ularining naqadar pokligi, hayotga zavq-shavqi, hayrati va armoni ilhom va mahorat bilan tasvirlangan. Uning “Urush odamlari”, “Momoqo‘shiq”, “Tun panjaralari” qissalarida ham samimiy, sof tuyg‘ular, iliq xotiralar aks etganki, kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi.
Adib bilan suhbatimiz adabiyot, kitob, badiiy asarlar… eng muhimi, inson tarbiyasiga bag‘ishlandi.
– Nazar aka, mamlakatimizda kitoblar, ayniqsa, yaxshi asarlar, xususan, mumtoz adiblar asarlarining targ‘iboti qay darajada deb o‘ylaysiz. Bugungi kun kishisiga qanday asarlar yoqadi?
– Agar kitobxon deganda keng omma tushunilayotgan bo‘lsa, unda bu toifaga bugun ham, kechagi kunda ham oldi-qochdi, ermak, vaqt o‘tkazishga, maishiy g‘urbatlarga qurilgan yengil-elpi asarlar yoqqan. Bozor esa ommaviy xaridorlar ehtiyojiga moslashadi. Shunday ekan, “bugungi kun kishisi” deganda kim nazarda tutilyapti?! Agar didi bozor talablariga mos o‘quvchi bo‘lsa, unda unga targ‘ibotning keragi yo‘q. Bozor nuqtai nazaridan “nodir asarlar” sifatida talqin qilinayotgan ommaviy didga mos asarlar targ‘ibotga muhtoj emas. Ular shusiz ham o‘z xaridorini topayapti. “Bestseller” yoki “ko‘p sotiladigan”, “ommaviy o‘qiladigan” degan mezon adabiyotning emas, tijoratning o‘lchovi. Omma ehtiyoji bilan adabiyot ham, san’at ham belgilanmaydi. Olomon didi bugunning maishiy mayl va istaklarini qondiradi, aql va ruhning ehtiyojini emas. Oddiygina qiyos: mumtoz usulning jonli ijrosida falsh darrov seziladi, bu usulda yasama hofiz yaratib bo‘lmaydi. Shuning uchun mumtoz usul ommaviy emas. Lekin haqiqiy ovoz, haqiqiy iste’dod shu usulda namoyon bo‘ladi. Qolganini esa ota-bobolarimiz “yalla”chilik degan. Yallachilikda soxta “hofiz”lar tiqilib yotibdi. Omma ham o‘sha soxta ovozlarga shaydo bo‘ladi. Bunga qarshi kurashishning birdan-bir yo‘li – ruhni haqiqiy san’at asari bilan to‘yintirishni o‘rganish kerak. Tafakkur va ruh ehtiyojini faqat haqiqiy adabiy asarlar qondiradi. Adabiyot ham san’atning shu qonuniga bo‘ysunadi. Lekin tijorat adabiyotlari did va saviyaga daxl qilayotgan ekan, asl adabiyotga nisbatan ongli ravishda targ‘ibot kerak. Bu sohada esa oqsashlarimiz ko‘p. Eng yomoni, targ‘ibot minbari bo‘lgan matbuot xodimlari ichida ham olomon adabiyoti bilan haqiqiy adabiyotning farqiga bormaydiganlar anchagina. Ommaviy tarzda o‘qiladigan nashrlarga bir e’tibor bering. Ularda qaysi shoir yoki adiblar, qanday asarlar qay yo‘sinda, qanday til, qanday usul bilan targ‘ib qilinayapti? Kimlarga salkam daholik maqomlarini “tuhfa” qilishmayapti ular?! Adabiy didimizga daxl qilayotgan yana bir manzara bor. Hukumat miqyosida til bilishga bo‘lgan e’tibor tufayli bugun xorij tilini bilguvchilar ko‘paydi. Xorij tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qiluvchilar paydo bo‘ldi. Bu juda quvonarli hol. Lekin bu tarjimonlar aksariyatining adabiy didi haminqadar. Ular o‘zlari o‘girayotgan tildagi noyob asarlar sifatida tarjima qilishayotgan shoir-yozuvchilarning aksariyati yuqorida aytganimiz, tijoriy adiblar. Saviyasi shu pog‘onadan ko‘tarilmagan tarjimonlarning “sa’y- harakati” bilan o‘girilgan “yuksak adabiy asarni” o‘qigan yoshlarimiz dunyo adabiyoti mezonini ana shu “noyob asarlar”ga qarab belgilamaydi deb kim kafolat beradi?
Bu holat esa asl adabiyot targ‘ibotini yanada xiralashtiradi, asl adabiyot, asl so‘z san’ati haqidagi tasavvurni, mezonni, me’yorni o‘zgartiradi. Asl adabiyot bilan tijorat adabiyotining, haqiqiy shoir bilan yallachi shoirning farqiga bormaydigan o‘quvchilar ana shu nashrlarni, ana shu tarjimalarni o‘qib, paydo bo‘layapti. Didsizlikning bu tarzda “ommaviylashishi” juda xatarli. Shuning uchun ham asl bilan “yasama”ning farqini tushuntirib turadigan ziyolilar targ‘iboti kerak.
– Adabiyot ezgulik va yovuzlik, Rahmon va shayton o‘rtasidagi kurash sahnasi bo‘lib kelgan. Lekin bugun, o‘quvchi taassuroti bilan aytganda, adabiyotda “yomonlar” va yaxshilar”ning qiyofasi ko‘rinmay qoldi. Shu jihatdan uning ham vazifasi xiralashdi. Shu paytgacha, adabiyot insonning ezgulik va yovuzlik tasavvurlarini tarbiyalash bilan shug‘ullanib kelardi. Zotan, adabiyot bu – adab, ya’ni odob fani edi. Lekin ayni kunda bu ilmni ikkinchi darajali deb o‘ylovchilar ham yo‘q emas. Siz bu masalada nima deysiz?
– Adabiyotdagi obrazlarning “yaxshilar” va “yomonlar”ga bo‘linishi, o‘quvchida faqat shu taassurotlar uyg‘otishi bugun ibtidoiy vazifa bo‘lib qoldi. Chunki bugun Rahmon va shayton o‘rtasidagi kurash odamzodning ichiga ko‘chdi. Adabiyot ham endi kurash sahnasini voqealarga emas, zamon kabi o‘ta murakkablashgan odamning ichiga ko‘chirdi: u o‘zi haqidagi tasavvurlari va qarashlari murakkablashgan, xiralashgan odamni tahlil qilishga, odamning o‘ziga uning o‘zi haqida “bilim” berishga majbur bo‘layapti. Jannatdan quvilgan odam bugungi kunda o‘zi bilan o‘zi besamar kurashishga, shu kurash orqali yo o‘zini tiklab yuksaklikka ko‘tarilishga yoki tanazzulga botishga mahkum etilgan. Mabodoki, muqaddas kitoblarda bitilgandek, nabotot, hayvonot, jami tabiat inson uchun yaratilgan ekan, demak, “tabiat”, “olam” degan tushuncha insonning o‘zidir. Undan o‘zga narsa emas. Biz tabiatning bir bo‘lagi, uning markazi, ongli qismimiz. Biz nimani tanlasak, ertangi dunyo bizga o‘sha tomondan yuz ochadi. Qachon inson tashqaridagi olam o‘ziniki va uning o‘zi ekanini anglab yetgandan so‘nggina o‘sha azaliy kurashda maqsad paydo bo‘lishi mumkin. Adabiyot odamzodga ana shu maqsadni anglatish uchun yaralgan. Birinchi ongli inson bilan bugungi insonning qalbida, ko‘nglida, niyatida deyarli o‘zgarish yo‘q. Faqat taraqqiyot, harakat, shakllar, qiyofalar, usullar o‘zgardi. Maqsad va mohiyat esa o‘sha holicha turibdi. Inson qalbi hali ham o‘sha ilk daf’a his etilgan va “zabt etish” boshlangan ezgulik va yovuzlikning kurash maydoni bo‘lib turibdi. Shuning uchun adabiyotning vazifasi ham zarracha bo‘lsa-da o‘zgargani yo‘q. Men haqiqiy adabiyotni o‘tkinchi mafkuralardan baland qo‘yaman. Uning bosh mafkurasi — inson qalbidagi o‘sha ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni, farqni ko‘rsatib berish, insonning ruhini bu kurashda matonatli qilishdir. Folkner buni soddaroq tushuntirgan: “Adabiyot insonni bardosh berishga o‘rgatishi kerak!” Shunday. Adabiyot insonni bardosh berishga, yengib o‘tishga o‘rgatishi kerak. Buning uchun uning tasarrufida ko‘plab usullar, shakllar, go‘zallik va joziba bor. Men shu paytgacha adabiyotdan bir narsani o‘rgandim: gumanizmdan xoli har qanday asar adabiyot emas, inson qalbini go‘zallikdan mahrum qiladigan, uning dag‘allashishiga xizmat qiladigan har qanday asar adabiyot emas. Adabiyot go‘zallik degani, go‘zallik bilan dunyoni qutqarish, unga da’vat qilish degani.
Kino haqidagi bir ko‘rsatuvni ko‘rikdan o‘tkazayotganimizda juda zamonoviy kiyingan, soch o‘stirishi, gapirish usuli, hatto chulchutligi ham zamonaviy, o‘zini zamonaviy kinoning zamonaviy dahosi hisoblaydigan bir rejissyor shunday dedi: ”Men kinoning tarbiya vositasi ekanligiga sira ham qo‘shilmayman. Kino odamni ekstaz holatga tushirishi kerak. Uning vazifasi shu!” Bugun adabiyotga shunday yorliq iluvchilar tiqilib yotibdi. O‘z fikrlarini isbotlash uchun dunyoning daho rejissyorlaridan, san’atkorlaridan iqtiboslar keltirishadi. O‘sha daho san’atkorlar tushungan “tarbiya vositasi emas” degan fikr tagida aslida tarbiyaga undov yotganini tushunishmaydi. Ular bu xil ulug‘lar fikrining, saviyalariga yarasha, tashqi qatlamini olishadi. Bunaqa iddaolar o‘zining yo iste’dodsizligini, yo savodsizligini yoki asarining bir pulga qimmatligini yashirish, xaspo‘shlash uchun aytiladi. Istaymizmi, yo‘qmi, har qanday san’at asari bu — tarbiya vositasi. Faqat “tarbiya vositasi” ekanini o‘quvchining qo‘lidan ushlab, “seni bir tarbiyalab qo‘yay” deb pand-nasihat qilish, odob axloqdan ma’ruza o‘qish deb tushunish kulgili bo‘lardi. San’at, jumladan, adabiyot ham o‘quvchining ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini, estetik didini, dunyoqarashini, iymon-e’tiqodini, olam va odamga munosabatini, go‘zallik haqidagi tushunchalarini, hissiyotini, tuyg‘ularini tarbiyalaydi. San’at tarbiyalamagan nafaqat odob-axloq, balki tuyg‘u va hissiyotlar ham qo‘pol va tiyiqsiz bo‘ladi. Bir zamonoviy “alloma” shunday deb vaj ko‘rsatgandi: “Mening momom g‘irt savodsiz bo‘lgan. Lekin ezgulik va yovuzlik haqidagi tushunchalari ham, odob-axloqi, tuyg‘u-hissiyotlari, odamparvarligi ham havas qilgulik edi”. O‘sha “savodsiz” bo‘lgan, lekin havas qilgulik tarzda “odamiy” bo‘lgan momoni tarbiyalagan muhit adabiyot (og‘zaki yoki yozma) va san’at (marosim, urf, kundalik yumush ko‘rinishidagi), shu san’at va adabiyotdan o‘sib chiqqan asriy madaniyat asosida shakllanganiga e’tibor ham bermaydi. San’atning siz aytmoqchi, “odob fani” ekanini inkor qiladigan, uning o‘rnini bosadigan tushuncha hali paydo bo‘lgani yo‘q. Paydo bo‘lmaydi ham. Mashhur musavvir Van Gogning ukasi Teoga yozgan xatlarida shunday gapi bor: “Ijod dunyosini aks ettiradigan bitta so‘z ayt. Agar u rostdanam ijod hosilasi bo‘lsa, bu so‘z ijodkorni, albatta, parvardigor tomon boshlab boradi”. Adabiyot azaldan inson qalbini, ruhini yovuzlashishdan, xunuklashishdan, tubanlashishdan, toshga (bugungi kun tili bilan aytganda, temirga) aylanishidan, boshqacha aytganda, xudosizlashishidan himoya qilgan va bundan keyin ham shu vazifasini bajarishda davom etaveradi. Ana shu narsalarga ko‘nglida, ruhida ehtiyoji borlar unga murojaat qilaveradi.
– Keyingi paytda yaxshi asar bilan yomon asarning farqiga bormaydigan kitobxonlar ko‘payib borayapti. Bular ta’bir joiz bo‘lsa, oldiga nimani qo‘ysangiz shuni tanovul qilib ketuvchi didsiz xo‘randalarga o‘xshaydi. Xususan, yaqinda bir noshir bilan suhbatlashdim. U kishi hozir badiiyatdan birmuncha yiroq, ko‘proq oldi-qochdi voqealar bilan to‘ldirilgan kitoblarga talab yuqori ekanini aytganda, ochig‘i, hayron qoldim. Bu ketishda asta-sekin adabiyotni teran his etuvchi, savodxon, ziyolilardan ajralib qolmaymizmi?
– Oldiga nimani qo‘ysa, farqiga bormay yeyaveradigan “xo‘randa” yo uzoq vaqt o‘rmonda yo sahroda yovvoyi tarzda kun kechirgan, yo uning ta’m, hid bilish instinktlari o‘lgan, ya’ni miyasi kasallangan. Ehtimol, u hozir o‘zining kasalligini bilmas, biroq baribir “isitma” kasallikni oshkor qiladi. G‘arb dunyosidagi ma’naviy o‘pirilishlar, oila, mehru oqibat tanazzuli ana shu kasallikning “isitmasi”dir. Olomonning istak va mayllarini “demokratiya” deb talqin qilganlarning o‘zi bugun boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Inson tabiatida baribir yovvoyi mayllar yashaydi. Bu mayllar insonni hayvoniy nafs va hirslar bilan bog‘lab turadi. Faqat iymon tarafida turgan adabiyot va san’atgina bu mayllarning inson ruhida hukmronlik qilishini cheklab, hovurini pasaytiradi. Shu sababli san’atsiz dunyo yovvoyilikka olib keladi. Gap chinakam san’at haqida borayapti. G‘arb ma’naviyatida an’analar, qadriyatlar o‘z mohiyatini yo‘qotishi bilan ularning o‘rnini insonning biologik mayllari egallab oldi — bu jiddiy kasallik edi. Bu xil kasallikning bir ko‘rinishi olomon madaniyati deb ataladi. Olomon madaniyati tez tarqaluvchi, tez va oson yuquvchi o‘ta xavfli “kasallik”. U hali tasavvurlari shakllanmaganlarni osongina o‘ziga maftun qilib oladi. U didni, saviyani o‘ldiradi, odamni ildizidan uzadi, sekin-asta manqurtga aylantirib qo‘yadi. Aslida uning orqasida turganlarning maqsadi ham shu: oldin alohida insonni, keyin butun millatni o‘z qiyofasidan, fazilat va suyanchlaridan, an’ana va qadriyatlaridan ayro qilishdir. Qiyofasidan, suyanchidan, suv ichib turgan sarchashmalaridan ayrilgan insonning ham, millatning ham quldan farqi qolmaydi. Shunday ekan, bu holatga faqat “ziyoli o‘quvchidan ajralib qolish”gina deb qarab bo‘lmaydi. Bu yerda asl adabiyot faqat “o‘z o‘quvchisi”ni yo‘qotmaydi, balki badiiyat shakllantirgan did, madaniyat, go‘zallik, zavq, teranlik, tafakkur, eng dahshati insoniyat erishgan ulug‘ madaniyat — gumanizm xavf ostida qoladi. Bu holat millatga, uning didiga, insonga va uning mohiyatiga xatar tug‘diradi. “Payg‘ambarlar kitobi” (“Kniga Ilaya”) filmini eslaysizmi? Kelajak haqidagi antiutopiya. Koinot miqyosidagi halokatdan so‘ng odamzodning bir qismi zo‘rg‘a jon saqlab qoladi. Bu paytda tamaddunlar erishgan barcha narsa odamzodning xotirasidan chiqib ketgan. Odamzod deyarli hayvon tusini olgan, bugungi insoniy fazilatlar qolmagan, yashash uchun kurashadigan, qornini to‘yg‘izishdan boshqasini bilmaydigan vahshiy to‘daga aylangan. Ana shu yovvoyi to‘dani faqat kitobgina madaniy yo‘lga boshlaydi, kitob bilan odamzodni tiklash boshlanadi. Ayanchli, lekin achchiq, saboq chiqaradigan xulosa. Kinodagiday odam qiyofasidagi to‘daga aylanmaslik uchun birgalikda, ongli va rejali tarzda kurashish kerak. Asl adabiyotning o‘z o‘quvchisini boy berishiga faqat adabiyotning fojiasi deb qarash noto‘g‘ri. Bu ijtimoiy, olamiy fojia. “Payg‘ambarlar kitobi” filmi odamzodni kitobning, kitobxonlikning, tabiiyki, adabiyotning, “adab fanining” boy berilishi, xatari nimalarga olib kelishidan ogohlantirayapti. Masalaga ana shunday qarash kerak.
– Bugun adabiyotimizda qandaydir sokinlik holati kuzatilmoqda. Zamonamizga hamohang, badiiy yuksak, odamni hayratga soladigan roman, qissa, hikoya va hatto she’rlar ham kam yaratilayotgandek…
– Sokinlik asli adabiyotga xos hodisa. U sokin rivojlanadi, sokin o‘zgaradi, sokin evriladi. Adabiyotimizdagi sokinlik ham shunga o‘xshaydi. Masalan, Ahmad A’zamning Gulxaniy va Svift an’analarini davom ettirib yozilgan “Ro‘yo” asari sokin qabul qilindi. Aslida bu asar turli talqinga, shov-shuvli muhokamaga loyiq asar edi. “Ro‘yo…” romanini XXI asr o‘zbek nasrining yangi romani sifatida bemalol baholash mumkin. Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam romanlari, Nurulla Raufxon, Bahodir Abdurazzoq hikoyalari haqida ham shunday deyish mumkin. Shoirlarimiz ijodida ham sokin she’rga qaytish boshlandi. Bugun Faxriyor, H.Ahmedova, Z. Mirzaeva, Salim Ashur, Aziz Said, Gulnoz Mo‘minova kabi shoirlar eng yaxshi, shu davrning yutug‘i bo‘lgan she’rlarni yozishyapti. O‘tgan yili Shodiqul Hamroning yangi qissasini o‘qigandim, lekin hali e’lon qilinmadi, chog‘i. Bu asar ham o‘ziga xos adabiy hodisa bo‘ladi. E’lon qilinmagan asarlar ko‘p. Muhimi, sokinlik ijodkorlarning ruhiga o‘tirishayapti. Ular asarlarini shon-shuhrat, shov-shuv uchun yozishmayapti. Badiiyat va Ko‘ngil uchun yozishayapti. Bu o‘ziga ishonchni, adabiyot ko‘ngilga qaytayotganini bildiradi. Bu asarlarda inson qalbi himoya qilinayotganining o‘zi adabiyot kim tarafda turganini ko‘rsatib turibdi. Umuman olganda, adabiyot o‘z vazifasini “ado etayapti” yoki “ado etmayapti”, boringki, “qisman ado etayapti” degan javobim baribir bugungi adabiy jarayonning to‘laqonli manzarasi bo‘lolmaydi. Chunki tirikchilik va o‘z tashvishlarimiz bilan o‘ralashib qolganimiz tufayli biz adabiy jarayonning barcha qirralaridan to‘laqonli xabardor emasmiz. Savolingizga javob berish uchun esa adabiy jarayonning “badiiyat” deyishga arziydigan barcha asarlaridan, hatto kichkina she’rlardan ham xabardor bo‘lishimiz talab etiladi. Bunga esa bizda eng avvalo hafsala ham, qolaversa, xohish, keyin vaqt ham yo‘q. Biz bo‘ynimizdan bog‘lab olib, izidan yetaklagancha chopayotgan Vaqt izidan hansirab yugurib borayapmiz. Atrofga alanglashga yoki anglashga o‘zimizda kuch ham, xohish ham topolayotganimiz yo‘q. Vaqtida adabiyotning oldi qatorlarida turgan, keyin yigirma yilcha umuman boshqa bir ish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir adib bir-ikki yil oldin shunday degandi: “Yaqinda keyingi yillarda e’lon qilingan asarlarni hafsala bilan o‘qib chiqib, adabiyot yigirma yil oldin to‘xtab qolmaganini sezdim”. Adabiyot to‘xtab qolmaganini his qilish va xolis baho berish o‘sha adibga o‘xshab hafsala bilan o‘qishimiz, bunga o‘zimizda kuch va hafsala topa olishimiz kerak bo‘ladi. Adabiyotimizda hayratga tushadigan asarlar, kam bo‘lsa ham, yozilayapti, lekin hayratlanadigan o‘quvchi kamayib borayapti.
– Bugungi axborot asriga, xususan, Internetga munosabatingiz qanday?
Munosabatim ijobiy. Internet ham inson kashf qilgan bir mo‘’jiza. Faqat undan kim qaysi maqsadda foydalanayapti, masala shunda. Agar g‘arazli niyatda foydalansangiz, u yovuz, boshqarib bo‘lmas kuchga aylanadi. Yaxshi niyatda foydalansangiz, qulay, oson zamonaviy vosita. Bozordan pichoq sotib olayotganlarning hammasini qotillik qiladi, deb o‘ylash qanchalik kulgili bo‘lsa, o‘zimizdagi aybni ham internetga taqash ham shunchalik kulgili.
– «Maymun yetaklagan odam» hikoyangiz adabiyotimizda katta shov-shuv, voqea bo‘lgandi. Undan keyin yozilgan ko‘plab qissa va hikoyalaringiz ham kitobxonlar mehrini qozondi. “Sharq yulduzi” jurnalida “Go‘ro‘g‘li” nomli romaningiz chop etildi. Lekin bu asarga kam munosabat bildirildi. Sababini nima deb o‘ylaysiz?
— Bu holatni adabiyotshunoslardan so‘rash kerak. “Go‘ro‘g‘li” romani so‘zboshida yozganimdek, o‘tgan asrning 90-yillari boshida, naq yigirma besh-yigirma olti yil oldin yozilgan. Men uni bir necha marta qayta ishlashga urindim. Lekin qanday tug‘ilgan bo‘lsa shu holatda qoldi, o‘zgartirolmadim. E’lon qilishdan oldin besh-o‘nta o‘zim hurmat qiladigan adiblar, adabiyotshunoslar o‘qidi. Ularning undovi bilan nashr qilishga rozi bo‘ldim. Jurnalda romanning taxminan uchdan bir qismi e’lon qilindi. Kitob holida e’lon qilishga o‘zimda hali hafsala sezganim yo‘q. Jurnal variant tugal xulosa qilishga xalaqit beradi. O‘zini hurmat qiladigan tanqidchimi, adibmi, asarni to‘la holda o‘qimay fikr bildirmaydi. Fikr bildirgan taqdirda ham u birlamchi tasavvur bo‘ladi, xolos. Sababi shu bo‘lsa kerak…
— Yo‘ldosh Solijonov “Go‘ro‘g‘li” romanini Kafkaga taqlid qilib yozilgan desa, Umarali Normatov bu fikrga qo‘shilmadi…
— Umarali Normatov men yuqorida aytgan, romanni to‘la holda o‘qigan besh-o‘nta kishining bittasi edi. Yo‘ldosh Solijonov domla esa jurnal variantidan kelib chiqib, fikr aytgan bo‘lsa kerak. Men u kishiga qo‘lyozma taqdim qilganim yo‘q. Men domlaning adabiy faolligi uchun juda hurmat qilaman. To‘g‘risi, yigirma besh yil avvalgi Nazar Eshonqul ulug‘ Kafkaga qanday taqlid qilgani mening uchun ham qiziq tuyuladi.
— O‘zingiz bu roman haqida qanday fikrdasiz?! O‘zingizning ko‘nglingiz to‘lganmi? Bu roman orqali nima demoqchisiz o‘zi? Nega Go‘ro‘g‘li? Vaholanki, doston haqida hech qanday gap yo‘q asarda.
— Sizning bu savolingizga javob topganimda yigirma besh yil avval e’lon qilgan bo‘lardim. Haligacha roman haqida tugal xulosam yo‘q. Men uni o‘sha paytdagi taassurotlarim va qarashlarim bilan yozdim. Keyin o‘zgartirishga qurbim yetmadi. Bor gap shu. To‘g‘ri, asarda “Go‘ro‘g‘li” dostoni haqida gap yo‘q. Lekin dostondagi mohiyat bor: Go‘ro‘g‘li go‘rda tug‘iladi, N. esa o‘zining tirikligini, mavjudligini, o‘zining “men”i borligini isbot qilib berolmagan lahadga o‘xshash jamiyatda yashaydi. Men ikkita holatni tahlil qilishga urindim: birinchisi, ismi marhumlar ro‘yxatiga tushib qolgan odam o‘zining tirik ekanligini isbot qilib berolmagani, ikkinchisi jamiyatning qahramonga munosabati. Bu munosabat boshliq yordamchisining qahramonga “Ism barcha harflar kabi bir harf, shu chalkashlikka xafa bo‘lasizmi?” degan gapi. N. esa “men harf emasman, so‘zman” deydi. U taqdirga tan bermaydi. Barcha fojia ana shu ikki to‘qnashuvdan tug‘iladi. Harfda ma’no yo‘q. So‘zda esa ma’no, ya’ni “men” bor. Go‘ro‘g‘lining qudrati uning go‘rda tug‘ilganida, N.ning fojiasi go‘rga aylangan jamiyatda yashab turib, o‘zining tirikligini isbotlamoqchi bo‘lganida. Go‘ro‘g‘li turli o‘lkalarga safar qilib, ulug‘ qahramonliklar ko‘rsatadi, N. esa butun roman davomida turli muassasalarga bosh urib, o‘zining bor-yo‘g‘i tirik ekanligini isbotlab berolmaydi, jamiyat qonun va tartiblari bunga yo‘l bermaydi. Oxir-oqibat unga marhumlar kabi yashashdan boshqa imkoniyat qolmaydi. U lahadga qaytishga majbur bo‘ladi. N.ning qahramonligi shu. Bular shunchaki roman uchun to‘qilgan, o‘ylab topilgan kechinmalar emas. O‘tgan asrning 80-yillarida har bir ziyoli xuddi shunday kechinmalarni his etardi. Kechagi kunning tahlili biz shunday yashaganimizni ko‘rsatadi… Lekin baribir roman haqida adabiyotshunoslar gapirgani ma’qul.
— Keyinga yillarda matbuotda kam ko‘rinayapsiz. Sababi nima?
— Sababi ko‘p. Xalq tilida bunday vaziyat “O‘zimdan ortmayapman” deyiladi. Men ham o‘zimdan, o‘z tashvishlarimdan ortmayapman…
— Sizning muallifligingizda yaratilgan “Opa-singillar” teleseriali tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Tabiiyki, asar fabulasida, uning asosiy ichki mazmun-mohiyatida professional yozuvchining dastxati, mehnati sezilib turibdi. Xo‘sh, o‘zingizning mazkur serialdan ko‘nglingiz to‘ldimi? Umuman, stsenariylar yozuvchilikka xalaqit bermaydimi? Uslub, did siyqalashib qolmaydimi?
— Yozuvchi sifatida ko‘nglim to‘lgani yo‘q. Stsenariynavislik esa yozuvchilikka ko‘pam xalaqit beravermaydi. Albatta, stsenariynavis adabiyot bilan stsenariynavislikning orasidagi chegarani, me’yorni bilishi va hamisha ushlab turishi kerak. Aslida bu serialdagi syujetni Asqad Muxtor domlaning an’anasiga mos tarzda “Opa-singillar” nomli romanga aylantirmoqchi edim. Bir uchrashuvimizda Milliy universitet talabalari “Siz nega syujetli asar, masalan, muhabbat haqida yozmaysiz?! Zamonaviy muhabbat haqida asar yozish qo‘lingizdan kelmasa kerak?!” qabilida savol berishgandi. Zamonaviy mavzudagi muhabbat “syujeti” haqida ko‘p o‘yladim. Turli voqealar yaratdim. Shu niyatda uch opa-singil taqdiri aks etgan bir emas, uch muhabbat syujeti paydo bo‘ldi. Lekin voqeaga asoslangan asar yozish qo‘limdan kelmadi. Qoralamalardan ko‘nglim to‘lmadi. Jumlalar meni qoniqtirmadi. O‘sha paytda menga radio va kinodan turli takliflar tushgandi. Men topgan syujetdan adabiy asar chiqmagach, tirikchilik uchun takliflarni qabul qilishga to‘g‘ri keldi. Oqibatda romanga aylanishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar turli tele-radio-kino mahsulotga aylanib ketdi. “Opa-singillar”dagi Nafisa bilan bog‘liq yo‘nalish tuguni, yechimi, hatto o‘g‘il tug‘ishi bilan bog‘liq yakuni bilan 760 qismli “Har dardning davosi bor” nomli radioserailga Parigul obrazi bo‘lib singib ketdi. Ikkinchi qiz Nasiba bilan bog‘liq yo‘nalish esa “Sevgi farishtasi” nomli serialda Maftuna nomi bilan bo‘y ko‘rsatdi. Shahnoza bilan bog‘liq yo‘nalish Nargiza obrazida “Bilaguzuk” nomli filmning stsenariysi edi. Uch taqdir, ular bilan bog‘liq serialda Murod, Sarvar, Sardor, Javlon, Ikrom sifatida tanilgan obrazlar asli o‘sha yozolmagan romanning boshqa nomlardagi qahramonlari edi. Roman baribir yozilmadi. Ularni romanga aylantirishga kuchim yetmadi. Shunda teleserialga aylantirish istagi tug‘ildi. Juda katta hajmdagi stsenariy paydo bo‘ldi. Bu ko‘lamning ichida kerakli, keraksiz sahnalar, xullas, romanga aylanmagan sahnalar ko‘p edi. Shunda men o‘zimga televidenie talablarini biladigan hammuallif izladim. Zamira Begimqulovani taklif qildim. Boshqa bir rejissyor, chamamda, bu ishni eplolmasdi. Opa epladi. Birinchi marta 140 qismdan iborat serial olindi. Shu sababli “Opa-singillar” adabiy asar sifatida meni qoniqtirgani yo‘q.
– Ayni paytda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma`rifat» telekanalida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Bu kanal yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning ma’rifati va madaniyatini yuksaltirish borasida ko‘ngildagidek xizmat qilmoqda. Sir bo‘lmasa, yana qanday yangi loyihalar ustida ish olib borayapsiz?
— Hukumatimiz bu telekanalni tashkil qilishidan bosh maqsad ham ma’rifat beruvchilar va ma’rifatga intiluvchilar minbari va auditoriyasini paydo qilish edi. Ana shu vazifani to‘liq bajarishga intilayapmiz. Jamoamiz televizorda yo qiyofasi yo nomi ko‘rinishi uchun dasturlar tayyorlashmaydi, balki ma’rifat, fikr, munosabat uyg‘otish uchun televizorga chiqishadi. Loyihalar ko‘p, lekin yaxshisi, ekranga chiqqach, ziyolilarning o‘zlari baho berishsin.
– Mazmunli suhbatingiz uchun sizga rahmat.
Adiba Umirova
gurunglashdi .
Qiziqarli malumotlar
Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash